Portfolio

Portfolio

Psixolog-trener, konsultant, logoterapevt, life coach, sport psixologi Akobr Abdullayev
Treningdan lavha


Psixolog trener, konsultant Akobr Abdullayev

40ga yaqin ilmiy va ommabop maqolalar, qo‘llanmalar, 15dan ortiq trening dasturlar muallifi. 20ga yaqin Respublika va Xalqaro konferensiyalar ishtirokchisi.

Xalqaro konferensiyada ishtirokidan lavha


“Parvoz training” intiluvchan talabalar trening klubi asoschisi (2013-2014 yillar).

“Ahil oila - Baxtli maktab” loyihasi asoschisi (2018-2020 yillar).

“O‘zbekiston psixologlari forumi” - psixologlarning mustaqil ta’limi va professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash kanali loyihasi asoschisi (2020 -2021 yillar).

Ijtimoiy tarmoq sahifalari

Mehnat faoliyati:

Yakkasaroy yengil sanoat kasb-hunar kolleji psixologi sifatida boshlagan, bir muddat “Turon tex” korxonasida xodimlar bilan ishlash bo‘limi psixologi vazifasida, keyinchalik Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida kichik ilmiy xodim, keyinchalik bir necha yil O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligida Yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida, bir muddat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi boshliq o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan. Bugungi kunda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining Sport psixologiyasi bo‘limi mudiri.

Shunindek, UNFPA va UNODC xalqaro tashkilotlarining “Yosh tengdoshlar”, “Oilaviy ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihalarining kordinatori va treneri bo‘lgan.

Yutuqlar va e’tirof:

“Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni sohibi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Konstutitsiyaning 25 yilligi”, “Mustaqillikning 30 yilligi” esdalik ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. Talabalik davrida Respublika “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar” dasturi g‘olibi bo‘lgan, faoliyati davomida “Yilning eng yaxshi rahbar xodimi” sifatida ham e’tirof etilgan. 

Ta’lim darajasi:

Bakalavr diplomi – Toshkent islom universiteti Psixologiya (din-sotsiopsixologiyasi) yo‘nalishi.

Magistr diplomi – Toshkent davlat Pedagogika universiteti Psixologiya yo‘nalishi.

Qo‘shimcha ta’lim darajasi:

10 ga yaqin ekspert-mutaxassislarning TOT (training of tariners - trenerlar uchun trening) larida ishtirok etgan hamda milliy va xalqaro darajadagi trening sertifikatlariga ega.


Report Page