#motiv

#motiv

Elyorbek Abduganiyev


Imtihonlarda sizga yordam beruvchi maslahatlar. Imtihon oldidan stressni yengish va test bajarish koʻnikmalari.Elyorbek Abduganiyev Jizzax viloyati Arnasoy tumani 8-maktab 10-sinf personal story blog.


I qism

Test bajarish uchun motivatsion tavsiya

1. BILIMINGIZGA ISHONING. Bu birinchi qoida! Test imtihoniga kirishishdan avval imtihon kuniga qadar olgan bilimingizga ishoning. Agar abituriyent o’ziga, bilimiga ishonsa, u o’z oldiga qo’ygan har qanday vazifani uddalay olishiga ishoning. Sizda bilim bo’lsa-yu, o’zingizga ishonmasangiz, tahminlar va qo’rquvlar og’ushida test bajarishga kirishsangiz, ortiqcha hayajon ta’sirida javobi oddiy bo’lgan savollarni ham ijobiy hal qila olmay qolishingiz mumkin. O’zingizga ishoning va Siz hammasini uddalaysiz!

2. BARCHA SAVOLLARNI KO’ZGAN KECHIRIB CHIQING. Bajarishni boshlashdan avval savollar kitobidagi barcha savollarga tezlik bilan ko’z yugurtirib chiqing. Bunday qilish orqali Siz uchun oson bo’lgan savollarni topish va qiyinroq bo’lgan savollarni aniqlab olishingiz mumkin bo’ladi. Oson bajariladigan savollarni birinchi o’rinda hal qiling. Javobini topish qiyin bo’lgan, ko’p o’ylashni talab qiladigan savollar ustida keyinroq bosh qotirasiz. Har doim eng oson savollarni birinchi bajaring!

3. QOLGAN NARSA QOLIB KETMASIN. Yuqoridagi tavsiyaga amal qilib bajarilishi qiyin bo’lgan savollarni tashlab ketilgan holida unutib qoldirmang! Oson savollarni bajarib bo’lganingizdan so’ng albatta qoldirib ketilgan, Siz uchun qiyin bo’lgan savollarga qaytib, ular ustida bosh qotiring.

4. VARIANTLARGA QARAMASDAN, O’ZINGIZ FIKRLANG. Savolni o’qiganingizdan so’ng variantlarga qarashga shoshilmang. Variantlar berilmagan, deb hisoblab, savolga o’zingiz mustaqil ravishda, o’z fikringizga tayangan holda javob berishga urinib ko’ring. Javob topganingizdan so’ng variantlarga qarashingiz mumkin! Agar Siz o’ylagan javobning aynan o’zi variantlar orasida bo’lmasa ham, unga eng yaqin bo’lgan javob bo’lishi mumkin. Bu usuldan foydalangan holda to’g’ri javobni tez topish imkoniga ega bo’lasiz.

6. MUTLAQ JAVOBLARNI TANLASHDA EHTIYOT BO’LING. Absolyut javoblarga "Yuqoridagilarning hech qaysi emas”, "Yuqoridagilarning barchasi”, yoki "Barcha javoblar to’g’ri” kabi variantlar kirishi mumkin. Bu turdagi javoblar deyarli har doim noto’g’ri variant bo’ladi va agar rostdan ham yuqorida keltirilgan javob variantlarining kamida ikkitasi to’g’ri ekanligiga to’liq ishonch hosil qilmasangiz, bunday javoblarni to’g’ri javob sifatida belgilamang!

7. OQIM BO’YLAB SUZING. Javobni qo’yishingiz kerak bo’lgan _________ bo’sh joydan oldingi so’z yoki iboraga e’tibor bering. Javob variantlaridagi qaysi javob Sizga to’g’ridek tuyulayapti? Agar bo’sh joydan avvalgi so’z yoki ibora bilan Siz tanlagan javob variantidagi so’z mutanosib bo’lsa, ma’no jihatidan to’g’ridek bo’lib tuyulsa, demak bu testning to’g’ri varianti ham aynan shu ekanligining ehtimoli yuqori.

8. TAVAKKALDA HAR DOIM B YOKI C JAVOBNI TANLANG. Test tuzuvchilar ko’pincha to’g’ri javobni variantlarning o’rta qismida joylashtirishadi. Shuning uchun birinchi javob bo’lgan A variant, yoki oxirigi javob bo’lgan D variantda ko’pincha xato javoblar keltiriladi. Savolning aniq javobini bilmasangiz, tahmin sifatida har doim B yoki C javoblardan tahminingizga eng yaqin bo’lgan javobni belgilang.

Yuqoridagilar ko’p tanlov variantlariga asoslangan testlarni yechish bo’yicha oddiygina tavsiya, xolos. Aslida testni to’liq to’g’ri bajarish uchun Sizdan ko’proq o’qish, bilim olish va izlanish talab etiladi. Chunki yaxshi tayyorgarlikdan o’tgan, bilimli kishining mehnatini har qancha qiyin testlar bilan ham bekor qilish mumkin emas. O’qing va albatta testlarni to’g’ri bajaradigan bo’lasiz! Faqat o’z bilimingizga ishoning! 


II qism

Nima uchun imtihon arafasida stressga tushamiz? Uni qanday yengish mumkin?

Stress nima?

Stress inglizcha so’z bo'lib , tashqi muhitning noqulay ta’sirlari natijasida organizmda hosil bo'ladigan javob reaksiyalari yig'indisi hisoblanadi. Uning ikki turi farqlanadi: ijobiy – eustress va salbiy – distress. Ijobiy stressni o'zini ham ikki xil tushunish mumkin: ijobiy voqea-hodisalar natijasida paydo bo'ladigan yoki u darajada kuchli bo'lmagan; organizmning turg'unligiga ta'sir ko'rsata olmaydigan stress. Salbiy stress esa organizmning immun tizimiga putur yetkazib, turli infeksion kasalliklarga moyillikni oshiradi. Buning natijasida og'ir xastaliklarga chalinish mumkin. Umuman olganda, stressni yuzaga keltiruvchi omillar juda ko'p. Bugungi urbanizatsiyalashgan zamonda aksariyat aholi megapolisda hayot kechiradi. Qay tomonga qaramang, stressga sabab bo'luvchi voqea-hodisalar: kuchli shovqin, odamlar to'dasi, tirbandliklar... Bularning bari asab tizimiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Lekin shu bilan bir qatorda, yuqorida aytib o'tilganidek, eustressning o'ziga xos foydali tomonlari mavjud:

1.Agar yaxshi xabar ta'sirida stressga tushsangiz, organizmning kurashuvchanlik xossasi ortadi.

2. Ijobiy stress vaqtida miyamiz odatdagiga nisbatan yaxshiroq ishlaydi, chunki nerv hujayralari orasidagi aloqa mustahkamlanadi.

3. Stress – bizning ruhiy holatimiz uchun o'ziga xos mashg'ulot hisoblanadi.

4. Stress bizga motivatsiya beradi.


III qism

Imtihon arafasidagi stressning bosh sabablari va omillari.

Har bir kishi o'z hayotida eng kamida bir marta jiddiy imtihon topshiradi va imtihon yaqinlashgan sari o'zida paydo bo'layotgan noodatiy hislarni sezadi. Bu albatta tabiiy holatdir. Agar bu jarayonni faqat o'zingizni individual xususiyatlaringiz bilan bog'liq deb o'ylasangiz, yanglishasiz. Imtihondan oldingi stressning yuzaga kelish sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Quyida shulardan ba'zilarini keltirib o'tamiz.

 1.Eng asosiy sabab – imtihonga jiddiy yondashmay, yuzaki tayyorlangan bo'lsangiz, uning mohiyatini bor bo'yicha tushunganingizdan keyin stressga tushishingiz tabiiy hol.

2. Bu holat ayniqsa maktablarda , o'qituvchilarning uslubiy xatosi tufayli sodir bo'ladi: o'quvchiga yordam va motivatsiya berish o'rniga unga tazyiq o'tkazish – albatta salbiy stressni yuzaga chiqaradi.

3. Yaxshi dam olmaslik. Ko'pchilik shu omil tufayli aziyat chekadi. Yaxshi xordiq chiqarmaslik oqibatida kishi o'z fikrini jamlab olishi qiyin bo'ladi va hayajonlanib, stressga tushadi.

4. Eng oddiy sabab – tajribasizlik. Umrida birinchi marta jiddiy imtihonga kirayotgan inson kuchli hayajonga berilishi tabiiy hol.


VI qism

Imtihon oldidan stressni yengish uchun maslahatlar va unga ruhan tayyorlanishi sirlari.

Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi. Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir.

1.Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi.

2. Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirish tavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esihingizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi.

3. Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir.

4. Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan.

5. Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya.

6. Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring: Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz; Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi.• Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning.

O'ylaymizki, yuqoridagi maslahatlar 100 % tayyorgarlik va o'zingizga ishonch bilan imtihonlardan o'tishingizga , oz bo'lsa-da, foyda beradi. Eng muhimi o'zingizga ishoning va maqsadga erishish yo'lida hech qachon ortga qaytmang!

Barchaga omad.!

_______________________________________

Maqolaning ayrim qismlari Cambridge Assessment international Education web saytidan olindi va Elyorbek Abduganiyev tomonidan tarjima qilindi hamda qayta to'ldirildi. _______________________________________

Author: Elyorbek Abduganiyev Jizzax viloyati Arnasoy tumani 8-maktab 10-sinf o'quvchisi. 20.07.2020

Bundanda qiziqarli maqolalar, hayotiy motivatsion iqtiboslar hamda har qanday holatda sizga yordam beruvchi motivatsiyalar Elyorbek Abduganiyevning birinchi MOTIVATSION telegram kanalida.


Elyorbek Abduganiyev ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring.

Facebook | instagram | Twitter | Medium

LinkedIn | Telegram kanalimiz


Report Page