Prezident uylarning narxini tushirish uchun g‘isht o‘rniga penobetondan foydalanishni tavsiya qildi

Prezident uylarning narxini tushirish uchun g‘isht o‘rniga penobetondan foydalanishni tavsiya qildi

🌐OLTIARIQ_TV

»»»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-oktabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash va ipoteka bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda uylar narxini tushirish va sifatini oshirish uchun innovatsion qurilish materiallaridan keng foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

“Masalan, g‘isht o‘rniga gazobeton va penobetondan foydalanilsa, ishlab chiqarishda gaz sarfi 8 baravar kamayadi hamda issiqlik saqlash 5 baravar oshadi”, — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Avvalroq Toshkent viloyatida Germaniya kompaniyalari bilan hamkorlikda gazobeton bloklar va plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, umumiy qiymati 130 million dollarga teng korxona ishga tushirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilga borib O‘zbekistonda gazobeton bloklar ishlab chiqarish hajmi to‘rt barobarga oshirish ko‘zda tutilgan.

Report Page