Dilfuza Uralova: Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga murojaatnomasiga munosabat

Dilfuza Uralova: Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga murojaatnomasiga munosabat

@boyovutliklar

Kuni kecha Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis va Xalqimizga murojaatini katta xursandchilik va mamnuniyat bilan eshitdik. Murojaatnomada 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berilib, barcha sohalarga to'xtalib o'tildi. 

Murojaatnoma avvalida kirib kelayotgan 2023-yilga mamlakatimizda "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili" deb nom berish taklif etildi. Kelayotgan yilga bunday nom berilishining zamirida O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatida inson va uning manfaatlarini ta’minlash, ta'lim muassasalarida ta’lim sifati hamda jamiyatimizda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish vazifasi yotadi.

Ayniqsa ta’limni rivojlantirish, yoshlarga ta’lim berish masalasini juda katta masala qilib qo‘ydilar. Men albatta sobiq o'qituvchi sifatida mamnuniyat bilan tinglandimki, ta’lim tarbiya va ilm bo‘lmagan joyda boshqa ishlarni kutib bo‘lmaydi. Murojaatnomada davlatimiz rahbari o‘qituvchilarning maqomini, ularning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash, 2023-yilda qo‘shimcha maktablar qurish, xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihasini amalga oshirish, keyingi besh yilda ularning sonini 1000 taga yetkazish, 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish maqsadida 2023-yildan boshlab yangi dastur standartlarini joriy etishni taʼkidlab o‘tdilar.

Murojaatnomada davlatimiz rahbari iqtisodiy islohotlar qat’iy davom ettirilib, ichki imkoniyatlar to‘liq safarbar qilinib, xususiy sektor yanada qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi. Endilikda, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlar joriy etiladi.  

Shuningdek, kelgusi yildan tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratiladi. Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensasiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil bo‘ladi. Bu esa hududlar iqtisodiyotining baraqaror rivojlanishiga, iqtisodiy potensialni oshirishga, aholining farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Murojaatnomada sanab o'tilgan barcha vazifalar zamirida xalqimizni rozi qilish, aholi turmush darajasini oshirish asosiy maqsad ekanligini yana bir qayd etish zarur.


Boyovut tumani hokimi, senator - Dilfuza Uralova

Report Page