Ozoda

Ozoda



Negadir bugun Ozodaga maktub yozgim keldi.


Ozoda bilan Habib ilm markazida tanishgan edim. O'zi u yerda bebaho Insonlarni topdim. Alhamdulillah.


Biz u bilan devorga rasm chizishimiz kerak edi. Zamonaviy ammo hijobda. Markazdagilardan farqli, noodatiy qizcha edi. Qarab turib, qanday til topirhar kanaman devdim.


Yo'q, alhamdulillah, yaxshi kelishdik. Deyarli yordam bermadim. Lekin qandaydir iliqlik bilan unga bog'landim.


Kunlar o'tdi. Hali unchalik uzoq vaqt bo'lmadi u bilan tanishganimga. Ammo aniq anglanmas hissiyotlar bizni birlashtiradi, yarim tunda suhbatlashishga undaydi.


Ozodam, kichkinagina baxt xonim. San bilan tanishganimdan, hayotimda borligingdan minnatdorman.


Qalbingni asra, shunday samimiyat va vijdoningni saqla. Hamisha Alloh panohida bo'lgin.


Ehtirom ila #MooN
















Report Page