Toshkentda “Zil” urib yuborgan piyoda shifoxonaga yetmasdan vafot etdi

Toshkentda “Zil” urib yuborgan piyoda shifoxonaga yetmasdan vafot etdi

Xabar.uz

2018-yil 29-may kuni Toshkent shahrida tongi 04:00 da “ZIL-4505” avtomashinasi yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.

1952-yilda tug‘ilgan, yashnobodlik nafaqaxo‘r S.R. tan jarohati olib, shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.



Report Page