No Name

No Name

π™€π™‘π™—π™šπ™  π˜Όπ™ π™—π™–π™§π™€π™«π™žπ™˜π™

Descendant of Tamerlane:

Yigirma yoshlar atrofida edim. Haqiqiy oshiq edim. Bir kishini judayam qattiq sevardim. Uni o'ylab kechalari uxlolmasdim shunchaki shirin hayollar ila uni sog'inib tunimni o'tkazar edim. Hayolimda bir sayyora bor ediyu u sayyorada faqat men va u. U mening hayotimning mazmuni va shu paytgacha topgan kishilarim orasida eng qadrligi edi u uchun jonimni berishga ham tayyor ham edim. Shunday baxtli inson edimki menday baxtli odam yo'q deb hisoblardim. Haqiqatda ham shunday. Buni men bo'lib ko'rmaguncha his qilolmaysiz.


O'qishdan keldim. Har safar kelganimda stolim ustida issiq ovqatim va onamning yaxshi keldingmi o'g'lim degan gapini eshitar edim. Bu narsa men uchun oddiy tuyular onamning kun bo'yi yelib yugurishlari hamma joyni saramjon sarishta tutishlari ovqatning vaqtida tayyor bo'lishi bularning hammasi onamning qattiq charchashi ortidan bo'ladi deb o'ylamas edim. Mana shunday podshohlarcha kunlarim davomida bir kun uzilish bo'ldi. Har doimgidek soat 1:30 men uyga keldim. Onam oshxonaning yonida turar edilar. Men onamga salom berdim onam menga qaradilarda yaxshi keldingmi bolam dedilar. Shunda onamda hech qanday o'zgarish sezmagan ekanman. Chunki mening butun o'y hayolim bugun institutda bo'lgan voqea bilan aralashib yotar edi. Onam ovqatimni olib kelib berdilarda xonadan chiqib ketti. Bu holat umuman bo'lmagan edi onam ovqatimni olib kelib berardilarda yonimga o'tirib men bilan suhbatlashar edilar. O'qishim ishim haqida so'rardilar men esa kunlik oddiy yutuqlarimni aytardim onam esa bundan juda quvonar edilar. Esimda bir marta biznes rejamni taqdimot qilgan edim va shu hodisa vedio tasvirga olingan edi men uni onamga ko'rsatgan edim. Onam esa o'sha vedioni 10-100 martalab ko'rgan edilar va qo'ni qo'shni mahalla qarindosh hammaga ko'rsatar edilar. Buni ko'rsatib o'zlari juda xursand bo'lar har qayta ko'rganlarida qiziqarli bir narsani birinchi bor ko'rganday miriqib tomosha qilar men esa hayron bo'lar edim.


Tushlik qilib bo'ldim. Bugungi kun rejamda avtomktabga borish va undan chiqib ishxonadan 1-2 ta hujjatlarni olish bor edi. Avtomaktabga bordim maxsus o'rgatuvchi mashinani haydab ketyapmanu lekin o'zimda emasman. Oddiy xatolar qilardim va qattiq asabiylashar edim instruktor menga javob berib uyimga borishimni aytdi. Men esa haliyam o'sha institutdagi voqeani tinmay eslardim...

Report Page