«Murojaat/shikoyat/savol/taklif» telegram bot

«Murojaat/shikoyat/savol/taklif» telegram bot


1. Telegram bot taʼrifi

1.1 «Murojaat/shikoyat/savol/taklif» telegram boti (keyingi oʼrinlarda – telegram bot) Oqoltin tuman aholisining tuman hokimligi bilan ochiq muloqot qilish joyidir.

2. Maqsad va vazifalari

2.1 Vujudga kelayotgan muammolar, kelib tushayotgan shikoyat, savol va takliflarni viloyat hokimligi vakolatidan kelib chiqqan holda hal qilish.

3. Xabar yoʼllash tartibi

3.1 Telegram botga kelib tushayotgan shikoyatlar, takliflar, soʼrovlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: har bir maʼlumot aniq manzilga, sanasiga ega boʼlishi va oʼz ichiga aniq talab/murojaat/shikoyat/taklif/savolni olishi kerak.

3.2 Yuborilayotgan murojaat/shikoyat/taklif/savollar koʼpligini inobatga olgan holda, maʼlumotlarni bitta xabarda aks ettirish soʼraladi.

3.3 Аnonim va koʼrsatilgan maʼlumotlari toʼliq boʼlmagan xabarlar qabul qilinmaydi va ularga javob berilmaydi.

3.4 Telegram botga joʼnatilgan murojaat/shikoyat/savol/takliflar, davlat bayramlaridan tashqari dushanba - juma kunlari 9:00 dan 18:00 gacha koʼrib chiqiladi.

Report Page