Muxolifat

Muxolifat

A s P E C T

Muxolifat(arabcha — teskarilashish, kelishmovchilik) — rasmiy hukumat, uning siyosati bilan kelishmay boshqacha siyosiy yoʻl tutib, faoliyat yuritish. Muxolifatning mavjudligi fuqarolik jamiyatining siyosiy madaniyatini belgilab beruvchi muhim xususiyat hisoblanadi. Muxolifat boʻlishning asosiy talablari quyidagilardir: hokimiyatni boshqarish, tashkil etish boʻyicha oʻz dasturiga, oʻz “komanda”siga, oʻz faoliyatining gʻoyaviy, mafkuraviy asosiga ega boʻlish; amaldagi huquqiy normalar asosida faoliyat olib borish; oʻz dasturini mafkuraviy yoʻllar bilan keng jamoatchilikka yetkazish; oʻz elektorati (saylovchilar doirasi)ga ega boʻlish, ular manfaatini koʻzlab qonun doirasida kurashish; hal qilinishi kerak boʻlgan vazifalarni yechish uchun alternativ (muqobil) yoʻllarni taklif etib, uning toʻgʻriligini amalda isbotlashga harakat qilish.

Muxolifatning boʻlishi, uning amaldagi qonun va tartibotlar doirasida faoliyat yuritishi jamiyat rivojiga katta hissa qoʻshadi. Muxolifat oʻzining gʻoyalari, takliflari, dasturlari bilan rasmiy hukumat koʻrmagan tomonlarga ishora qilib turadi. Buning natijasida rasmiy hukumat yaxshiroq ishlashga, doimo izlanib, oldinga intilishga harakat qiladi.

Report Page