News

News

@Jizzax

Charchoq, qo‘rquv va umid: koronavirus frontidagi yuzlarda aks etgan hissiyotlar — suratlarda

Reuters nashri dunyo mamlakatlari shifoxonalarida koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar yuzida aks etgan hissiyotlar haqida fotomaqola tayyorladi.


Janubiy Afrika. Keyptaun yaqinidagi dala gospitalida dam olayotgan shifokor.

Keniyaning Nayrobi shahrida koronavirusdan vafot etgan professor Charlz Kariukining jasadini krematsiya qilgan shifokorlar bir-biriga himoya kiyimlarini yechishga yordam bermoqda.

Fransiyaning Kambra shahrida himoya kiyimi va niqobidagi shifokor koronavirus testi uchun surtma olmoqda.

Keniyaning Machakosa shahridagi stadionda qurilgan dala gospitalida ishlayotgan hamshira.

Tibbiy xodimlar Xyustondagi Texas tibbiyot markazida smena almashish vaqtida.

Fransiyaning Mayen shahridagi tekshiruv poligonida tanaffus vaqtida dam olayotgan tibbiy xodim.

Boliviyalik hamshira Meri Tikona ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan suhbatlashmoqda.

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida koronavirusga test topshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarni kutayotgan shifokor.

Pokistonning Karachi shahridagi kasalxonada bemorlardan koronavirusga test olish uchun himoya kiyimlarini kiyayotgan feldsher.

Britaniyaning Grimsbi shahridagi kasalxonada ishga kirishayotgan shifokor Natali Dyuks.

Iroqning Basra shahridagi laboratoriya shifokori Ali Salam Abdulla.

Hindistonning Ahmadobod shahri aholisidan koronavirusga surtma olganidan so‘ng peshonasidagi terni artayotgan tibbiy xodim.

AQShning Texas shtati Xyuston shahridagi kasalxonada ish vaqtidagi tanaffus vaqtida dam olayotgan tibbiy xodim.

Iroqning Najaf shahridagi kasalxonada koronavirusga chalingan bemorlarni tekshirgan shifokor Haydar Ali Muso al-Xasani dezinfeksiya qilinmoqda.


Report Page