‍ Twitterda qanday qilib pul topish mumkin?

‍ Twitterda qanday qilib pul topish mumkin?


- Nima? Oʻzbekistonda twitterdan pul topish?

- Albatta, buni imkoni bor.

Twitter


Deyarli barchamiz twitter qanday tarmoq ekanini, umuman twitter degan platforma borligini bilamiz. Lekin bu orqali daromadimizni koʻpaytirish uchun harakat qilmaymiz. Barchamiz aytadigan gap esa shunday: “Bizda hech kim ishlatmaydi”.




Twitter haqida umumiy gaplarga toʻxtamayman-da gapni indallosiga oʻtib, twitterda pul topish uchun kerakli maʼlumotlar va bir nechta bosqichlar bilan sizlarni tanishtiraman.




2️⃣ Soʻng followerlar yaʼni sizni kuzatib boruvchilarni koʻpaytiring. Agar sizni hech kim kuzatmasa, deyarli pul topishning imkoni ham yoʻq. Xoʻsh, buni qanday uddalaymiz? Kuzatuvchilarni jalb qilishning eng oson usuli doimiy faol boʻlishdir. Koʻp sahifalarga aʼzo boʻling va ularga izohlar qoldirib, layklar bilan siylang.


3️⃣ Shuningdek, tvit yozayotganda doim hashtaglardan foydalaning. Bu ham juda samarali usul hisoblanadi. Masalan, marketing haqida yozsangiz, shunga doir bir nechta hashtag qoʻying. Sababi boshqalar shu mavzuni qidirganda sizni topishadi.


😎 Twitterda pul topish! Eng qiziq joyiga ham yetib keldik.


Kuzatuvchilaringiz ortib, koʻpchilik orasida tanilib qolganingizdan keyin homiylik tvitlardan foydalaning. Agar ancha mashhur boʻlib olgan boʻlsangiz, katta yoki kichik xizmat koʻrsatuvchilar va brendlar haqida tvitlar yozganingiz evaziga pul topishingiz mumkin.



🔗 Hattoki, tvitlaringizga pul toʻlashni istagan onlayn platformalar ham mavjud. Bulardan ikkitasi:

– SponsoredTweets

 (https://sponsoredtweets.com/)– PaidPerTweet

 (https://paidpertweet.com/twitter_directory.php)Koʻrib turganingizdek ular tvit yozishingiz uchun pul toʻlashadi.



😉 Qisqasi, twitter bilan juda katta ishlarni amalga oshirish mumkin. Hozircha shular bilan kifoyalanaman. Agar ochilgan mavzu sizga qiziq boʻlsa, izohlarda oʻz fikrlaringizni qoldiring. Yana shu mavzuda maqolalar koʻrishni istasangiz esa layklarni ayamasdan bosing.


❗️ Ha aytgancha, ertaga bizda twitter shiddat bilan rivojlanib ketsa, essiz avvalroq akkaunt ochib, yuritib qoʻymagan ekanman deb yurmaslik uchun bu ishlarni hozirdan boshlang!


📲 Telegram | Facebook

Report Page