Yoshlar kuni munosib nishonlandi

Yoshlar kuni munosib nishonlandi

https://t.me/tuychiyev_uz
Foto: Anvar Tuychiyev

Sirdaryoda Yoshlar kuni shu qadar ko`tarinki kayfiyatda o`tkazildiki, yoshlar bir kunga bo`lsa-da karantin qoidalariga rioya qilgan holda koronavirusni unutishdi. Agar tojdor virus bo`lmaganida edi, o`tgan yilgidek ming-minglab yoshlar qamrab olinardi deyishga shoshilmang. Chunki, o`tkazilgan onlayn tanlovlarga o`tgan yilgidek ko`plab yoshlar qamrab olingan bo`lsa, bugun “Hokim va yoshlar” uchrashuvida 70ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev

Boyovut tumanining “Istiqlol” mahallasi mezbonlik qilgan uchrashuvda yoshlar 20ga yaqin o`z taklif va tashabbuslari bilan o`rtoqlashdi. Ayniqsa, tadbirkor Maminov Muslimbekning kredit olish bo`yicha taklifi shu joyning o‘zida o‘rganilib, Markaziy Bank xodimlari bilan kelishib olindi. Tadbirkor parrandalik bilan shug‘ullanish uchun 150 million kredit olishini ma’lum qildi.

Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev

Shundan so‘ng, eng faol bo‘lgan yoshlar taqdirlandi. Xususan, joriy yilgi imtiyoz g‘olibi Yorqinjon Hayitboyev maxsus tavsiyanoma hamda Sirdaryo viloyati hokimining sovg`asi bilan taqdirlandi. U o`z nutqida “Kelajakda Guliston davlat universitetiga rektor bo`laman”, deya kelgusi maqsadlari bilan o`rtoqlashdi. Viloyat faxriylari uning maqsadlari amalga oshishi uchun oq fotiha berishdi.

Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev

“Yil yetakchisi” deya Guliston tumani 15-umumta’lim maktabi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi O‘g‘iloy Hidirova taqdirlangan bo`lsa, Guliston davlat universiteti talabasi, yosh rassom Abdulaziz Abdullayev viloyat hokimining faxriy yorlig`i bilan rag`batlantirildi. Uchrashuvda ishtirok etgan barcha yoshlar maxsus kitoblar bilan taqdirlandi.

Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev

Uchrashuvni yana bir qiziqarli jihati shuki, O‘zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Ulug‘bek Sotiboldiyev tomonidan “Yoshlar kuni”ning ramziy ko`rinishi sifatida 200 kishilik tort tayyorlanib, yoshlarga, aholiga va imkoniyati cheklangan yoshlarga ulashildi.

Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev

Shu kunning o`zida imkoniyati cheklangan, uyda yakka ta'lim oluvchi yoshlar holidan xabar olinib, ularga maxsus sovg`alar ulashildi va yoshlar kuni bilan muborakbod etildi.

Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev
Foto: Anvar Tuychiyev

Yoshlar kuni bir so`z bilan aytilganda yuqori kayfiyat bilan tashkil etildi.

Anvar TUYCHIYEV

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisining matbuot kotibi, Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi.



Report Page