Soliham...

Soliham...




Soliham, hayot tashvishlari Kimligizni unutdiirib yubordimi...

Hayotingizga, qalbingizga nazar solishga vaqtingiz yo'qmi...


Sinovlar og'irlik qilib holdan toydirdimi...

Oldinda xech narsa yo'qdek...

Tayinsiz bo'shliq sari intilayotgandek his qilyapsizmi...


Bu borada Yolg'iz emassiz, ishoning. 😊

Har bir inson vaqti vaqti bilan bu hislarni albatta tatib ko'radi, nazarimda.

Faqat kimdir ertaroq, kimdir esa sal kechroq yetib keladi bu sohilga...


Aslida Sinov Mana Shu Azizam!

Inson zoti Dunyoga kelib ko'radigan Sinovlari shu bo'lmasa, boshqa nima bo'lishi mumkin.


Xar kimni sinovi o'ziga og'irlik qiladi, lekin Alloh ko'tara oladigan narsamizni beradi.


Xech bir jonga toqatidan ortiq ish yuklatilmasligini aytgan - ku.


iymonimizga kelgan sinov ham shu - ku aslida.


Sabr qb, mu'minligizga zarar yetkazmay, duoda bo'laszmi yo teskarisimi, degan joydan.


Jonlar bo'g'izlarga tiqilib, hattoki Mo'min bo'lganlar "Allohni yordami qachon kelarkin" deb kutib qolishini,

Munofiqlar esa "Endi hammasi tamom, Alloh bizni tashlab qo'ydi, yordam kelmaydi" deb yuz o'girishi

Alloh esa ularni saralash uchun shunaqa sinovli va og'ir kunlarni berib turishi oyatda kelganku.


✨Alloh oson qilgan ish osondir.


✨Atalganidan ortig'iyam kamiyam yetmaydi.


✨Mo'min uchun ikki yaxshilikdan biri yetadi.


✨Alloh berganini man qilguvchi,

Man qilganini berguvchi yo'q.


Bular Asosiy shiorlarim desamam bo'ladi.

Yengillik yetgandayam, qiyinchilik yetgandayam, ovoz chiqarib shularni o'zimga eslataman va g'amgin bo'lmayman.

Yetgan har ishga sinovligini, o'tkinchiligini bilgan holda, oddiy qarayman ☺



Bugun esa bularni yozishdan maqsadim Alloh sizni «Islom Malikasi» unvoni bilan taqdirlab qo'yganini Eslatish! 👑


☝Unutmang

Ertaklardagi kinoyu multiklardagi malikamasdirmiz, ammo islomda Malika ekanimiz aniq!


Islomda har bir qiz Malika,💎 Har bir ayol Qirolichadir! 👑


Bu shunchaki 💫 Balanparvoz gaplarmas.🕊


Diningizni o'rganib, Qur'on va Hadislarda ayollarni o'rni Islomda qanday ekanini bilsangiz,

O'zingizni tanib, Robbingizga tobe bo'lib, unvonizga munosib bo'lsangiz

Hech kim sizni BEQADR qila olmaydi.


Zero, Alloh aziz qilganni xor qilguvchi, Alloh xor qilganni Aziz qilguvchi yo'q.


Har kim nima uchun yaratilgan bsa o'sha ishni qilmaguncha Baxt tamini his qilmaydi.


Diningizni o'rganing, malikalik maqomiga munosib bo'lishni o'rganing!


Nomunosib joylarga borishni, nomunosib kiyimlar kiyishni, nomunosib davralarda vaqtichog'lik qilishni BAS QILING!


Bir soniya vaqtizga arzimaydiganlarga umringizni sarflamang.


Bir qarashiz hayotini nurga to'ldiradigan, kulgulariz qimmatbaho olmosu lal kabi qadrlanadigan joylar bor, ishoning.


Faqat u joylarga pokiza holda, munosib hulq bilan etib olish kerak xolos...


Agar har bir muslima o'ziga berilgan statusni saqlashni bilganida edi...


Baxtsiz bo'lishga imkoni yo'qligini, Har qanaqasiga Alloh ular tomondaligini va Baxt qilib yaratilganlar baxtsiz bo'lishi mumkinmasligini bilgan bo'lishardi...


Zero Alloh Ayolni Odamga sakiynat, baxt va quvonch keltiruvchi qilib yaratgan.


Endi kim bo'lardim, xatolarim ham gunohlarim ham bisyor...

Deb o'ylamang!


G'ofurur Rohiym Zot Alloh Rahmli va Kechirimlidir. Toki tirik ekanmiz barchamiz uchun TAVBA eshiklari keng OCHIQ.


O'zingizni aldashni BAS QILING. Gunohlarda bardavomlikni BAS QILING. Robbingiz Allohga Qayting!


O'zingizga berilgan Maqomingizga Munosib bo'lish Vaqti keldi.


☝Alloh bergan xaqlariz bilan birga majburiyatlariz ham borligini Unutmang!


Aziz islom Malikalari

Kecha kim bo'lganiz muhimmas,

Bugun kimligiz, Ertaga Robbingiz huzuriga

qay holatda borishiz Juda MUHIM.

Report Page