Ok

Ok


JIZZAX:

#coronavirus

#tavsiya


Kasbim taqazosi va Xudoning xohishi bilan "xalqqa kelgan to'y"dan men ham bebahra qolmadim, bemorlik yetdi. Ortda qolgan 10 kun davomida kasallik bilan kurashish bilan birga o'zim uchun bir qancha xulosalar oldim. Ham vrach, ham kasallikni boshidan o'tkazayotgan inson sifatida ayrim xulosa va tavsiyalarimni sizlar bilan bo'lishmoqchiman.


Kasallik boshlanishi:

1- kun: 6- iyul kuni ertalab bo'yin va bel mushaklarimda og'riq bilan uyg'ondim, kechga borib yegan ovqatimda ta'm sezmay boshladim.

2-kun: Ertalab lohaslik va charchoq bilan uyg'ondim, mushaklardagi og'riqlar kuchaydi. Tomoqda achishish hissi paydo bo'ldi, tish pastasining o'tkir ta'mini ham deyarli sezmadim va haroratimni o'lchadim- 36.5. Juda ko'p terlay boshladim.

Menda kasallik boshlanayotganini sezardimu lekin haroratim ko'tarilmaganiga yaxshi umid qilib turdim. Nihoyat tushga yaqin haroratim ko'tarildi 38-38.5. Davolash muolajalarini boshladim. Kecha yaqin harorat 39.0 gacha yetdi.

Isitma tushirish uchun Paratsetamol 500mg kun davomida 2 marta qabul qildim, ko'p ko'p suyuqlik ichdim, haroratim 37.2 gacha tushdi.

Kechasi bilan shu harorat ushlanib turdi, lekin haddan ortiq ko'p terladim va bundan o'zimni biroz yengil his qildim.

3- kun: Ertalab biroz yengil bo'lib turdim, haroratim 37.0. Albatta, hamma qatori menda ham Covid-19 bormi yo'qmi bilish uchun test topshirish harakatiga tushdim, shahar SES, tuman SES, 1003, 1104, oilaviy poliklinika, xususiy klinikalar, xullas termagan raqamim qolmadi hisob. Hech kim kasallangan odam uyda turib qanday test topshirish mumkinligini aniq ayta olmadi. Nihoyat, tuman va shahar SES lariga o'zim borishga majbur bo'ldim, garchi harorat bilan ko'chaga chiqish mumkin bo'lmasada. Chunki men ishga chiqishim yoki bolnichniy ochtirishim kerak edi, lekin buning uchun avval test topshirishim kerakligini aytishdi. SESlar darvozasi oldidagi holat haqida esa avvalroq post qo'ygandim. Xullas, kun bo'yi harakat qilib, hech qayerda test topshirolmadim. Ahvolim yomonmasligi va haroratim tushgani meni biroz xotirjamlikka undadi.

4-kun: Ertalab holsiz va terga botgan holda uyg'ondim, haroratim yo'q, lekin qisqa-qisqa quruq yo'tal va tomoqda achishish paydo bo'ldi. Ishtaha deyarli butunlay yo'qoldi. Ko'krak qafasimda tosh osib quyganday his paydo bo'lgach, menda pnevmaniya boshlanayotganini angladim va antibiotik Azitromitsin 500 mg ichishni boshladim. Kuniga 1mahal 3 kun. Qo'shimcha Askorutin vitamin 2 tabletkadan 3 mahal. Suyuqlik asosan na'matak damlamasi ichib turdim.

5-kun: Ahvolim og'irlashdi, yo'tal, holsizlik, hid ta'm sezmaslik, ko'ngil aynishi, ishtahasizlik va eng yomoni nafas siqishi boshlandi. Test topshirishga umidimni uzib, xususiy klinikada(MDS-servis) o'pka MSKTsini qildirdim. Shu o'rinda aytib o'tishim kerakki, ertalab telefon orqali so'raganimda 200 ming deb aytilgan MSKT tekshiruvi tushdan keyin borganimda 300 ming so'mga ko'tarilibdi. Shu narxda ham navbat qator. MSKT da ikki tomonlama bronxopnevmoniya xulosasini berishdi, birgina quvonchli jihati yengil formada. Kechga yaqin bir hafta oldin ko'rgan kasalim qo'ng'iroq qilib ularda oilaviy Covid-19 testi ijobiy chiqqanini aytdi. (Manba deyarli aniqlashdi)

6-kun: Uyda davolanishni davom ettirdim, nafas mashqlarini boshladim. Nafas siqish boshlaganda biroz vahimaga ham tushdim. Har ehtimolga qarshi kasalxonaga qanday borish va uydagilarni xavotirga qo'ymaslik uchun buni qanday bildirmaslikni o'ylardim (ular viloyatda). Aytishim mumkinki, kechga borib ahvolim yomonlashayotganini his qildim, intoksikatsiya belgilari: holsizlik, ko'ngil aynishi, bosh aylanishi kuchaydi. Ishtaha yo'qligi tufayli deyarli hech narsa yeyolmadim.

Tomir ichiga Reosorbilakt 200ml quyishni boshladim, biroz yengillik sezdim.

7-kun: Kun davomida ahvolim biroz yaxshilandi, poliklinikaga telefon qilib uydan test olishlari uchun navbatga yozildim. Muolajalarni davom ettirdim, yo'tal, holsizlik, ishtahasizlik davom etardi. Nafas siqishi biroz qo'yvordi. Ta'm sezish maqsadida bir

Report Page