News

News

Ayjamal

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan Shahrisabz shahridagi “Oq Saroy Textile” MChJda quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalari ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi tadbirkorlik sub’yektlari mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Tadbirda Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimov ham qatnashdi.



Joriy yilning 10 iyun kuni Prezident raisligida iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlariga bag‘ishlab videoselektor o‘tkazilgandi. Ushbu tadbirda sohani rivojlantirish uchun nafaqat ishlab ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, balki iste’molchilarga ham qulayliklar yaratish haqida gap borgandi.





Report Page