Seni sevaman Vatan

Seni sevaman Vatan

https://t.me/sirdaryo_yoshlari24

LOYIHA


Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovlarini tashkil etish

NIZOMI


I. UMUMIY QOIDALAR

Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovlari (keyingi o‘rinlarda “Saylov” deb yuritiladi) o‘quv yilining boshi (sentyabr oyi)da o‘tkaziladi. Saylov belgilangan tartibda o‘quvchilarning liderlik qobiliyatini namoyon qilishga, omma oldida chiqishga o‘rgatish hamda notiqlik mahoratini oshirishga qaratilgan.

II. SAYLOVNING MAQSADI

O‘quvchilarning erkin tutishi, tengdoshlaridan ajralib turishi, yoshlar tashkiloti nufuzini oshrish, notiqlik mahoratini takomillashtirish, o‘z ustida ishlashi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishi, loyiha tashabbuslarini keng ommaga ayniqsa yoshlar orasida targ‘ib etishdan iborat. 

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, Sardorlar Kengashi a’zolariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, Sardorlar Kengashi bilan o‘tkaziladigan tadbirlarning saviyasini oshirish, Sardorlar Kengashi faoliyatini tizimli nazorat qilish va boshqarish, yo‘nalishidan kelib chiqib darsda o‘quvchilarning faol bo‘lishga, dars qoldiradigan o‘quvchilar bilan “Tengdosh tengdosh” tamoyili asosida ularni dars mashg‘ulotlariga qaytarish. 

III. SAYLOVNI TASHKIL ETISH TARTIBI.

Saylovlar besh bosqichda tashkil etiladi:

birinchi bosqichda (sentyabr oyining birinchi o’n kunligi) sinflarda sinf Sardorlar Kengashi a’zolari;

ikkinchi bosqichda (sentyabr oyining oxirgi o’n kunligi)  umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi a’zolari;

uchinchi bosqichda (oktyabr oyining birinchi o’n kunligi)  tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolari;

to‘rtinchi bosqichda (oktyabr oyining oxirgi o’n kunligi)Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashlari a’zolari;

beshinchi bosqichda ( noyabr oyining birinchi o’n kunligi) Respublika Sardorlar Kengashi a’zolari saylanadi.


3.1. Sinf Sardorlar Kengashi a’zolarini saylash tartibi:

Sinf Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovida (o‘tgan o‘quv yilida boshlang‘ich tashkilot faoliyatida faol bo‘lgan o‘quvchilar va ko‘ngillilar) ishtirok etadi.

Saylovlarni o‘tkazishda kamida bir hafta oldin komissiya tarkibi tuziladi. Komissiya tarkibiga yoshlar yetakchisi, sinf rahbari, maktab MMIBD o‘rinbosari, psixolog oldingi o‘quv yilining sinf sardori hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi vakillari kiradi.

Ushbu komissiya tarkibi saylov kuni va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi. Komissiya tarkibi o‘quvchilarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti maqsadi, yo‘nalishlari, sardorlarning vazifalari haqida tushuncha berishi lozim.

Har bir nomzodga 2 daqiqa vaqt beriladi. Ushbu vaqt davomida nomzod o‘z dasturi, sardorga yuklatilgan vazifalarni qaysi yo‘l bilan bajarishi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Sinf Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovi sinf o‘quvchilari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Sardorlar Kengashi a’zolari bir yil muddatga saylanadi.

3.2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasa Sardorlar Kengashi a’zolarini saylash tartibi:

Umumiy o‘rta ta’lim muassasa Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovida sinf Sardorlar Kengashi a’zolarining barchasi ishtirok etadi.

Saylovda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti haqida ma’lumotlar, “Sardor o‘zi kim?”, “Sardor qanday bo‘lishi kerak?”, “Sardor imiji” kabi mavzularda treninglar tashkil etiladi hamda sinf sardorlari tomonidan o‘quv yili davomida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinadi.

O‘quv-seminarlar yakunida sardorlar bilan ochiq muloqot tashkil etiladi. Muloqot jarayonida sardorlar o‘z yo‘nalishiga qarab, umumiy o‘rta ta’lim muassasasi sardorligiga nomzodini ilgari surishi lozim. Nomzodlar qisqa vaqt ichida “Agar men Respublika (yo‘nalish nomi) sardori bo‘lsam” mavzusida 10 daqiqalik dasturini tayyorlaydi. Dastur doirasida sardor tuman (shahar), viloyat sardorligida amalga oshirgan ishlari bo’yicha taqdimot tayyorlaydi.

Saylovda sardorlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan sardorlarning dasturlari tinglanadi. Yakunda ochiq ovoz berish yo‘li bilan tegishliligi bo‘yicha sardorlar saylanadi.

Sinf Sardorlar Kengashi a’zolari faqat o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasasining Sardorlar Kengashi a’zoligiga saylanishi mumkin.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining Sardorlar Kengashi a’zoligiga saylangan sardorlar bir vaqtning o‘zida ham sinf va maktab sardori bo‘la oladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi a’zolari bir yil muddatga saylanadi.

3.3. Tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolarini saylash tartibi:

Tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovida umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi a’zolarining barchasi ishtirok etadi.

Saylov umumiy o‘rta ta’lim muassasa Sardorlar Kengashi a’zolarining tuman (shahar) Forumi shaklida tashkil etiladi.

Guruhlar kesimida sardorlar uchun o‘quv-seminari tashkil etiladi. O‘quv-seminarlari davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti haqida ma’lumotlar, “Sardor o‘zi kim?”, “Sardor qanday bo‘lishi kerak?”, “Sardor imiji” “Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish” kabi mavzularda trening tashkil etiladi hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi sardorlari tomonidan o‘quv yili davomida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinadi.

O‘quv-seminar yakunida sardorlar bilan ochiq muloqot tashkil etiladi. Muloqotda sardorlar tuman (shahar) sardorligiga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlarni ilgari surishlari lozim bo‘ladi. Ilgari surilgan sardorlar qisqa vaqt ichida “Agar men (yo‘nalish nomi) sardori bo‘lsam” mavzusida 5 daqiqalik dasturini tayyorlaydi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi a’zolari faqat o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zoligiga saylanishi mumkin.

Tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolari bir yil muddatga saylanadi.

3.4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zolarini saylash tartibi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovida tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolarining barchasi (tuman, shahar Kengashida kamida 1 yil faoliyat olib brogan bo’lishi kerak” ishtirok etadi.

Saylov tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolarining Forumi shaklida tashkil etiladi.

Sardorlar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etiladi. O‘quv-seminarlari davomida tanishuv, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti haqida ma’lumotlar, “Sardor o‘zi kim?”, “Sardor qanday bo‘lishi kerak?”, “Sardor imiji”, “Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish”  kabi mavzularda trening tashkil etiladi hamda tuman (shahar) sardorlari tomonidan o‘quv yili davomida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinadi.

Tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolari faqat o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Republikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zoligiga saylanishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zolari bir yil muddatga saylanadi.

3.5. Respublika Sardorlar Kengashi a’zolarini saylash tartibi:

Respublika Sardorlar Kengashi a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zolari uchun (noyabr oyining birinchi o’n kunligi) tashkil etiladigan forum doirasida saylanadi. Forum doirasida malakali mutaxassislarni jalb etib seminar trening tashkil etiladi

Respublika Sardorlar Kengashi a’zolari bir yil muddatga saylanadi.

Respublika Sardorlar Kengashining asosiy ish rejasi “Kamalak” bolalar tashkiloti bo’limi tomonidan tuziladi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisining Sardorlar masalalari bo’yicha maslahatchi “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi tavsiyasiga ko’ra tayinlanadi.

Respublika Press klub sardori “Kamalak” bolalar tashkiloti raisining matbuot kotibi hisoblanadi.


IV. YAKUNIY QOIDALAR

Respublika “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari har oyda hududiy sardorlar Kengashiga oylik ish reja ishlab chiqib ijro uchun yo’naltiriladi. Shuningdek, har chorakda  hududiy sardorlar Kengashiga faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etadi (selektor tarzida).

Agar sinf, maktab, tuman (shahar), hudud va Respublika sardorlar Kengashi a’zolari faoliyati davomida qoniqarsiz faoliyat yuritsa komissiya tarkibi xulosasi bilan faoliyati to‘xtatiladi, bo‘shab qolgan sardorning o’rniga qaytadan saylov tashkil etiladi.

 

 drfgdbfdfhmnkllk

 

 

 

 

 






Report Page