O'lim nima? Rivojlanish bosqichlari qanday? O'lim yuz berganda bosh miyada qanday o'zgarishlar ketadi?

O'lim nima? Rivojlanish bosqichlari qanday? O'lim yuz berganda bosh miyada qanday o'zgarishlar ketadi?

Islomjon Boqijanov


Organizm funksiyalarining so'nib borishi ma’lum bir qonuniyatlar asosida kechadigan bir qator ketma-ket jarayonlar orqali amalga oshadi. Vaqt bilan bog‘liq bu ketma -ketlik, organizm funksiyalarini qayta tiklash imkoniyatini keltirib chiqaradi. Terminal holat organizmning o‘ziga xos holati u yoki bu og‘ir, uzoq davom etuvchi yoki o'tkir yuzaga kelgan og'ir kasalliklaming oxirgi bosqichi hisoblanadi. Terminal holatlar organizmning kompensator va himoya reaksiyalari imkoniyati tugallangandan keyingi, hayotning oxirgi davri hisoblanadi.

Terminal holatlarga preagoniya, agoniya va klinik o'lim holati kiradi.

Preagonal holat:

Markaziy nerv tizimi faoliyatining buzilishi, bemor karaxt yoki komada, qon aylanishi buzulgan (AB 70—60 mm.sim.ust.) yoki AB aniqlanmaydi; Kuchsiz, tezlashgan tomir urishi, periferik qon aylanishining yaqqol buzilish belgilari, sianoz yoki teri qoplamlarining oqarishi kuzatiladi.

Nafas olishning buzilishi gipoksiya rivojlanishiga va to'qima atsidoziga olib keladi. Preagonal holatning davom etish vaqti aniq emas, davolashga bog'liq bo'lmagan holda qisqa (elektrotravmada) yoki uzoq (qon ketishlarda) bo'lishi mumkin. Bu preagonal holatni keltirib chiqargan sababga bog'liq bo'ladi.

Agonal holat:

Ko'p hollarda aniq klinik belgi — terminal pauza, ya’ni preagonal holatning agonal holatga o'tishida tezlashgan nafasning birdaniga to'xtashi, shox reflekslarining so'nishi bilan boshlanib bir necha sekunddan 2 — 4 minutgacha davom etadi. Agonal holat terminal pauzadan keyin yuzaki, qisqa nafas olish bilan boshlanib, nafas olish amplitudasi keyinchalik o'sib boradi. Nafas olish jarayonida ko'krak qafasi mushaklari bilan birga bo'yin va og'iz sohasi mushaklari ham qatnashadi. Nafas olish strukturasining buzilishi oqibatida qisqa nafas olish va chiqarishda o'pka ventelyatsiyasi amalga oshmaydi. Kuchaygan nafas haratlari birdaniga to'xtaydi. MNT(markaziy nerv tizimi ) faoliyatining to'xtashi natijasida hayotiy funksiyalarni boshqarish bulbar va orqa miya markazlariga o'tadi. Bunda organizm o'zining tirikligini saqlab qolish uchun oxirgi imkoniyatlaridan foydalanadi. Lekin organizmning o'zi mustaqil bu holatdan chiqib ketolmaydi, chunki energiya ta’minoti faqatgina anaerob glikoliz hisobidan ta’minlanayotgan bo'ladi. Bu nafaqat yetarli bo'lmasdan, balki oksidlanmagan metobolitlaning to'planishiga ham olib keladi, natijada moddalar almashinuvi keskin buziladi.

Agoniya holati ko'p davom etmaydi. Nafas va yurak qisqarishlari tezda to'xtaydi, shundan keyin klinik o'lim holati boshlanadi.

Klinik o'lim:

Klinik o‘Iim hayot va biologik (qaytarib bo'lmaydigan) o'lim o'rtasidagi davr bo'lib, o'limning qaytishi mumkin bo'lgan bosqichidir. Bu holat yurak urishi va nafas olish to'xtagan va tiriklik alomatlari yo'qolgan paytdan boshlab organizm kechirayotgan va bir necha minut davom etuvchi qaytuvchan funksional va struktur o'zgarishlar jarayonidir. Klinik o'lim ro'y berishi bilan modda almashinuvi so'nib boradi, hujayralar destruksiyasi boshlanadi. Qon aylanishi to'xtagandan keyin bosh miyadagi O2 zahirasi 10 sek.da, glyukoza va ATF zahirasi esa 5 minut davomida tugaydi va neyronlarning o'limiga olib keladi. Shu bilan birga gipoksiya holati GEB (gemato-ensefalitik bariyer: qon bilan miya to'qimasi o'rtasidagi to'siq. Vazifasi miya to'qimasini qondagi zararli moddalardan himoyalash) ning o'tkazuvchanlik xususiyatini buzadi, natijada bosh miya hujayralaridan birinchi navbatda kaliy ionlari tashqariga chiqishga, natriy, xlor va kalsiy ionlari esa ichkariga kira boshlaydi. Oxirida oqsillar neyronlar ichiga kirib ichkaridagi osmolyarlikni 5—6 martaga oshiradi va bu holat katta miqdordagi suvning hujayra ichiga kirishi va neyronning shishishi bilan tugaydi. Agar miyada qon aylanishining to'xtashi 5 minutdan ortiq davom etsa, bosh miyani o'limga olib keladi. Ammo 3—5 min davom etuvchi bosh miya po'stlog'idagi o'zgarishlar qaytuvchan xususiyatga ega bo'lganligi tufayli ham organizmni to'la-to'kis tiriltirish imkoniyati mavjud. Inson organizmi uchun klinik o'lim muddati 3—5 min. dan oshmaydi. Gipotermik sharoitda, masalan, tana harorati 10—8°C bo'lganda, klinik o'lim muddati 2 soatgacha cho'zilishi mumkin. Klinik o'limdan keyin keluvchi biologik o'lim organizmdagi tiklanmas jarayonlardan iborat bo'ladi va shu sababli organizmni bir butun holda tiriltirish imkoniyati yo'qoladi.

O'lish jarayoni ketma-ket keluvchi bosqichlar — klinik, ijtimoiy va biologik o'lim davrlariga ajratiladi:

1. Organizm faoliyatining so'nib borishi davri.

Bu davrda kimyoviy, fizik va elektr jarayonlarning chuqur izdan chiqishi oqibatida funksiyalar namoyon bo'la olmaydi. Funksiyalarning bajarilmasligi (to'xtashi) davri bo'lib, klinik o‘lim holatiga o'tadi va miyada qaytmas siljishlar vujudga kelguncha davom etadi.

2. Oraliq yoki ijtimoiy o‘lim davri.

Bu davrda bosh miya po'stlog'i faoliyati to'la yo'qoladi, ammo boshqa organ to'qimalaridagi o'zgarishlar qaytuvchan bo'ladi.

3. Biologik o‘lim davri.

Barcha to'qimalardagi tiklanmas funksional va struktur o'zgarishlardan iborat bo'ladi.

Yurak va o'pka faoliyatining to'xtashidan keyin yuzaga keladigan organizmning o'ziga xos holati klinik o'limdir, bu bosh miya po'stloq hujayralarining kislorodsiz va oziq moddalarsiz, ya’ni ekstremal sharoitdagi yashash vaqti hisoblanib, tashqi muhit haroratiga bog'liq holda o'rtacha 3—5 minut davom etadi.

Shunday qilib, reanimatsion chora-tadbirlar faqat klinik o'lim holatidagina, ya’ni 3—5 minut oralig'ida samarali bo'lishi mumkin. Demak, klinik o'lim bu aynan bosh miya hujayralarining yashash vaqti hisoblanadi.

Klinik o'lim holatining davomi sotsial o‘lim jarayoni bo'lib, bunda ko'pincha reanimatsion chora-tadbirlar kech boshlanishi hisobiga yurak va o'pka faoliyati tiklanishiga qaramasdan bosh miya faoliyati tiklanmaydi.

Undan keyin biologik o‘lim yuzaga keladi, bunda bosh miya, hayotiy muhim organlar va to'qimalarda qaytmas o'zgarishlar yuzaga keladi. O'tkazilgan reanimatsion chora-tadbirlar (25—30 min davomida) natijasida yurak o'pka faoliyatini ham tiklab bo'lmaydi.

Bosh miya hujayralarida klinik o'lim holatida energiya
yetishmasligi sxemasi.

Reanimatsion chora-tadbirlaming samaradorligi asosan uchta shartga bog'liq.

1. O'z vaqtida reanimatsiya o'tkazish, ya’ni klinik o'lim holatining 3—5 minutlarida. Buning uchun klinik o'lim holati diagnostikasi shu vaqt oralig'ida bo'lishi kerak.

2. Kompleks reanimatsion chora-tadbirlami o'tkazish (yurakni tashqi uqalash, o'pkaning sun’iy ventilyatsiyasi — intubatsion naycha orqali, yurakni medikamentoz qo'zg'atish va defibrillyatsiya).

3. Reanimatsion chora-tadbirlami to'g'ri o'tkazish (voqea joyida bir kishining ishlashi juda qiyin bo'ladi, shuning uchun maxsus reanimatsiya guruhi chaqiriladi).

Voqea joyiga yetib kelganda klinik o'lim holatining yuzaga kelgani, uning aniq vaqtini surishtirmasdan (buni bilib bo'lmaydi), reanimatsion chora-tadbirlar boshlanishi kerak. Yurak-o'pka va bosh miya reanimatsiyasining umumiy va maxsus turlari (elektrik defibrillyatsiya, dorilaming organizmlarga kiritish) farqlanadi.
Qon aylanishi to'xtaganda klinik o'lim belgilarining ketma-ketligi.

Klinik o‘lim belgilari:

• uyqu arteriyasida tomir urmasligi. bemorning hushidan ketishi, yurak to‘xtagandan keyin 5—10 sekund ichida; bemor rang-ro'yining o’zgarishi, asosan, sianoz paydo bo'lishi; qisqa muddatli tutqanoq tutishi va uning keyin barcha reflekslarning so‘nishi; ko'z qorachig‘ining kengayishi, 30—60 sek ichida; nafas olishning o'zgarishi, 30—40 sek o'tgach apnoe (nafas olishning to'xtashi) ro'y berishi; elektrokardiograliya kuzatuvida to'g'ri chiziq. fibrillyatsiya yoki o'tkazuvchi tizim blokadasi natijasida aritmiyaning paydo bo'lishi.

Klinik o'lim diagnostikasining asosiy mezoni bo'lib uyqu arteriyasida tomir urmasligi hisoblanadi. ABni o'lchash, yurak tonlarini eshitish tavsiya etilmaydi!!! Klinik o'lim diagnostikasi uchun 5—7 sekund vaqt ajratiladi.

Qon aylanishi to'satdan to'xtashining asosiy sabablari quyidagilar:

• aritmiyalar; • qorinchalar fibrillyatsiyasi (75% holatlarda); • qorinchalar taxikardiyasi; • sinus tugunining kuchsizligi sindromi; • yaqqol bradikardiya; • to'liq AV blokada; • o'tkir yurak yetishmovchiligi; • miokard infarkti; • kardiomiopatiyalar; • o'pka arteriyasi tromboemboliyasi; • o'tkir qon yo'qotishlar; • mexanik jarohatlar; • chap qorincha devorining yirtilishi; • subaraxnoidal qon quyilishi; • elektrdan jarohatlanish; • o'tkir zaharlanishlar; • suv-elektrolit muvozanatining buzilishi; • yurakning reflektor to'xtashi;

Maqoladan foydalanilganda manba ko'rsatilishi shart! Manbani ko'rsatilgan holda ulashish mumkin! Agar maqoladan foyda olgan bo'lsangiz do'stlarga ham ulashing )))

Kanal manzili:

UzMediki https://t.me/UzMedikii

Report Page