OT

OT

t.me/ykfoundation

     Zotni tanlash. Respublika-mizdagi otlarning 90 foizidan ortig‘ini mahalliy qorabayir zot-li otlar tashkil qiladi. Qorabayir zotli otlar mahalliy iqlim sha-roitimizga yaxshi moslashgan, universal zot hisoblanadi. Zot-ni tanlashda asosan uning qa-rchig‘ay balandligiga, ko‘krak aylanasiga, gavda qiya uzunligiga va kaft aylanasiga e’tibor berish kerak. Masalan, orqa oyoqlari bir-biriga yaqin bo‘lmasligi, oldi oyoqlari va ko‘kragi keng, bo‘yni uzun, orqa sag‘risi to‘g‘ri bo‘lishi kerak.

Otlarni parvarishlash. Yosh otlarning jinsiy yetilishi 6–8 oy-likdan 12–18 oylikgacha bo‘lgan davrda sodir bo‘ladi. Jinsiy yetilishning dastlabki davrida yosh otlar tanasining tez kattalashuvi kuzatiladi. Otlarning o‘sishi 5 yoshgacha davom etadi. Qulun tug‘ilgandan so‘ng organizm dastlabki 2–3 kun mobaynida qayta tiklana boshlaydi. Bu davrda kaloriyali ozuqalar bilan oziqlantiril-masa, ularning skeleti yaxshi o‘smaydi, rivojlanmaydi.

Qulunlar hayotining dastlabki bir oyi mobaynida onasini har soatda emishi kerak. Ular 1–1,5 oylikdan boshlab o‘simliklar bilan, 2-oyi oxiridan boshlab esa konsentrat ozuqalarga o‘rgatila boriladi.

  Qulunlar 6–7 oyligida onasidan ajratiladi. Onasidan ajratilishi­ ning eng yaxshi muddati avgust-oktiyabr oylari hisoblanadi. Onasi-dan ajratilgan yosh qulunlar sutkasiga 4 marta oziqlantiriladi. Kon-sentrat ozuqalar sutkasiga 3 mahal, pichan 3 mahal, shirali ozuqalar  2 mahal beriladi.

Qulun – otning bir yoshgacha bo‘lgan bolasi. 2 yoshlisi “toy”, 3 yoshdagisi “g‘o‘non”, 4 yoshlisi “do‘non”, 5 yoshdan keyin “ot” deb ataladi.

Nimjon tug‘ilgan qulunlarning har bir boshi hisobiga issiq suv­ ga aralashtirilgan sigir suti beriladi. Bunda bir litr sutga 20–25 gramm qand ham qo‘shiladi.

Oktyabrdan to yanvarga qadar erkak toylarga 100 kg tirik vazn­ ga 2,8, urg‘ochi toylarga har 100 kg tirik vaznga 2,5 ozuqa birligi beriladi.

Bunda har bir ozuqa birligiga 105–106 g hazmlanuvchi oqsil, 6,5–7,5 kalsiy, 5,5–6 g fosfor va 20 mg karotin to‘g‘ri kelishi ke­ rak. Dastlabki oylarda toylar ratsionining 50–60 foizini to‘yimliligi bo‘yicha konsentrat ozuqalar tashkil etadi. Ratsiondagi dag‘al ozu-qalar miqdori asta-sekin oshib boradi. Yoz kunlari qulunlar kuni bilan yaylovda bo‘lib, faqat kun juda isib ketgan vaqtdagina otxo-naga haydab kiritiladi, konsentrat ozuqlar bilan boqiladi.

  Ozuqa birligi – mollarga yediriladigan yem-xashak to‘yimliligi-ni belgilovchi o‘lchov birligi. Ozuqa birligi 1 kg suli doni to‘yimlili­ giga teng qilib olingan. Boshqa yem-xashaklar to‘yimliligi­ shunga taqqoslab baholanadi. Masalan, 1 kg quruq bedaning to‘yimliligi 0,5; arpaniki 1,15; 1 kg makkajo‘xoriniki 1,4.   Otlarni otxonalarda taqasiz, bog‘lamasdan erkin holda boqish maqsadga muvofiqdir. Otxonaning yorug‘, quruq, shamolsiz va toza bo‘lishi otlar sog‘ligi uchun juda foydalidir. Yorug‘likda otlar or-ganizmida modda almashinuvi tezlashadi. Buning uchun derazalar poldan 1–1,5 m balandlikda quriladi. Harorat 8–10 ºC bo‘lishi kerak.

  Ayg‘irlarni zooveterinariya qoidasi asosida ozuqlantirish ular­ ning jinsiy faolligini oshiradi. Ayg‘irlarning ratsionida boshoqli va dukkakli pichanlar, arpa yormasi, sabzi, beda, go‘sht-suyak va qon uni, tuxum va boshqa oqsil vitaminlar hamda mineral moddalar-ga boy bo‘lgan ozuqalar bo‘lishi lozim. Ularning haddan tashqari semirib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Oxurlarda doimo lizun tuzi bo‘lishi kerak. Ayg‘irlarning 100 kg tirik vazni hisobiga sutkasiga 2 kg ozuqa birligi to‘g‘ri kelishi kerak.

Ayg‘irlarning jinsiy imkoniyatlarini ko‘paytiruvchi omillar quyosh nuri, toza havo, doimiy harakat va cho‘miltirishdir. Havo­ ning issiq va sovuq kunlari ayg‘irlarni yayratishga chiqarish zarur.

Yoz oyida ayg‘irlarni 10–12 daqiqa 14–15 ºC issiqlikdan past bo‘lmagan suvda cho‘miltirish foydalidir. Har kuni tozalash, bir oyda bir marta tuyoqlarini ko‘rish, ular o‘sgan bo‘lsa, kesib tozalash zarur. Bir kunda 1–2 marta biyalarga qo‘yib olish mum-kin. Bir haftada bir kun dam beriladi. Biyalarning bo‘g‘ozlik davri o‘rtacha 335 kunni, ayrim hollarda 315–350 kunni tashkil etadi.

Erkak qulunlar urg‘ochi qulunlarga nisbatan 1–2 kun keyin tug‘iladi. Shuni aytish zarurki, agar biya bolasini juda oz ko‘tarsa, bu uning kasalligini bildiradi. Bo‘g‘ozlikning 7–8 oyida biyaning qorni osiladi, yelini kattalashadi, tez-tez siyadi, terlaydi va char­ chab qoladi. Tug‘ishiga 2 oy qolganda biyalar barcha ishlardan ozod qilinadi, 15–20 kun qolganda esa tagiga to‘shama solingan doimiy og‘ilxonalarga ko‘chiriladi. Qulunlashga 1–2 kun qolganda biyaning yelini ko‘pchib, yelin so‘rg‘ichlaridan yelimga o‘xshash suyuqlik kela boshlaydi. Tug‘ish oldidan bezovtalanadi, ozuqa ye-may qo‘yadi. Qulunlash 20–40 daqiqa davom etadi, to‘lg‘oq 2–3 daqiqada qaytalanadi.

Qimiz – biya sutidan tayyorlanadi. Darmonsizlik, kamqonlik, me’da-ichak, asab kasalliklariga davo, yurak muskulini mustahka-mlaydi.

Qulun tug‘ilganidan keyin kindigi qornidan 5–6 sm pastroqdan toza ip bilan bog‘lanib, qaychida qirqiladi. Qirqilgan joyga yod surkaladi. Agar biyaning yo‘ldoshi 12 soat ichida tushmasa, veteri-nariya vrachiga murojaat etiladi.

Yangi tug‘ilgan qulunni biyaning o‘zi yalab quritadi. Yalash ja-rayonida qulunning terisi massaj qilinadi, nafas olishi va qon ayla­ nish funksiyasi organlari kuchayadi, biyaning yo‘ldoshi tez ajraladi, jinsiy organlari me’yorlashadi. Yangi qulun to oyoqqa turguncha biyaning yelin so‘rgichlarini qidira boshlaydi. Bunday paytda unga uy egasi yordam berishi kerak. Biyaning yelinini yuvib tashlash, so‘rg‘ichlarni sochiq bilan artish va dastlabki sutni sog‘ib tashlashi kerak.

Biyalarni sun’iy qochirish zooveterinariya shohobchasi xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun xonadonga yaqin joy-lashgan shohobchaga buyurtma beriladi.

Menyuga qaytish.

Report Page