Pavel Durov

Pavel Durov

Telegram

Pavel Durov 1984-yil Sankt-Peterburg shahrida tavallud topgan. Telegram va Vkontakte ijtimoiy tarmoqlarini asoschisi. Telegram va Vkontakt ijtimoiy tarmoqlarining yaratuvchisi, 30 yoshida milliarder(rubl boʻyicha)

11 yoshidan boshlab Durov dasturlashga qiziqadi va maktab kompyuterlarining parollarini osonlik bilan aniqlashga harakat qiladi va bunga erishadi ham. O‘sha paytlarda u dasturlashni chuqur o‘rganib, maktabdagi barcha kompyuterlarning “заставка” larini dastur orqali o‘zgartirib qo‘yadi.

2006 yilda Pavel Sank Peterburg davlat universitetining filiologiya fakultetini tamomlaydi, universitetda o‘qish mobaynida harbiy fakultetni ham tamomlab, zahiradagi leytenant unvoniga ham erishadi, u universitetni qizil diplomga bitirib, shu yili Vkontakt ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi. 2012 yil 19 noyabrda “Mann, Ivanov va Ferber” nashryoti Nikolay Kononovaning “Kod Durova” deb nomlangan kitobni chiqardi. Bu kitob Vkontakt ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Pavel Durovga bag‘ishlangan bo‘lib, xujjatlar va intervyular asosida yozilgan.

AR Films kompaniyasi, produser Aleksandr Rodnyansk boshchiligida, yuqoridagi kitobni kino ko‘rinish[ida namoyon qilish ruxsatini oldi va bu kino 2014 yilda ommaga taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. 2013 yil Durov Digital Forest kompaniyasiga asos soladi va shu kompaniya Telegram messendjerini ommaga taqdim etadi.

www.telegram.com


Report Page