Namanganda ona va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi. Ota kasalxonaga yotqizildi

Namanganda ona va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi. Ota kasalxonaga yotqizildi

🌐OLTIARIQ_TV

•••

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Namangan viloyati Uychi tumani “Do‘stlik” MFYdagi uyda 17-noyabr kuni soat 03:10 larda bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlandi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, voqea joyida oilaning 3 nafar a’zosi (xonadon egasining turmush o‘rtog‘i ona va ikki nafar farzandi) vafot etgan, ota esa tuman shifoxonasiga yotqizilgan.


Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Voqea sabablari o‘rganilganda, gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga rioya qilinmagani aniqlangan. Qo‘lbola yasalgan isitish pechiga propan gaz balloni rezina shlang orqali ulanib uy ichida foydalanilgan, oqibatda esa is gazi hosil bo‘lib, fuqarolar uxlab yotgan vaqtlarida zaharlangan.


Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Avvalroq Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi namunaviy uylarning birida sizib chiqqan gaz to‘planib qolishi oqibatida portlash yuz bergandiQashqadaryoda sakkiz kishi is gazidan zaharlangan va kasalxonaga yotqizilgandi hamda Nukusda er-xotin is gazidan zaharlanib o‘lgani, Jizzaxda is gazidan bir oilada ikki kishi zaharlanib, bir kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Report Page