PLEASE

PLEASE

Muallif: #Feya

6-qism

"Iltimos" shu so'z ko'p narsani hal qilishi mumkin. Ayni shu so'z orqali insonlarni qalbini eritish, ularni to'g'ri yo'lga chorlash mumkin.........


Taehyung uzoqdan singlisiga bo'layotgan munosabatga qarab turarkan, bu holatdan uni qoni qaynab ketti. Jahl bilan ular turgan joyga borib, Jungkookni yoqasidan olib, unga musht tushurdi.

– Aka, aka nima qilyapsiz ?

Tae: Sen kim bo'libsanki, meni singlimga bunaqa munosabatda bo'lasan ?

Jk labi chetidagi qonni artib, kulgancha:

– Singlingdan so'ra kimligimni?

Mina unga hayron qarab, nima deyishini bilmasdan qotib qoldi.

Tae: Sen nimalar deyapsan o'zingga-o'zing

— Singlingdan so'ra dedimku – deb ayyorona tabassum qildi.

Jimin: Janoblar bas qiling bu kompaniya. Shundoq ham hamma bizga qarab turibdi. Urushmoqchi bo'lsangiz, biror bir sport zalni band qilib, xohlaganizcha bir-biringizni uring.

Tae Minaga qarab: – U nima deyapti?

– Aaaaa

Tae Minani iyagini qisib, – U nima deyapti dedim senga

Jungkook Taeni bu harakatidan g'azablanib, unga yaqinlashmoqchi bo'lganda Jimin:

– Tae nima qilyapsan aqldan ozdingmi? U seni singling. Qo'lini tort ablax– deb uni qo'lini siltalab tashadi.

– Siz jinni bo'lyapsizmi aka? U shunchaki bo'lajak hamkorimiz. Menga boshqa hech kim. – Mina shu gaplarni ayttiyu, u yerdan tezda ketdi.

Jimin: – Ahmoq.

Taehyungning bunchalik jahli chiqayotganini asl sababi Jungkook edi. U Misuga shuncha azob bergandan keyin har ehtimolga qarshi Minani undan himoya qilishi kerak edi.


         ____________________________


Jungkook o'z xonasiga kirgach, jahl bilan kostyumini yechib otib yubordi.

– Hech kim, hech kim unga bunaqa munosabatda bo'lolmaydi. Seni o'sha qo'llaringni sindiraman Kim Taehyung – shu gaplarni aytganida Jungkookni yoniga kotibasi kirib keldi. Jk eshikdan kirgan odam kimligini bilish uchun qararkan, hayron qolmadi.

– Jungkook ahvolingiz yaxshimi ? Sizga biror-bir yordam berolamanmi ?

– Chiq Sohe

Sohe uni gaplariga e'tibor qilmasdan Jungkookka osila boshladi. Jungkookni bo'yinbog'ini biroz bo'shatib, qo'llari bilan uni yelkalarini silagancha lablariga intilgan on Jungkook uni o'zidan uzoqlashtirib,

– Qachondan beri aytganlarimni qilmaydigan bo'lib qolding Sohe ? Senga chiq deganimni eshitmadingmi ?

– Kim uchun buncha jahl qilyapsiz ? Anavi qiz uchunmi ? U sizni obro'yingizni yer bilan bitta qildi. Nega uni alamini mendan olyapsiz ?

Jungkook unga qaragancha bu gaplarni eshitib turarkan, g'azabi yana ham qaynab ketib, qizni bo'g'ib devorga tiradi.

– Meni obro'yimni hech kim yer bilan bitta qilolmaydi Sohe. Sen kimligingni unutding shekilli. Sen shunchaki kompaniyada meni qondiruvchi o'yinchoqsan. Agar ishdan bo'shashni xohlamasang, men istamagan paytim menga suykalma Sohe. Tushundimi ?

Sohe bir og'iz so'z aytolmay, faqatgina unga ha degandek boshini qimirlatdi. Jungkook uni qo'yib yuborgach, nafasi tiqilib qolgan qiz yerga o'tirib, yo'talgancha, nafasini rostlashga harakat qildi.

– Boshqa bunday xato qilma Sohe. Kelasi safar o'zini ko'chada ko'rasan ! Endi esa xonadan chiq.

Sohe bir amallab o'rnidan turib, xonadan chiqdi va :

– Sen la'nati qizga ko'rsatib qo'yaman hali Kim Mina

Jungkook hali ham g'azabini bosishga harakat qilarkan, telefoniga xabar keldi.

– Xayrli kun bo'lajak erim. Muhim ishingiz bordir deb qo'ng'iroq qilmadim. Shuning uchun xabar yozyapman. Misuni ko'rgani shifoxonaga bormoqchi edim. Sizga aytay dedim. 

Jk biroz xabarga qarab turib, unga javob qaytardi.

– Ehtiyot bo'l. Kechqurun ziyofat borligi esingdan chiqmasin. Seni olib ketaman.

Lili unga kelgan xabarni ko'rib, kulib qo'ydi va ketish uchun tayyorlana boshladi.

    

           ___________________________


Mina tez-tez yurib, avtoturargohga shoshilardi.

Jimin: – Mina, Mina dedim to'xtasangchi

Mina uni so'zlarini ham eshitmasdi. Chunki hayolida:

– Nima qilmoqchi bo'ldi ? Nega akamga bunday dedi ? Ular bilmasligi kerak. Bizni o'tmishdagi munosabatlarimizni hech kim bilmasligi kerak. Bilmasligi kerak – miyasidan shu gaplarni o'tqazib ketarkan, Jimin uni qo'lidan tortgancha to'xtatdi.


– Yaa Minashiii nega yig'layapsan ? Yig'lama. Bu senga yarashmaydi. – deb uni kafti bilan uni ko'z yoshlarini artdi.

– Taedan xafa bo'lma. U biroz qizishib ketdi. Endi yig'lama. Bo'ldi qil. Kechuqurun ziyofat bor axir Minashii. Nima ko'zlaringni shishirib bormoqchimisan u yerga. Qani bitta kulchi.

Mina

– Sen eng yaxshi odamsan Jimin

– Shu qatorda juda ham sexy

– Ey bore Jimin – deb kulib yubordi.

– Mana shunaqa kulib yur. Xo'sh kechqurun seni olib ketaymi yoki Tae bilan borasanmi ?

– Sen bilan. Men hozir arazdaman.

– Xo'p unda kechqurun seni olib ketaman. Qani kettik.


           __________________________


Bu tarafda Taehyung ham jahl qilib, tirnoqlarini tishlayotgandi. Biroz o'ylanib turib, telefonidan o'ziga kerakli kontaktni qidirib, unga qo'ng'iroq qildi.

– Eshitaman Janob

– Misu hali ham shifoxonadami ?

– Ha janob

– U yerda kim bor ?

– Hozircha hech kim yo'q

Tae ayyorona tabassum qilib, telefonni o'chirdi va haydovchisiga :

– Jeonlar shifoxonasiga hayda.

    _________________________

Mina ziyofatga tayyorgarlik ko'rib, so'nggi bor oynaga qarab kiyimlarini tog'irlayotganda, eshik taqillab, Taehyung xonaga kirib keldi.

– Kirsam bo'ladimi ?

– Kirib bo'ldingizku

Tae singlisini yoniga borib, uni o'ziga qaratdi.

– Mina, meni kechir. Senga bunday qilmasligim kerak edi. Shunchaki g'azabimni bosib turolmadim.

– Hammasi joyida aka. Men sizdan xafa emasman. Aslida meni himoya qildizku. Sizni yaxshi ko'raman.

– Men ham yagonam. – deb Tae singlisini quchoqlab oldi.

– Birga ketamizmi?

– Yo'q, men Jiminga vada bergandim.

– Imm, yaxshi. Bilasanmi nima ? Aslida shu Jimin borku

– Xo'sh

– U kuyovlikka yaxshi variant. Kelishgan, ajoyib yigit

Mina norozi qiyofada: Akaaaa u meni do'stim.

– Hammasi shundan boshlanadi

– Ee boringeee. Boring keting.

– Bo'pti, Bo'pti. – deb singlisini peshonasidan o'pib, xonani tark etdi.

Jimin

Jungkook mashinasiga suyanib, Lilini kutib turardi. Lili chiroyli va bejirim ko'ylakda Jungkook tomon yurib kela boshladi. Jk unga qarab tabassum qilib qo'ydi.

– Juda chiroylisiz Kan xonim

– Yigitimga mos

– Imm buni xushomad deb qabul qilaymi ?

Lili uyalib:– Eeyy Jungkook

– Xo'p qani mashinaga chiq.

– To'xtang

– Nima ?

Lili Jkni labiga qo'lini yurg'izib: Labingizga nima qildi.

– Arzirli narsa emas.

– Og'riyaptimi

– Hmm. Biroz. – Jk unga biroz egilib – Sen o'pib qo'ysang, og'rimaydi.

– Yaaa uyalmaysiz ham Jungkook.

Jk kulib, uni mashinaga o'tirishiga yordamlashib, ziyofat bo'ladigan manzilga yo'lga chiqishdi. Birozdan so'ng esa manzilga yetib kelishdi. Ichkariga kirib, Jk Lilini boshqalar bilan tanishtira ketdi. Tabiiyki, Lilini ham u yerda ko'pchilik tanirdi. Ular suhbat qilib turishganda Jungkookni e'tibori eshikdan kirib kelgan juftlikka qaratildi. Jimin Minani belidan qo'lini o'tqizib kelayotganini ko'rgan Jungkook qo'lidagi idishni qattiq siqa boshladi. Ular bilan birga suhbatlashib turgan Chanyeol ham ular tomonga qaradi:

– Ooo kimlarni ko'ryabman – deb ularga qarab, qo'lini ko'tardi.

Hamma ular tarafga qaragach, Jimin ham javoban ularga qo'lini ko'tardi.

Jimin: – Xohlamasakda u yerga borishga majburmiz.

Mina: Hammasi joyida Jimin. U yerda do'stlarim bor axir 


Ular ham shu davraga kelib qo'shildi. Jimin Chanyeol bilan quchoqlashib ko'rishdi.

– Yaa og'ayni sen qanday qilib, Londonni tashlab bu yerga kela olding ?

– Mana bu injiq xonim tufayli.

– Chanyeoooolll nima Jimin eslatmasa men bilan ko'rishmaysanmi ?

– Qani kelchi. Seni sog'indim – deb uni quchoqlab oldi.

Mina va Jimin hamma bn birma-bir salomlashib chiqishdi.

Jimin: – Jungkook, bugungi ko'ngilsizlik uchun uzr so'raymiz.

Jk: – Aslida men uzr so'rashim kerak. Mina xonimga qo'pollik qildim.

Bu gapni eshitgan Lili yarq etib Jkka qaradi.

– Hech qisi yo'q. Bugungi ishlarda hammamizni aybimiz bor deb o'ylayman.

Lili: – Jk qanday qo'pollik haqida aytdiz?

Jk Liliga qarab, tabassum qilib:

– Aa sizlarni bo'lajak rafiqam bilan tanishtirmabman. Tanishing Lili.

Mina bu gaplarni eshitarkan, yuzidagi tabassumi 1 soniyada yo'qoldi. O'ziga kelib Liliga qo'lini uzatib:

– Tanishganimdan xursandman bo'lajak Jeon xonim.

Lili bu gapdan uyalib: – Bunday demang.

Jk: – Nega ? Rostdan ham yaqinda Jeon xonim bo'lasan.

– Lekin hali bo'lmadim.

Mina ularni kuzatib turarkan, bu manzaradan bo'g'ila boshladi. Jk uni bu holatini ko'rib mamnun bo'lardi. Mina atrofdan akasini qidira boshladi. Uni topolmagach,

– Men hozir kelaman deb yuvinish xonasiga ketdi.

Jungkook esa atayin qo'lidagi shampanni ustiga to'kib, u ham hozir kelaman degancha uni orqasidan ketdi.

– Bunday bo'lishi mumkinmas. U aldadi. Nega ? Hhhhh nimani kutganding. Shuncha payt seni kutishinimi ? Ahmoqsan Mina. – u biroz o'ziga tasalli berib chiqqandan so'ng yo'lakda turgan Jungkookka ko'zi tushdi. U indamay o'tib ketmoqchi bo'lganida, Jk uni qo'lidan ushlab qoldi.

– Qo'yvor qo'limni

– Bunday qilmasamchi ?

Jungkook uni o'ziga tortib devorga tiradi.

– Nima qilyapsan qoch Kimdir ko'rib qoladi.

Mina tipirchilagan sari Jungkook uni devorga qattiqroq tirardi.

– Immm Mina. Men bu lablarni mazasini sog'indim.

Bu gapni eshitgan Mina qarshilik qilishdan to'xtab, unga qarab qoldi .

– Nimalar deyapsan aqldan ozdingmi ? Qoch, q............


Mina gapini tugatishga ulgurmasdan Jungkook undan bo'sa olishni boshladi. Minani qarshiliklariga qaramasdan uni bo'yni va belidan ushlab bo'sa olardi. Mina bor kuchini to'plab, uni itarib yubordi va yuziga tarsaki tushurdi. Mina endi ketaman deganda, Jungkook yana uni o'ziga tortib, yana lablarini birlashtirdi. Axiri Mina ham bo'saga taslim bo'lib, unga javob qaytara boshladi. Necha yillardan beri bir-birini sog'ingan bu insonlar hamma sog'inchini shu bo'sa bilan chiqarayotgandi go'yo. Jungkook qizni lablarini soniya ham tinch qo'ymay, o'pardi. Uni bo'ynidan ushlab, bo'sani yanayam chuqurlashtirib, uni lablarini so'rib, tishlab olardi. Mina ham xuddi u kabi javob qaytarardi. Ular nafas yetishmasligidan bir-birlaridan ajralishdi. Mina hansiragancha:


– Nega ? Nega bunday qilding ?

Jk kulib: – Jae suratga oldingmi ?

Mina hayrat bilan qarab turarkan:

Jae: — Ha janob oldim. – deb telefonni Jk ka uzatdi.

Jk suratlarni ko'rarkan, Mina haliyam nima bo'layotganiga tushunmasdi.

– Vauvvv ajoyib Jae juda zo'r chiqibdi. Mina bularga qara. Ajoyib chiqqan hayotim to'g'rimi?

Mina suratlarga qarab : – Nega bunday qilyapsan. Jinni bo'ldingmi ?

– Imm menmi? Senga ozor berishni istayman. Bu suratlarni qadrli akajoning ko'rib nima derkin menga shu qiziq. 

– Bunday qilolmaysan

– Aynan shunday qilmoqchiman

– Aqldan ozma. Akam seni ham meni ham tinch qo'ymaydi Jungkook

– Undan qo'rqmayman. Agar shunchalik bularni akang ko'rishini xohlamasang meni bir shartimni bajarasan. So'ramasingdan aytaqolay – Jungkook uni quloqlari yoniga egilib – Shunchaki bir kecha. Men bilan bir kecha o'tqazasan. O'ylash uchun vaqting kam hayotim. Rozi bo'lmasang, hammani oldiga borib, qanday qiz ekanligingni hammaga ko'rsataman. Turmush qurish arafasida turgan yigitga osilgan qiz haqida qanday fikr bildirisharkin ?

– .............. Mina sevgan insonini bu gaplariga ko'z yoshdan boshqa hech qanday javob qaytarolmasdi.

– Kutyapman Mina. Nimasidan qo'rqyapsan ? Avval ham boshqalar bilan yotgansanku axir. Xo'sh

– ....M..menn ......


6-qism tugadi.

Davomi bor 😘 ♥

Report Page