#MY_SISTER🔞

#MY_SISTER🔞

🐳Sera Cailin🐳

WRITER > #Sera_Cailin


                       `` #MY_SISTER🔞 ``


                                #FINAL


- Soyon... - Sunhi eshikdan pishillab, ko'zlaridagi yosh bilan o'zi tomon kelayotgan singlisini ko'rib havotirlanib qizga yaqin kela boshladi. Soyon kelib, tarsaki tushirganidan, Sunhi yuzini bir tarafga burib hayron qoldi. Sekin singlisiga savol nazari bilan qarar ekan Soyon uni yelkasidan itardi.


- Nega bunday qilding? Nega menga aytmagansan?


- Nimalar deyabsan?


- Nega 4 yil oldim aytmading... - Soyonning gapidan Sunhi unga qat'iy qarab, sekin jilmaydi.


- Demak bilibsanda. Ho'sh u senga nima dedi? Menga opang sevaman, o'laman deb yopishdi dedimi? Yoki o'zini hatosini aytdimi?


- Nima? Kim?


- Taehyung! U senga barini aytdimi? A?


- U MENGA BARINI AYTMADI! SENI OYING BILAN GAPLASHAYOTGANIDA ESHITDIM!


- Meni oyim?


- Ha seni oying! Balki buni ham bilmassan? Sen meni erim, seni sobiq sevgilingni singlisisan. Ha, sen KIM TAEHYUNGNI SINGLISISAN!


- Nimalar deyabsan? Bularni qayerdan bilasan?


- Bilardim. Hammasini. Meni ko'r deb o'ylaganmisan? U bilan oila qurayotganimda, barini sezganman. 4 yil deganda qaytib kelganingda, unga qarashlaring, seni unga bo'lgan munosabati, yashirincha gaplaringgiz. U qizimni ismini Sunhi qo'yishimga qarshilik qilmagani. Sujundan ko'ra Sunhi qizimizni ko"proq yaxshi ko'rishi va ko'proq e'tibor berishi. Barini bilardim. Lekin, bularni taxmin qilardim... Yolg'on der edim. Ammo bugungi eshitgan gaplarim orqali barchasiga oydinlik kiritib oldim! Ming lan'at bo'lsin bariga.


Soyon yerga tizzalab o'tirib yig'larkan, Sunhi eshitganlarini hazm qila olmay, karaxt ahvolda turardi. Tik oyoqda turar ekan, yuzlari bo'ylab, marjon kabi yoshlari oqar edi...


- Nega u seni sevadi..? Nega aynan seni sevib qoldi? Hayf sendek opaga. Erimni tortib olding! Sendan nafratlanaman! Jin ursin barini*


- Men uni singlisi emasman...


- Yo'q, aynan uni singlisisan. Meni opam emmasan. O'gay ekansan...


- Nega aynan u? Menga haqiqatni ayt!..

× × ×


- Mashina sohilga yaqin ko'prik yaqinida to'xtab ichidan yigit tushdi. Ko'prik yonida unga suyanib turgan qizni ko'rib, yurak bag'ri ezildi. Ichida ming titroq bosib, qizni oldiga keldi. Sunhi bir nuqtaga tikilib turar ekan, Taehyung unga tikilardi.


- Nega hayot bunday beshavqat?


- Bilmadim...


- Bizni shunday narsa bilan ham sinaydimi?


- Demak, bilibsanda... Buni qayerdan bilding?


- Qayerdan bilganimni nima ahamiyati bor? Muhimi bildim-ku. Agar bilmaganimda axmoqqa o'xshab seni sevaverardim. Lekin... lekin bildim-ku nega yana sevyabman? Axmoqona gaplarimni qara. - Sunhi o'zini gapiga o'zi kulib, yuzini burishtirdi. Taehyung qizargan ko'zlari bilan atrofga olazarak qarab, og'ir yutundi.


- Nega aynan sen singlim? Ishongim kelmaydi.


- Ammo buni boshqa gaplar asoslaydi. Seni oying.. oyimiz bilan gaplashganingni Soyon eshitibdi. U kelib menga tarsaki tushurdi. Baridan hisob so'radi. Oldindan bilgan ekan. Ikkinggizni suhbatinggiz orqali oydinlik kiritibdi. Senga maslahatim meni emas, singlimni sev. U endi seni rafiqang. Bari uchun undan uzur so'ra.


- U seni singling emas. Ammo singlim deyabsan. Oying bo'lmagan insonni oyi deyabsan...


- Dunyoga keltirgan emas, katta qilgan ota-ona hisoblanadi. Sen singlim deb qo'limdan tutmagansan. U opam deya men bilan yakkama-yakka turgan. Quvonchimda oldimda bo'lgan. Eplay olmayman deganimda u menga ishongan. U meni haqiqiy singlim...


- Nega aynan bunday bo'ldi? Hayotimiz bunday bo'lmasligi kerak edi. Baxtli yashashga hammaning ham haqqi bor-ku...!


- To'g'ri... Hozir baxtli bo'lmasangda, kelajakda shunday bo'lasan. Va bunga qadam tashla. Nimagadir erishish uchun nimadandir vos kechish kerak deyishgan.


- Ho'sh nima qilay? Senga erishish uchun nimadan vos kechay oilamdanmi? - yigit qizga ko'z yoshi bilan o'tkir nigohini tikarkan, qiz kipriklarini piripiratgancha chiqay deb turgan ko'z yoshlarini qaytarishga urindi.


- Yo'q... Baxtga erishish uchun mendan vos kech!


- Bu nima deganing?


- Bari tugasin deganim... Sen bilan faqat aka-singil bo'lib qolamiz. Buni oilamizga aytamiz. Ammo sevishganlar bo'lganimizni emas.


- Ishonching komilmi?


- Ha... Sen endi menga faqat "aka*" san. - Sunhi Taehyungni chetlab o'tib, yuzlari bo'ylab quyilayotgan ko'z yoshlarini artgancha, mashinasiga o'tirdi. Mashinada kerakli bo'lgan insonga qo'ng'iroq qilib, mashinasini haydab ketdi... Uni ortidan Taehyung qizargan ko'zlari bilan qarab, yerga tizzalab yig'ladi...

× × ×


- Jungkook... Men ortiq chiday olmayman! Qanday ahvolda ekanligimni tushunyabsanmi?


- Ha... Ammo bari yaxshilikka. Seni hozir qanday ahvoldaligingni tushunyabman..senga bu og'ir zarba bo'ldi.


- Men bunga loyiq qanday gunoh qilgandim?


- Tsss... Sunhi, menga qara. Ko'zlarimga qara. - Jungkook qizga yaqinroq o'tirib, yuzini o'ziga qaratdi ko'zlariga tiq qarab, sekin jilmaydi. - Bu taqdir. Peshonangga yozilganini o'zgartira olmaysan. Seni sabr qilishdan, chidashdan boshqa chorang yo'q. To'g'ri akang ekanligini bilmay turib, sevding. Bu o'tta og'ir. Ammo sen sabr qil. Baxtli bo'lasan.


- Tana og'rigaga qaraganda, qalb og'rig'i og'irroq.


- To'g'ri... Yaxshi kel, men bilan Amerikaga ketasanmi? Boshidan hayot boshlaymiz sen va men.. - Sunhi Jungkookka ishib ketgan ko'zlari bilan qarab, sekin bosh silkidi...

× × ×


4 yildan so'ng. SEOUL.


  Mashinadan ayol, o'ziga yarashgan libosda tushib, mashinadan 3 yosharli qizini tushurdi. Mashinaning boshqa tomonidan erkak tushib, ayolini qo'lidagi qizchasini olib, Sunhiga jilmayib qaradi. Sunhi ham Jungkookka jilmayib qarab, uni qo'lidan tutgancha ichkariga kirdi. Ichkaridan shohona libosda, mehmonlarni kutayotgan Soyon eshikdan kirib kelgan opasi deysizmi yoki qayniopasi kim bo'lsa ham uning yarmiga aylangan insonni ko'rib, yuziga tabassum yugurdi. Ular tomon tezda borib, Sunhini qattiq quchib oldi.


- Opa, nihoyat Amerikadan kelibsanda. Nega aytmading?


- Senga syurpriz qilay dedim. Tug'ulgan kuning bilan. Kecha keldim.


- Raxmat... Sen kelganingdan qanchalik baxtli ekanligimni bilmaysan. Ho'sh, meni malikam Inju qani. Buncha chiroyli bo'lib ketdi bu. - Soyon Jungkookni qo'lidagi Injuni qo'liga olib, erkalata boshladi. Sunhi ikkisiga jilmayib qarab turar ekan, Soyonning ortidan u bir necha yillardan beri ko'rmagan akasimi yoki sobiq sevgilisi... Kim bo'lsa ham unga ilgari eng qadrli bo'lgan insoni Kim Taehyung ko'rindi. Sunhi Taehyungga tikilib, so'ng jilmaydi. Taehyung ham qizga sekin jilmayib, qadohdagi idishni ko'rsatdi.


- Hush kelibsan Im... Jeon Sunhi.


- Hushvaqt bo'ling Kim Taehyung. Yoki aka deymi?


- O'zingga qulay. Ho'sh qani meni jonajon jiyanim. Injuu jinju - Taehyung qadahni stol ustiga qo'yib, Injuga to'rtburchaksimon bo'lgan jilmayishini hadiya etib, burunchasidan chimchib qo'ydi.


- Ichkariga marhamat qiling... - Sunhi ichkariroqqa kirib, oilasi bilan ko'rishdi..


Pov-Sunhi..


 Mana shu baxt bo'lsa kerak... Agar o'shanda Jungkook bilan ketmaganimda nima qilardim hayronman. Jungkook menga haqiqiy baxtni berdi. Taehyung ilk muhabbatim.. Uni unutish qiyin, ammo oldingidek his tuyg'u yo"q unga nisbatan. Faqat akam deya qabul qilaman. Singlim bilan oralarimiz ancha yaxshi. Mening yana bir baxtim bu mening qizim Inju. Men oilamni toptim va juda baxtliman. Bilasizmi, hayotda sizga eng ko'p yordam beradigan narsa bu sabr. Sabr qiling va barcha narsaga erishing. Sabr bilan...


#THE_END

Report Page