Ona

Ona

Ibrat..

Exx onam-a onam...

 Ayni paytda quyosh tig'ida qoraygan yuzlaringizdan o'pgim kelyapti.

Ish qilib charchagan vaqtingiz, peshonangizdagi reza-reza terni qo‘llarim bilan

sidirib olgim kelyapti.

Ota...

Mayli, achimsiq ter hidi kelib turgan, uch yildan beri almashmaydigan ko'ylagingizni kaftlarim orasiga olib uxlay...

 Farzandimni poytaxtda o'qitaman degan sodda onam...

6-sinf vaqtim sizga kunlar kelib men ham baland-baland binolarda joylashgan universitetlarni bitiraman deb orzularimni gapirib berganim esingizdami?

 ,,Lacetti" degan yangi chiqqan mashinada sizlarni ko'chalarda olib yuraman deganlarim esingizdami?

O'sha kun qaytib kelsin, ona.. Orzularimni unutib, yelkamga ketmonni tashlab, otam bilan birga dalada qolay..

 Umurtqalarim achishib, belim yoy misol egilib qolsin...

Shaharda siz yuborgan pulni yeb g'oddayib yurguncha qishloqda boshimni ko'tarmay ishlay, ota..

 Sizlarni shaharga olib ketaman, shaharda mazza qilib yashaymiz degan tillarim uzilib tushsin, ota..

 Har yerning tosh-tarozisi bor degan vaqtingiz bu gaplaringizni quruq nasihat deb labini burgan o'g'lingizni kechiring..

Bu yerning tarozisi ajib...

Bir pallasida insof, ikkinchi pallasida pul turadi, ota.

Ona, eshityapsizmi, pul turgan tarozi palla narigi pallani itqitib o'ynayapti..

Ajib,ajib..

Artistlikka o'qimasam ham bo'larkan, ota.

 Odamlar biri-biridan o'tyapti bunda..

Bir-birini quvyapti hamma, ona.

 ,,4" olgan ,,5"dan o'taman deydi, avtobusda yurgani mashinalikdan o'taman deydi.

 Sharoit bor, imkon bor, halovat yo'q, ota.

 Kechqurun so'riga yotib, osmondagi yulduzlarni sanab uxlash yo'q.

 Ona, ertalab siz nonushtaga yopadigan issiq nonning tandirdan uzilishini kutib o'tiradigan vaqt yo'q..

 Mening o'qish pulimni tiyin-tiyinlab yig'ayotganingizni ko'nglimning tubidagi bir ovoz aytib turadi, ota.

Shu ovoz ortidan aks-sado qaytadi : ,,La'nat senga, la'nat senga..."

,, Barcha fanlarni a'lo bahoga yopib, o'qishdan bo'sh vaqtim ishlab o'zimni o'zim qoplayman " deb o'zimga-o'zim bergan va'dalarim qayoqqa ketdi?

 Ota, yaxshi o'qisam ko'p pul topaman derdim...

 Yo'q, ota.. Ko'p pulim bo'lsa yaxshi o'qir ekanman...

 Men tong sahar 4 gacha ko'zlarim achishib dars tayyorlab olgan ,,4"ni kimdir o'qishga umuman kelmay oxirida tanishining oldiga kirib chiqib olarkan, ona..

 Bu yerda ,,hamma o'z mehnatiga yarasha" degan gap yo'q, ota.

Bu yerda ,,eplasang, uzib qol" bor...

 Bir fanimni yopa olmay qoldim. 

,,Ayb o'zingda, o'qimagansan!"

 O'qimaganmanmas.... Darslarning barchasiga kela olmaganman. To'lov pulimni hech bo'lmasa yarmini o'zim topay dedim...

O'qiyman, ustoz.

Sizni qattiq hurmat qilganim uchun kela olmasam ham sizning vazifalaringizni tayyorlab keldim...

 Bu, shahardagilar bunday gaplarga ishonishmaydi.

Ular shim tasmasida osilib turgan mashina kalitiga, qo'lda yaltirab turadigan tilla soatlarga, charmdan tikilgan jozibador hamyonlarga ishonishadi..

Pul so'radi.

150 ming so'm. ( bu tabiiy ). 

Ming istihola bilan sizga telefon qildim, ona.

Aniq qancha kerakligini aytmadim... Aytolmadim..

 ,,Sal ko'proq pul kerak, dadamga ayting, iltimos"

,,Xo'p". Siz hech qachon yo'q demagansiz. Yuragingizni qonini siqib bo'lsa ham topib berasiz.

 Ertasi kuni pulni olib, sanadim. 

90 ming... ,,Qolganini o'zingga ishlat, hammasini berib yuborma, bolam".

 Ko'z yoshim qotib qoldi, ona..

 90 ming so'mni eng ko'p pul deb bilgan onam-aaa ...

 90 ming so'm uchun qoq tushda ketmon chopgan otam-aaa.

 Meni kechiring... 


 Pulim ko'p bo'lmaydimi, pul ilinjida tayyorlagan vazifalarimni qaytarib yuborgan o'sha o'qituvchilarning oldiga bir-bir borib, og'ziga tiqmaymanmi...

 Pulim ko'p bo'lmaydimi, pul ilinjida o'z tanishini tiqishtirayotgan amaldorlarning boshidan sochmaymanmi...

Pulim ko'p bo'lmaydimi, pul ilinjida xalqning qonini so'rayotgan ba'zi zuluklarni pulga ko'mmaymanmi...

 Shu ko'rgan kunim uchun ham bundan buyon yuzimni yorug' qilgin, Rabbim.......

 Shu bandalaring oldida tilimni qisiq, boshimni egik qilmagin.....


 Tog'risini aytsam, kanalimdagi barcha fayllaru matnlardan ko‘ra mana shu hikoya eng yaxshisi men uchun😊!!

Uzoq kuttirmang..Bizga qo‘shiling!

•●❥♥️⃟ @Sarviqomat_Gavxarim💎❥●•

Report Page