Monopoliya

Monopoliya

Shoxrux

Monopoliya atamasining oʻzbekcha tadbili yakka hukmronlik,hokimlik,degan ma'noni anglatadi. Bundan iqtisodiy-ijtimoiy hayotni bir qismidagi xizmat koʻrsatishning yakka hukmronlar tomonidan boshqarilishini tushunish mumkin. Misol uchun Sotiboldi qishloqda supermarket ochdi va aholi 100 km uzoqdagi bozordan emas,sifati past va qimmat maxsulotlarni shu yerdan olishga majbur boʻlyapti. Olibsotdi esa oʻz mahallasida doʻkon ochib,insof bilan sotishni boshladi,natijada odamlar undan ola boshlashdi. Buni eshitgan Sotiboldi sifat va narxda oʻzgarish qilish, reklama(ijobiy marketing)ni oʻrniga Olibsotdini bekorga arzon narxlarda sotmayotganini isbotlashga,unga maxsulot yetkazuvchilarni aynitishga va doʻkonni tahdid bilan cheklashga oʻrindi,monopoliya ham shu koʻrinishda bozor iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yemirib,raqiblarni yanchib tashlashga ega kuch hosil qilgan. Agarda Sotiboldi sof raqobat bn Olibsotdini sindirganda(raqobatda oson sindirilmaydi,sabab-har taraf qandaydir afzalliklar bilan tanlovchilarni qoʻlga kiritadi) boshqa raqobatchilar ham omadini sinash uchun faydo boʻlar edi,yakka hokimlik esa bunga yoʻl bermaydi.

Monopoliya oʻz statistikasi bilan iqtisodni oʻstirishi mumkin,biroq rivojlantira olmaydi,raqobatgina rivojlanishning eng samarali yoʻli boʻla oladi. Shu sababdan Oʻzbekistonga investorlar va investitsiyalar jalb qilinmoqda,ular xalqaro tajribadagi mahoratni,boshqacha nomlaganda oʻyinga katta dovni tika olishadi, bunda monopolistlarning halqasi qisqaradi,xususiy biznes doiralar shakllanadi va bozor uchun kurashda raqobat asosiy mezonga aylanadi. Yaqinda tasdiq topgan qarorga koʻra,yurtimizdagi bir qancha aeroportlar xususiylashtiriladi, bu aviakompaniyalarning yurtimizga qiziqish bildirishiga, narxga yarasha xizmat koʻrsatilishi,jahonni boshqa markazlari bn aloqalarni zanjirini mustahkamlanishiga zamin yaratadi,bu birgina avia sohasida davlatni monopolistikadan chiqishining samarasi,boshqa tarmoqlarda ham davlat omilidan voz kechish kerak va kechilmoqda ham. Davlat monopiliyasini qanday oqibatlarga olib kelishi oldindan ma'lum, unda korrupsiyadan tortib chirkin illatlarni barchasi ham ildiz yoya oladi. Tushunarli boʻlishi uchun Uzavtomotors ni misol keltiramiz.Uzavto avtomobillarini davlat ishlab chiqaradi,davlat rasmiylashtiradi,sifatdan tortib narxgacha davlat belgilaydi,natija nima boʻldi - narxlar oshdi, xalq norozilik bildira boshladi(aksriyat hollarda monopoliyaga shikoyat bildirilmaydi,chunki "chidasang shu"dan boshqa javob yoʻq),sifatsiz buyurtmalar ham yetkazildi, "shapka"lar faydo boʻlib qoldi,davlatning nazorat tizimi effekt bermay qoldi.

Xususiydan koʻra monopolitetda hujjatlarni rasmiylashtirish va koʻproq mablagʻ yutish mumkin, jazo boʻlsa,qutilish yengilroq. Shu omillarga koʻra Uzavtomotorsni avtomobil bozoridagi yakkahokimligiga barham berilmoqda. Prezident tasdiqlagan qarorga muvofiq akssiz soligʻini import avtomoshinalariga kamaytirilishi oʻz navbatida mashinalarni arzon narxda kirib kelishiga, suvtekin boʻlmasa ham narxiga arziydigan xaridga ega boʻlish va xalqaro avtokompaniyalarni qiziqishiga olib keladi. Shundan soʻng xaridorlar monopollar bilan shartnoma tuzishdan oldin oʻzlariga"Eyyy, toʻxta-chi",deb, tannarxiga otni kallasidek ustama qoʻyilgan va asossiz vajlar bilan isbotlanayotgan kallalardan chetlashishga oʻrinishadi, xaridor oldida muqobil tanlov imkoniyati hosil boʻladi.Yuqoridagilardan anglash mumkinki, monopoliya Yangi Oʻzbekiston uchun yechish lozim boʻlgan eski kiyim, bu yoʻlda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ildam qadamlardan biri,ammo bu qoʻmitaning "yorqin" faoliyati bilan tanish emasmiz,yoki oʻng qoʻling qilgan yaxshilikni chapi bilmasin qabilida ishlashadimi...?

Report Page