Keling! Birga gilam tanlaymiz.

Keling! Birga gilam tanlaymiz.

Dilshod Zaitov



Hozirgi kunga kelib, gilamlarning turi va xili juda ko‘p. Eron, afg‘on, turk gilamlari, Xiva va Buxoro gilamlari dunyo bozoriga chiqib, o‘zining go‘zal jilosi bilan barchani lol qoldirmoqda.

Qadimdan sharq gilamlari orasida asosan tabiiy ipdan to‘qilgan gilamlar mashhur bo‘lgan. Biroq bugunga kelib, dunyo bozorida 80-90 foiz gilamlar sun’iy toladan to‘qiladi. Sun’iy gilamlarning afzalligi shundaki, u xonadon egalari uchun uzoq vaqt xizmat qiladi. Bundan tashqari, u chidamli va hamyonbopdir.

Qo‘lda to‘qilgan gilamlar esa asosan echki, qo‘y, tuya junlaridan olingan tabiiy ipdan to‘qiladi. Ularning inson salomatligi uchun foydali tomonlari bisyor. Shuning uchun ushbu gilamlar hamma davrlarda ham noyob va qimmatli buyum sifatida qadrlangan.

Eron gilamlarining qiymatini aniqlash uchun uni to‘qishda tabiiy ranglardan foydalanilganiga, ko‘rinishiga, to‘qilgan ipiga hamda texnologiyasiga e’tibor berish lozim. Naqshlar jihatidan Eron gilamlarining bir necha turlari mavjud.


 Narxlar ham gilamning sifatiga qarab belgilanadi. Xozirda bozorlarimizda gilamlarning o‘rtacha narxi 1kv. metiri 22000 so‘mdan 65000 ming so‘mgagacha bo‘lgan bahoda sotilmoqda.

Xarid qilganda qaysi jihatlariga ahamiyat berish kerak?

Gilam xarid qilganda eng birinchi navbatda, albatta, sifatiga e’tibor berish lozim. Gilamni uy uchun xarid qilsangiz, uyingizning yorug‘ligi, tamiri va qaysi xonaga solinishiga qarab tanlanadi. Masalan, uy yo‘lagiga qalin, mayda gulli, og‘ir gilam xarid qilgan ma’qul. Siz o‘zingizga yoqqan gilamni buyurtma asosida uyingiz yoki ofisingizning kattaligiga qarab xarid qilishingiz mumkin. Hozirda asosan korxonalarda to‘qilgan sun’iy gilamlarga talab yuqori. Sababi qo‘lda to‘qilgan gilamlardan korxonalarda to‘qilgan gilamlar anchagina arzon.

Manba: 21asr.uz

Gilam tanlashingizda, ushbu maslahatlarimiz sizga as qotadi degan umiddamiz.


Report Page