“Pochta” Qilib yuborilgan pullarni Nexia mashinasidan o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi.

“Pochta” Qilib yuborilgan pullarni Nexia mashinasidan o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi.

🌐OLTIARIQ_TV

@OLTIARIQ_TV

Foto: Andijon viloyati IIB.

Andijon shahrida Toshkentdan Andijonga “pochta” qilib yuborilgan 100 dollar hamda 2 million 140 ming so‘m pulni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

28-fevral kuni soat 10:30 larda Andijon shahridagi O‘zbegim mahallasi, Boburshoh ko‘chasi hududida Andijon shahrida yashovchi fuqaro Yu.U Farg‘ona viloyatidan kelgan Toshkent—Andijon yo‘nalishida yo‘lovchi tashuvchi fuqaro D.I tomonidan qarovsiz qoldirilib ketilgan Nexia rusumli avtomashinaning oldi eshigini qaychi bilan ochgan. Mashina salonida bo‘lgan 100 dollar hamda 2 million 140 ming so‘m pullarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtda jamoat tartibini saqlashga jalb etilgan ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlangan.

Foto: Andijon viloyati IIB.

Farg‘onalik haydovchining ma’lum qilishicha, ushbu pullarni “pochta” orqali boshqa bir fuqaroga yetkazib berish uchun olgan. Bundan xabari bo‘lgan fuqaro Yu.U shaharga kelganda o‘zining qing‘ir ishini amalga oshirmoqchi bo‘lgan.

Foto: Andijon viloyati IIB.

O‘g‘irlangan pullar ashyoviy dalil sifatida olingan bo‘lib, ayni paytda mazkur holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Report Page