Ona..

Ona..

www.adu.uz


Ona Ona, nigohingiz bunchalar maʼsum,

Yo hayot tashvishi qiynarmi sizni.

Birin shodlik boʻlsa, birisin qaygʻu,

Panoh qilganmi yo bu koʻzingizni.

Yuzingiz yashirgan ajinlar balki, 

Meni deb azob tortgan kunlar sanogʻi, 

Qizim, deb chorlagan tabassumingiz,

 Dilim yoritguvchi mehr chirogʻi. 

Ona, bugun sizga yuragim toʻlib, 

Dardlarim barini aytgim kelyapti.

 Bedor tunlar aytgan allangiz haqqi,

Bolalik chogʻimga qaytgim kelyapti.

 Baʼzan ishqdan panoh topganday boʻldim,

 Undan mehr taftin tuymadim biroq,

 Azobga yoʻgʼrilgan hijrondan koʻra,

 Allangiz eshitib yashash yaxshiroq. 


Report Page