Overlord

Overlord


(Platsdarmning egallanishi)

Overlord Ikkinchi jahon urushi paytida ittifoqchilarning Normandiyaga (Fransiya) jangarilarini tushirish operatsiyasi. Overlord operatsiyasi 1944-yil 6-iyun tongidan shu yilning 25-avgustigacha davom etadi. Bu operatsiya natijasida ittifoqchilar Sena daryosidan kechib o'tib, Parijni nemis qo'shinlaridan ozod etishadi. Shundan so'ng Yevropada Ikkinchi jahon urushining ikkinchi fronti ochiladi.

Operatsiyada ittifoqchilar tomondan Duayt Eyzenxauer (Bosh qomondon), Bernard Montgomeri (Quruqlik qo'shini), Bertram Ramzey (Flot), Trafford Li-Mellori (Aviatsiya), Sharl de Goll (Fransiya qarshilik harakati) kabi general-qomondonlar qatnashgan bo'lsa, Germaniya tomondan Gerd fon Rundshtent, Gyunter fon Klyuge, Ervin Rommel va Fridrix Dollman kabi shaxslar ishtirok etadi. 

(1944-yil 5-iyun) General Eyzenxauer askarga oq yo'l tilamoqda

Operatsiya boshida ittifoqchilar qo'shini 1,5 mln atrofida bo'lgan bo'lsa, yakunga borib 3 mlnga yaqinlashadi. Germaniyada esa bu ko'rsatkich iyul oxirlarida 380 ming hamda Fransiyaning qolgan hududida 1 mln edi. Shu bilan birga Germaniya 2,5 mingga yaqin tank va 2,5 mingga yaqin samolyotlarga ega edi. Ittifoqchilar qo'shinida o'lgan va bedarak ketganlar 55-60 ming kishini tashkil etsa, Germaniya tomonida bu ko'rsatkich 250 mingga yetadi.

"Overlord" operatsiyasi ham o'z o'rnida ikki qisimga bo'lingan. 

1. "Neptun" operatsiyasi. 

Bu operatsiyadan maqsad kontinentdagi (qit'a) platsdarmni (harbiy operatsiyaga tayyorgarlik ko'riladigan maydon) egallash edi.

2. "Kobra" operatsiyasi. 

Himoyani yorib o'tish hamda Fransiya hududini egallash. Ittifoqchilar qo'shini "Neptun" operatsiyasidan keyin buni amalga oshirishadi.

"Overlord" operatsiyasi bilan birga, ya'ni unga qo'shimcha ravishda 15-avgustdan kuzga qadar "Janubiy Fransiya" operatsiyasi (bu operatsiya "Dragun" nomi bilan ham mashhur. "Dragun" otda ham piyoda ham yura oladigan askar ma'nosini bildiradi) ham amalga oshiriladi va Fransiya to'la ozod etiladi.

"Overlord" operatsiyasi tarixda 3 mln askar qatnashgan juda yirik operatsiya sifatida qolgan. Bunday katta operatsiyagacha ittifoqchilar 1942-yil noyabrda Shimoliy Afrikaga, 1943-yil iyulda Sitsiliyaga va 1943-yil sentabrda Italiyaga desant tushirish operatsiyalarini amalga oshirgan hamda katta tajriba to'plashgan edi.

Operatsiyada asosiy kuch sifatida AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va Fransiya qarshilik harakati kuchlari ishtirok etgan. 1944-yil may oyida ittifoqchilar qo'shinlari Angliya janubida to'plana boshlaydi. Sohil bo'yiga yaqin hududlarda to'plangan qo'shinlarni asosan kemalarda tashiladi. Bu operatsiyada Portsmut sohillari asosiy rol o'ynagan.

Omaxa plyajiga tushgan Amerika askarlari

🖋 Wikipedia ma'lumotlari asosida qisqa shaklda tayyorlandi.

@Yoshlik_XIA

Report Page