Muhabbat.

Muhabbat.


Oyimning faqat bir ko'zi ko'rardi. Bundan uyalganim uchun uni yomon ko'rardim.. Oyim eski bozor yaqinidagi kichik do‘konni boshqarardi. U pul kerak bo‘lgani uchun mayda o‘t-o‘lanlarni yig‘ib, sotardi. Bu ishidan juda xijolat chekardim. Bu voqea boshlang‘ich maktabda o‘qiyotganimda sodir bo‘ldi..

O‘sha kuni maktabimizda o‘yin borligi uchun oyim kelganini hanuzgacha eslayman. Shunchalik uyaldimki, undan nafratlanib ketdim!

   Men unga nafrat to‘la nigoh bilan boqdim-da, qochib ketdim. Ertasi kuni maktabda bolalar: "Oyingni bir ko‘zi ko‘rmas ekan-ku?!" deya meni mazax qilishdi.

   O‘sha paytda oyimning bu dunyodan yo‘qolib ketishini ich-ichimdan tilagandim va oyimga qarab:

- Oyi, nega faqat bitta ko‘zingiz ko‘radi? Meni kulgugiga qoldiryapsiz! Nega tezroq o‘lib ketmaysiz?! - dedim. Javob bo‘lmadi. O‘shanda ichimdagi gaplarni aytganim uchun o‘zimdan mamnun edim. Ehtimol, buning uchun oyim meni jazolamagandir, lekin uni qalban jarohatlaganimni sezmagandim.

O‘sha tunda...to‘satdan uyg‘onib ketdim, o‘rnimdan turib, oshxonaga suv ichgani kirdim. Meni uyg‘otib yubormaslik uchun oyim oshxonada unsiz yig‘layotganini ko‘rdim. Shartta orqamga o‘girildim, qilgan ishim tufayli yuragim ezilib ketdi. Shunday bo‘lsa ham, unga bo‘lgan nafrat so‘nmagan edi. Shu payt o‘zimga kelajakda mashhur odam bo‘laman deb so‘z berdim chunki o‘z onamdan va kambag‘alligimizdan nafratlanardim.

Boshqa shaharga o‘qish uchun o‘z uyimdan chiqib ketdim, nufuzli universitetlardan biriga qabul qilindim. Keyinchalik, oila qurib, bolali bo‘ldim va uy ham sotib oldim. Hozirda omadli va baxtli insonlardan biriman, deb aytolaman. Hozirda yashayotgan shaharimni yaxshi ko‘raman, chunki bu yerda onamni eslatadigan hechnima yo‘q.

Bir kuni oldimga kutilmagan mehmon keldi. U hanuz bir ko‘zi ko‘r onam ekan. Kichkina qizim yugurib keldi-da, onamning ko‘rligini aytdi. Unga qaraganimda unyo ko‘zimga tordek ko‘rinib ketdi. 

- Kimsiz? Men sizni tanimayman! Kelishga qanday jur’at etdingiz? Nega qizimni qo‘rqitdingiz?! Hoziroq chiqib keting, yo‘qoling! -deya baqira ketdim. Onam sekingina "Kechirasiz, adashib boshqa uyga kelib qolibman” deb, qayta-qayta uzr so‘rab chiqib ketdi. Xayriyatki, u meni tanimadi, shekilli. Endi kelmasligi aniq, qolgan hayotimda tinch yashayman.

Bir kuni maktab yig‘ilishi uchun xat oldim, xotinimga esa biznes uchun bir joyga borib kelishim kerak, deb yolg‘on gapirdim. Yig‘ilishdan so‘ng, eski uyimizga bordim. Uyimiz ancha eskiribdi, tinch va g‘alati edi. Ichkariga kirganimda, onam yer ustida yotardi, lekin uni ko‘rib ko‘zimdan bir tomchi yosh ham chiqmadi. Yoniga borganimda qo‘lida bir parcha qog‘oz borligini bildim, bu menga atalgan xat edi:

" O‘g‘lim, o‘ylaymanki, men uzoq yashadim. Xavotir olma, endi uyingga borib, seni bezovta qilmayman...sendan faqat birgina o‘tinchim bor, tirikligimda bir marta bo‘lsa ham uyga kelishingni xohlardim. Seni juda ham sog‘indim. Yig‘ilishga kelayotganingni eshitib juda quvondim. Ammo, maktabingga bormaslikka qaror qildim...sen uchun..bir ko‘zim ko‘r bo‘lgani uchun meni kechir, sen uchun hijolatdaman.

Bilasanmi, kichkinaligingda baxtsiz hodisa tufayli ko‘zingdan ayrilding. Bolam bo‘lganim uchun seni ko‘r bo‘lib o‘sishingni ko‘rish men uchun juda og‘ir edi. Shuning uchun ko‘z nurimni senga berdim. Mening ko‘zim bilan yangi hayotni ko‘rganing uchun sendan faxrlanaman. Qilgan ishlaringdan aslo xafa emasman. Ikki marta mendan jahling chiqdi, meni yaxshi ko‘rgani uchun shunday qilyapti deya ovunardim. Bolalik paytlaringni juda-juda sog‘inaman. Seni jondan ortiq yaxshi ko‘raman. Sen mening dunyoyimsan, o‘g‘lim."

Badanim titrab ketdi. Nahotki, men uchun yashaydigan odamdan butun umr nafratlanib keldim. O‘zimni qanday oqlashni ham bilmayman...


Xulosa: Birovning nuqsoni bo‘lgani uchun uni qoralamang. Ota-onangizga hechqachon hurmatsizlik qilmang. Hechqachon ulardan voz kechmang. Ularni hechqachon baholamang. Ular sizga hayot beradi, o‘ziga qaraganda yaxshiroq yashashingiz uchun o‘zini fido qiladi. Yoshlik qilib, qilgan xatolaringizni kechirishadi. Ular tirikligida hurmat qiling, seving va qadrlang.

Muhayyo Kurambaeva tarjima qildi.

Report Page