Please

Please

KangHaru

#Please

By #KangHaRu


1-qism


Kechqurun yomon tush sabab uyģonib ketgan qiz oyoqlarini quchib hali hamon yotoqda òtirardi. Quyosh sekin xonani yoritishni boshladi bu esa qizni tabassumiga sabab bòldi


- vanihoyat - chuqur nafas oldi


Qiz tayyorgarlik kòrib uydan chiqdi sekin qadamlar bilan universitet tomon harakatlana boshladi. Hayollarga berilib ketayotgan qizni bugun universitetida birinchi kunligi emas aksincha boya kòrgan qòrqinchli tushi havotirlantirardi

____


- Mina turaqol maktabga kech qolasan keyin men ham òqishga kech qolaman

- onni yana biroz uxlay

- yòq tur hoziroq turmasang jazo sifatida bugun uyni sen yiģishtirasan - endigina 11ga kirgan singlini turtib uyģota boshladi

- hooop mana turdim

Mina(11 yosh)


Ikki qiz yolak bòylab tanish bino oldiga tòxtashdi. Qiz esa singlisini oldiga chòkkaladi


- Mina-shi òzingni ehtiyot qil hopmi yaxshi òqi

- hop siz ham òzingizni ehtiyot qiling onni

- hop òzimni shirinim opasini òpib qòymaydimi - Mina kulibgina opasini yuzidan òpib maktabiga yugurib kirib ketdi


Qiz esa unga tabassum qilgancha singlisiga qòl silkidi, ortiga qaraganidan keyin yuzidagi kulgi yòqolib ornini homushlik egalladi

Hvan MinLee (21 yosh)

____


- xonim tong otdi turing òqishga kech qolasiz


Katta xonani òrtasida joylashgan yotoqda hali hamon uxlayotgan qizni xonasiga kirgan xizmatchi pardalarni ochib xonaga quyosh nurlarini kirishiga izn berdi. Qiz esa kòzini ishqalab òrnidan turdi va yuvinish xonasi tomon keta boshladi


- hayrli tong qizim

- hayrli tong

- hayrli tong xonim sizni bugungi rejalaringiz

Ertalabki soat 8:00 dan 14:00 gacha universitet darslari sòngra 14:30 dan 17:00gacha qòshimcha darslar keyin soat tahminan 19:00 gacha CELINE brendi ostidagi yangi kiyimlarini suratga olish ishlari olib boriladi keyin..

- yetar iltimos meni tinch qòying

- lekin xonim

- lekin pekin yòq jonimga tegdi sizni men uchun òylab topgan rejalaringiz kerak emas

- qizim nega unday deysan ahir buni sen uchun qilyapmiz

- nima men uchun yòq siz men uchun emas siz òģlingiz bòlmagani uchun qizingizdan mukammal inson yaratmoqchisiz men sizga robotmanmi

- otangga gap qaytarma - gapga Kim xonim aralashgani Lunaga yoqmadi

- siz umuman aralashmang bunga haqqingiz yòq Kim xonim.. sizlarga yoqimli ishtaha - stolni surib òrnidan turdi va uydan jahl bilan chiqib ketdi

Kim Luna (21 yosh)


Pov: Luna

Qachongacha bunday yashayman nega men ham erkin va baxtli hayot kechirolmayman..

___


- hammaga salom bugun guruhimizga yangi talaba keldi - òqituvchi eshik tomon yuzlandi - kiraver

- salom - oddiygina stilda kiyinib olgan sochlari tepadan yiģilgan juda ham chiroyli qiz xonaga kirdi

- salom òzingni tanishtir

- men Oh Charliman sizlar bilan chiqishib ketaman deb òylayman - mayin tabassum qildi

- yaxshi borib Minleeni oldiga òtirishing mumkin


Charli qòlini kòtarib turgan qizni oldiga borib sumkasini qòydi


- salom

- senga ham salom

- meni ismim Charli

- meniki Minlee

- tanishganimdan xursandman Minlee

- men ham

Oh Charlie (20 yosh)


Ularni suhbatini eshikdan kirib kelgan qiz bòldi. Uzun qora sochli brend kiyimlari kiygani bòynidagi taqinchoqlari va sumkasidan boy ekanligini bilish qiyin emasdi. Luna eng oxirgi parta tomon yura boshladi òqituvchi esa unga hatto etibor ham bermasdan dars òtishni davom ettiraverdi


- bu Kim Lunami

- ha huddi òzi

- qoyil u bilan bir guruhda òqishim hatto hayolimga ham kelmagandi

- ha.. afsuski u biroz nima desam ekan.. biroz odamovi unchalik hushlamaydi

- ha chunarli mayli omadimni sinab kòraman


Dars tugashini kutayotgan talabalar ichida Luna ham bor edi. Dars tugagani haqida òqituvchi xabar berdi va hamma òzini eshikka ura boshladi. Qiz bir necha daqiqa boshqalar chiqib ketishini kutib turib keyin òzi ham chiqish uchun eshik oldiga borganida uni qòlini ushlagan odamga qaradi


- salom - sekin Lunaaani qòlini qòyib yubordi

- nimadir kerakmi

- yòq haligi man yangi kelganman shunga tanishmoqchi edim

- Kim Luna mendan uzoqroq turishingni maslahat beraman

- n..nega aa mayli men Oh Charliman

- chunarli hayr

- mm kòrishguncha

- boshqa kòrishmaylik

- bir guruhda òqiganimizdan keyin har kuni kòrishishga majburmiz


Uni gapidan shunchaki ensa qotirib òtib ketgan qizni ishidan Charli hafa bòldi lekin buni sezdirmasdan MinLeeni oldiga bordi


- ketasanmi

- sen qayerda yashaysan

- universitet ortida

- rostanmi men ham òsha yerda yashayman

- chunarli sen bilan ketardimu ammo men ishga borishim kerak

- ishlaysanmi

- ha

- mayli unda kòrishguncha Minlee

- kòrishguncha - Charli indamay ort ògirib keta boshladi


Pov: Charli

Oyijon.. ketganingizga endi yaqinda 1 yil bòladi. Qizingizni yolģiz tashlab ketdingiz oyi.. sizni soģindim


Uyiga kirib kelgan qiz yana yerda sinib yotgan idishlar yoyilib yotgan narsalarni kòrib xòrsinib qòydi. Oshxona tomon yòl oldi otasini yerda boshini changallagancha òtirganini kòrdi ammo yaqinlashmadi chunki Charli biladi hozir nima bòlishini va unga otasi yana ozor berishini bilardi. Otasiga etibor bermay òz xonasiga yòl oldi

____


- Luna xonim hush kelibsiz tushlik qilasizmi

- yòq kerak emas - qòlidagi ustki kiyimini xizmatchiga tutqazib òzi tepa qavatga chiqib keta boshladi


- barchasidan charchadim men ham hayotimni qiziqarli voqealarga boy qilib òtkazishni istayman qanchalar omadsizsan Luna

- xonim - eshikni sal qiya ochib ichkariga kirgan xizmatchini kòrib Luna etiborsiz gapirdi

- nima istaysan

- sizni janob Kim sòrayapdi

- band ekan de

- yòq buni muhim dedilar

- uff hozir tushaman


Qiz uyning katta mexmonxonasi tomon harakatlandi ichkariga kirganida divanda janob Kim bilan suhbatlashib òtirgan begona yigitga kòzi tushdi unga hatto salom bermay otasiga yuzlandi


- dada chaqirgan ekansiz

- ha qizim kelaqol

- hòsh - qiz sekin otasini oldidagi divanga joylashdi

- tanish qizim bu Park Jimin u endi seni tansoqching bòladi

Park Jimin (25 yosh)


- nimaa - hayrat bilan bir otasiga bir yigitga qaradi - siz nimalar qilyapsiz menga tansoqchini keragi yòq

- qizim yaqinda kòrding kompaniyalarimizdan biri yonib ketdi buni meni dushmanlarim qilgani aniq ular senga ham ziyon yetkazishlarini istamayman shuning uchun Jimin seni tansoqching bòladi

- jin ursin kerak emas menga tansoqchi yosh bola emasman - òrnidan turdi

- onang seni asrashimni vasiyat qilgan edi - uning gapidan ortiga ògirilgan Luna hali kòzlaridan chiqishga ulgurmagan yoshlarini artib gap boshladi

- unda onam sizga LUNA XOHLAGANINI QILAVERSIN UNGA TAQIQLAR QÒYMANG deb ham vasiyat qilmabdida - xonadan zarda bilan chiqib ketdi








1-qism tugadi💜











@saturn_fanfic

Report Page