NEWS

NEWS

July 10, 2023

«Najot Ta'lim» markazida dasturlash sohasiga endigina kirib kelmoqchi bo'lgan yigit-qizlar uchun «Dasturlash kasbiy ta'lim» dasturi joriy etilgan. 

Bu umumiy 1 yillik ta'lim dasturi bo'lib, sohaga endigina kirib kelmoqchi bo'lganlar uchun moslangan. 

Kurs ikki qismdan iborat bo'lib, «Bootcamp-Foundation» va «Bootcamp-Result» bosqichlariga bo'lingan. 


Bootcamp-Foundation bosqichi dasturlashga ilk qadam qo’yayotganlar uchun hisoblanadi. Bu bosqichda C va Python dasturlash tillarining asoslari o’rgatiladi va bonus tarzida kompyuter savodxonligi darslari taqdim etiladi. Bootcamp-Foundation bosqichida dasturlash strukturasi, dasturlash mantig'i, uning algoritmi, dastur yaratilgandan keyin uning orqa fonida qanday prosseslar bo'layotganini to'laqonli tarzda anglab yetasiz.
Bootcamp-Foundation bosqichi sizga dasturlashning ma’lum bir yo’nalishini tanlashingizda yordam bo’ladi. Masalan, siz uchun frontend qulaymi yoki backend bilib olasiz. Buni bilish bilan birgalikda, mutaxassislik kursimizda mavzularni qiynalmasdan o'zlashtirasiz, sababi siz, dasturlash mantig’ini bilasiz va bu bosqichdan so’ng boshqa dasturlash tillarini oson o’zlashtirishingiz mumkin.

Bootcamp-Foundation» 5 oy haftada 5 kun 3 soatdan;

«Bootcamp-Result» 6-8 oy haftada 5 kun, 4,5 soatdan bo'lib o'tadi.

Kursga nomzodlar kirish sinovlari orqali qabul qilinadi. Sinov imtihonlarida nomzodlarning IQ (mantiqiy fikrlash) va Ingliz tilini bilish darajasi test sinovlari orqali sinovdan o'tkaziladi. 


Savollar bo'yicha namuna:

Bootcamp-Foundation bosqichini tamomlagan o'quvchilar «Bootcamp-Result» bosqichidagi o'tish imtihonlarining natijasi va qiziqishlariga qarab mutaxassislik kurslarida ta'lim olishlari mumkin. 

Bootcamp-Result bosqichi haqida

Bu bosqichimizda 6 ta yo’nalish mavjud bo’lib, o’quvchi o’zining qiziqishlari va ustozlarning tavsiyasiga ko’ra yo’nalishlardan birini tanlab o’qishni davom ettiradi.

Fullstack (NodeJS + Vuejs)
Frontend
Flutter Mobile
C# .NET (dotnet) backend
Tanlangan yo’nalishdagi dasturlash tilini va eng asosiy Freymworklari bilan ishlay olasiz:
Fullstack — JavaScript → NodeJS, VueJS
Frontend — HTML / CSS / React
Flutter Mobile — Dart → Flutter
C# .NET (dotnet) backend — C# → .NET Core
MVC (Model-View-Controller) arxitekturasini to’liq tushunish va ushbu arxitekturada dastur tuza olish qobiliyati
Mikroservisli arxitekturada dasturiy ta’minot tuza olish qobiliyati (Go backend)
Design Patterns tamoyillarini tushunish
API. RESTful dasturlar bilan ishlash qobiliyati
IT kompaniyalarda, Ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarda, frilans platforma hamda shu kabi turli loyihalarda ishlashingiz mumkin.


Dasturning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan o'quvchilar o'z sohalari bo'yicha ish faoliyatlarini boshlash imkoniyatiga ega bo'ladi. 

Bitiruvchilarimizning o'rtacha 85-95 foizi kursni tamomlab, ish faoliyatlarini boshlashmoqda. 

Siz ham kelajagingizni dasturlash sohasi bilan bog'lash niyatida bo'lsangiz, kursning sinov imtihonlariga ro'yxatdan o'ting.

👉 Ro'yxatdan o'tish


Nega bizni tanlashingiz kerak?

Har bir o'quv kursi shunday ishlab chiqilganki, ularni muvaffaqiyatli yakunlab, siz zamonaviy kazb egasiga aylanishingiz va shu sohada o'z ish faoliyatingizni boshlashingiz mumkin. Hammasi o'z qo'lingizda.
Darslar katta tajribaga ega malakali mutaxassis ustozlar tomonidan o'tiladi. O'z ishining ustalaridan olingan bilim hamisha barakali va manfaatli bo'ladi.
Darsdan tashqari vaqtlarda ham sizda savollar tug'ilishi tabiiy. Yordamchi ustozlarga murojaat qilsangiz, ular sizni qiynayotgan masalalar bo'yicha kerakli ko'rsatmalarni berishadi.
Biz bir joyda to'xtab qolmaganmimz. Markazimizdagi yo'nalishlar yangi va dolzarb kurslar bilan muntazam ravishda boyitib boriladi.
Olgan bilimlaringiz haqiqatda foydali bo'lsihi uchun kurslarimiz amaliy mashg'ulotlar bilan boytilgan.
Kursni bitirgandan so'ng «Najot Ta'lim» markazi o'zining hamkor kompaniyalari yordamida sizga sohangiz bo'yicha munosib ish topishda imkon qadar ko'maklashadi. Odatda muvaffaqiyatli o'quvchilarimiz kurs davomidayoq o'z ishini topib ketadi.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan so'ng sizga maxsus sertifikat taqdim etiladi.
Eng salohiyatli va tirishqoq o'quvchilarni biz o'z jamoamizga taklif etamiz. Demak, sizda kuchli jamoada ishlash imkoniyati bor.
Markazimizning Chilonzor va Farg'ona filiallarida «Najot Talim»ning barcha o'quvchilari uchun har hafta soha bo'yicha professional va muvaffaqiyat qozongan insonlar bilan master-klasslar tashkil qilinadi.
Markazimizda mavjud yo'nalishlar bo'yicha guruhlar o'rtasida har qiziqarli musobaqalar, turli xil tanlovlar tashkil qilinadi va g'olibarga maxsus sovg'alar taqdim etiladi.
Markazimizda xususiy ta'lim muassasalarida uchramaydigan alohida o'quv bo'limi tashkil qilingan.
O'quv bo'limining vazifasi taklif v shikoyatlar bilash ishlash, o'quvchining o'zlashtirish darajasi va oq'uvchining dars jarayonini nazorat qilish hamda imtihonlarni tashkil etishdan iborat.
Markazimizning barcha filiallarida o'quvchilar erkin dars qilishi uchun kovorking zonalari tashkil qilingan. Chilonzor va Farg'ona filiallaridagi kovorking 24/7 tarzida faoliyat olib boradi. Siz istalgan vaqtda kelib, cheklanmagan muddatgacha dars tayyorlashingiz mumkin.
Markazimizda turli xil insonlar tahsil olishadi, ularning orassida biznes egalari, har xil soha vakillari, oliy o'quv yurti talabalari ham bor. Siz ushbu insonlar bilan tanishib (netvorking), ulardan ma'lum darajada bilim olish yoki o'z bilimingizni ulashish orqali yanada rivojlanish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Markazimiz zamonaviy dizayn uslubida bezatilgan (Chilonzor filiali). Har bir dars xonasiga jahondagi taniqli kompaniyalar nomlari qo'yilgan va aynan o'sha kompaniyalarning logosiga mos ravishda jihozlangan. Bundan tashqari, xonalar va kovorking zonalarimizning yozda salqin, qishda issiq bo'lishi ta'minlanadi.
«Najot Ta'lim» O'zbekistondagi ko'pgina biznes turlari bo'yicha yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Bizning tavsiyamimz orqali siz shu kompaniyalarda bepul tajriba orttirishingiz yoki to'laqonli ish faoliyatingizni boshlashingiz mumkin.


Kurslar narxi

Kursning umumiy davomiyligi 11 oyni tashkil etib (Fullstack (NodeJS + Vuejs) mutaxassisligi tanlanganda yana bir oy qo'shiladi) haftada 5 kun 4 soatdan bo'ladi. Kurs narxlari quyidagicha belgilangan.

Toshkent filiali uchun:


🔰 Kurs narxi oyiga: 2 200 000 so'm.

🔰 Ikkiga bo’lib to’lash: 10 120 000 so'm. (Jami: 20 240 000 so'm, shunda siz 3 960 000 so'm tejab qolasiz) 

🔰 Bittada umumiy toʻlov qilinsa: 19 228 000 so'm. (Shunda siz 4 972 000 so'm tejab qolasiz)


Farg'ona filiali uchun:


🔰 Kurs narxi oyiga: 1 760 000 so'm.

🔰 Ikkiga bo’lib to’lash: 8 100 000 so'm. (Jami: 16 200 000 so'm, shunda siz 3 160 000 so'm tejab qolasiz) 

🔰 Bittada umumiy toʻlov qilinsa: 15 390 000 so'm. (Shunda siz 3 970 000 so'm tejab qolasiz)





Report content on this page

Jakhongirovna M



Report Page