NEPTUN

NEPTUN

Koinot vaqti

1820-yili parijlik astronom A.Buvar Yupiter, Saturn va Uranning koordinatalari jad- valini juda katta aniqlik bilan hisobladi. Biroq o‘n yil o‘tgach, Uran oldindan hisoblangan o‘z o‘rnidan bir necha o‘nlab sekund yoy masofaga siljigani aniqlandi. Astronomlar Uranning harakatidagi bu siljish uning orbitasidan tashqaridagi boshqa bir planetaning ta’siri tufayli, degan qarorga keldilar. Bunday murakkab matematik masalani hal qilishga bir vaqtda bir-birlaridan bexabar holda ikki astronom «bel bog‘ladi». Bulardan biri fransuz matematigi U.Leverye, ikkinchisi esa yosh ingliz astronomi J.Adams edi. 1846-yili matematik hisoblashlar asosida planetaning o‘rni qayta aniqlangach, U.Leverye teleskopik yulduzlarning to‘la xaritasi mavjud bo‘lgan Berlin observatoriyasi xodimlaridan izlanayotgan planetaning taxminiy o‘rnini aytib, uni xaritadan qarab Neptunning ichki tuzilishi hozirgacha shunday tasavvur qilishdi.1846-yil 23-sentabrda bu observatoriyaning astronomi Galle planetani Leverye aytgan joydan atigi bir gradus naridan topdi. Topilgan planeta dengiz va okeanlar xudosi Neptun nomi bilan ataldi. Neptun Urandan birozgina katta bo‘lib, uning diametri 49 ming 244 kilometrdir. Zichligi har kub santimetrida 1,6 gramm. Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 30,1 astronomik birlik. Massasi Yernikidan 17,25 marta katta. Planetaning Quyosh atrofi da aylanish davri 164 yil-u 280 kun. Neptun o‘z o‘qi atrofida 15,57 soatda bir marta aylanib chiqadi. «Voyajer»lar yordamida spektroskopik kuzatishlar Neptunda vodorod va metan borligini ma’lum qildi. Planeta zichligining Yupiter va Saturn zichligidan ortiqligi uning tarkibida og‘irroq elementlar mavjud, degan xulosaga olib keldi 1846-yil astronom Lassel Neptunning katta bir yo‘ldoshini topdi va uni Triton deb atadi (80-rasm). Triton juda massiv bo‘lib, diametri 2707 kilometrcha keladi. Triton Neptundan o‘rtacha 383 ming kilometr masofada, planetaning aylanish yo‘nalishiga teskari orbital harakat bilan aylanadi. Shuningdek, planetaning bu yirik yo‘ldoshi anchayin qalin atmosfera bilan ham qoplangan. 1949-yili Koyper planetaning boshqa bir yo‘ldoshini topdi va unga qadimgi yunonlarning sevgi xudosi Nerey qizi Nereida nomi berildi. Uning diametri atigi 300 kilometr. Planetaning topilgan jami yo‘ldoshlari 10 tadan ortiq.


@koinotvaqti

Report Page