"Nomi ulug', suprasi quruq!"

"Nomi ulug', suprasi quruq!"


raqamli


🤔 Gap sayt haqida ketganida ko'plab insonlar sayt uchun yaxshi domen yoki hosting bo'lsa bo'lgani, sayt rivojlanishi uchun shular yetarli degan fikrni ilgari surishadi. Bu aslida to'g'rimi?


Aslo! Bu "15 ta kam" aqllilarning gapi. Sayt rivojlanishi uchun unga yaxshi domen va hostingning o'zi yetarli emas. Saytni rivojlantirishda SEO optimizatsiyaning ham juda katta o'rni bor.


"Bunisi nima endi?" - deysizmi? SEO - bu Search Engine Optimization so'zlarining bosh harflaridan olingan bo'lib, qisqacha ma'nosi qidiruv bo'limiga sizning sohangizga oid so'z yozilganda saytingiz "Tadaaaam" deb chiqib kelishidir!


SEO'ning asosiy maqsadi sayt ma’lumotlarini qidiruv bo'limi uchun moslashtirishdan iborat, bo'lib bu optimizatsiya saytingiz rivojlanishini bir necha bor oshirib yuborishi mumkin bo'ladi.


Deyarli barcha sayt egalari reklama uchun mablag' ajratishadi. SEO esa aynan shu reklamaning bepul usulidir. Aytmoqchimanki, reklama uchun sarflangan minglab dollarlar ham SEO optimizatsiyachalik foyda bermasligi mumkin.


Sababi saytlar foydalanuvchilar bilangina tirikdir. Hech qanday foydalanuvchiga ega bo'lmagan saytning esa keraksiz buyumdan farqi qolmaydi.


SEO optimizatsiyada saytingiz uchun to'g'ri tanlangan kalit so'zlar bilan birgalikda sifatli kontent ham saytingiz rivoji uchun muhim hisoblanadi.


Report Page