Muhabbat

Muhabbat

@XiyonaT

Muhabbat haqida 2 og'iz gap

Bugungi kunda ancha dolzarb

bo’lib borayotgan sevgi

muhabbat mavzusi haqida

yozishga qaror qildim. Albatta

har bir inson hayotida sevadi va

seviladi: bir marta, ikki marta,

uch marta yoki 5-6 marta

bo’lishi ham mumkin. Lekin

albatta bo’ladi. Ba’zi birlar esa

yurak hovuchlab sevganiga

sevgi izhor qila olmaydi va bir

umr afsuslanib o’tishadi.

@XiyonaT

“Ex,

nega ushanda men unga

aytmadim? Aytganimda balki

hozir hayotim boshqacha

bo’larmidi?” degan savollar

keyin juda ko’plab berilishi

mumkin. Agar siz yigit kishi

bo’lsangizu qizingizga yurak

betlab unga sevishingizni ayta

olmasangiz demak siz yigit

emassiz. Nima qiz bolani o’zi

oldingizga kelib “Voy, paloncha

aka men sizn sevaman” deyishi

kerakmi? Bu umuman mantiqqa

to’g’ri kelmaydiku! Buni o’zingiz

ham juda yaxshi bilasiz. Xo’p

sevgi izhor qildingiz, nima u

sizni yeb qo’yarmidi? yoki otib

tashlaydimi? Ha endi bir

shapaloq o’g’il bolani

o’ldirmaydi. Agar siz ana shu

shapaloqdan yoki qizingizni

sizdan hafa bo’lishidan

qo’rqsangiz maslahatim

qo’rqishga hojat yo’q. Nima u

sizni bitta “sevaman” degan

gapingiz uchun bo’yningizga

osilib olsinmi? Avvalo qiz bolani

ko’nglini ola bilishingiz kerak

bo’ladi. Bu qanday qilinadi

deysizmi? Ha to’g’ri bu biroz

mushkul ish. Qiz bolani ko’ngli

bu butun bir dunyo degani. Uni

rom etishni o’zi bo’lmaydi. Lekin

yelkangizni teppasidagi “kalla”ni

ishlatsa hamma narsani ilojisi

bor. Yigit kishi sevib qolsa

beozor “mushukcha”dek bo’lib

qoladi. Ha ishonavering o’z

tajribamdan bilaman. Ilgari

hammaga so’kinib, mahallada

bitta ham ishkal u siz

o’tmaydigan bola, agar

haqiqatdan ham sevib qolsa

pashshani ham o’ldirgisi kelmay

qoladi. Butun fikri hayoli usha

qizda bo’ladi. Agar u qiz yonida

yo’q bo’lsa O’zbekiston terma

jamoasi Braziliyani yutgan

taqdirida ham parvoyiga

kelmaydi. U qizni ko’rganida esa

qalblari quvonchga to’lib ketadi

va yuragi tez-tez ura boshlaydi.

Necha ming-ming ishkallarda

“miq” etmagan bu yurak usha

qizni ko’rganida “pitirchilab”

qoladi. Bu borada qizlarga qoyil

qolish kerak! Ular sevib qolishsa

uncha bildirishmaydi. O’zini

odatdagidek tutadi. Lekin ich-

ichidan.....

Hullas qiz bolaga har doim

komplement qilish kerak. Ya’ni

hushomat degani. Masalan:

“Bugun juda chiroyli bo’lib

ketibsizmi?” odatda bu

komplementning javobi “Nima

oldin xunukmidim?” deb

qaytariladi. “sochingizni

yozganingizda juda chiroyli

bo’lib ketasizda!”, “Siz nimaga

bunaqa chiroylisiz-a?”,

“Kiyimingiz sizga yarashibdi!”

va hokazolar. Bu narsalarni qiz

bola rad etishi mumkin lekin

ichida juda quvonadi. Ehtiyot

bo’ling juda oshirib ham

yubormang! Aks holda qiz

shilqimlik qilayabdi deb

o’ylaydi. Keyin albatta jismoniy

holatingizga e’tibor qarating.

Qizlar kamdan kam hollardagina

“suslik” bollani sevib qolishadi,

deyarli sevib qolishmaydi. Biror

bir sport turiga qatnashing,

badan tarbiya, ertalab yugurish

kabi narsalarni kanda qilmang.

Umuman bu narsalarni faqat

sevib qolganda emas har doim

bajarish kerak. Qizlar o’z sevgan

yorini hammadan kuchli

bo’lishini hohlashadi. U nafaqat

o’zini balki sevgan yorini ham

himoya qilishi kerak bo’ladi.

Albatta “omadsizlar” kimga ham

yoqardi. Shuning uchun doimo

“omadli” bo’ling. Keyin qizlar

syurprizlarni juda yoqtirishadi.

Ularga har onda surpriz qilib

turishingiz kerak. Surpriz

deganda masalan: o’z qo’lingiz

bilan tayyorlangan biror buyum.

Masalan men oddiy g’ishtdan

yurakcha yasaganmanda uni

kraska orqali qizil ranga bo’yab

qizimga bergandim unga juda

yoqqandi. Qizlar o’z qo’lingiz

bilan tayyorlangan narsalarni

juda qadrlashadi. Shu sabab iloji

boricha surprizlarni o’zingiz

tayyorlashingizni maslahat

bergan bo’lardim. Keyin qiz bola

bilan suhbatlashayotganingizda

e’tiborliroq bo’ling. Do’stlaringiz

bilan gaplashganda ishlatadigan

jargon so’zlarni (ko’cha

so’zlarini) ishlatmasdan

so’zlashing. Uni gapini ham

tinglang. Faqat o’zingiz

gapirsangiz, qiz bola esa jim

o’tirsa bu uncha yaxshi emas. U

sizni tinglashni bilmas ekan

degan hayolga boradi. Ko’proq

qizingizni gapirishiga imkon

yarating. Hatto u juda kam gap

qiz bo’lsa ham. Har gap orasida

komplement ham qilib qo’ying.

O’zingizni “murakkab” qilib

ko’rsating. Ya’ni bu degani sirli

bo’lishga harakat qiling. Qizlar

keyin sizga albatta qiziqib

qolishadi. Va keyin yana bir jihat

hech kimga o’xshashga harakat

qilmang. Ya’ni hech kimga taqlid

qilmang. O’zingizni shaxsiy

stilingizni yarating. Agar

kimgadir o’xshashga harakat

qilsangiz qiz bola sizni “Eyyyy”

deb oddiy bolalar qatoriga

qo’shib qo’yadi. Keyin qizingizni

ketidan iloji boricha kamroq

yuring bo’lmasa u taltayib ketadi

va u sizni pisand qilmay qoladi.

Bu esa eng yomonidir. Siz

qizingizni nimani yaxshi

ko’rishini va nimani yomon

ko’rishini bilib oling. Bu qiz

boladn xursand qiladi. Sababi qiz

bola: “u menga qiziqayapti! Balki

rostdan ham sevar, balki unga

imkon berishim kerakdir” degan

hayollarni boshidan o’tqazadi. Bu

esa siz uchun ayni muddao.

Hozircha qiz bolaga yoqishni eng

muhimlari mana shulardan

iborat. Men keyingi

maslahatimda “Birinchi

uchrashuv”ga chiqqanda

nimalarga ahamiyat berish

haqida yozaman. Xozircha esa

hayr! XiyonaT kanalimizga kirib turing.

Xolmuminov MKS tayyorladi!


☑️ Telegram.me/XiyonaT 🔚 👈Bosing


👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆👆

Report Page