Yunusoboddagi metro qurilishida yuz bergan avariya joyida 4 kishining jasadi topildi

Yunusoboddagi metro qurilishida yuz bergan avariya joyida 4 kishining jasadi topildi

🌐OLTIARIQ_TV

•••

Foto: O‘zA

Toshkent shahri Yunusobod tumanida qurilayotgan metro yo‘nalishida 18-dekabr, chorshanba kuni yuz bergan yer o‘pirilishi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” manbalari xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa yuz bergan joyda ishchilar sanoqdan o‘tkazilganda besh kishi yo‘q ekanligi ma’lum bo‘lgan. Bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgan yana bir kishini izlash ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan, mazkur hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilgan. Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov raisligidagi mazkur komissiya hodisa sabablarini va oqibatlarini o‘rganadi, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish choralarini ko‘radi.

O‘zAning yozishicha, o‘pirilgan joyning hali to‘rtdan bir qismi ham qazib ulgurilmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa tegishli vazirlik xodimlari qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda

18-dekabr kuni soat 10:00 da Yunosobod tumanida qurilayotgan metro yo‘nalishining qazilayotgan tunnelida yer o‘pirilishi yuz berdi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur hodisa bo‘yicha ma’lumot berdi va hodisa yomg‘ir yog‘ishi oqibatida tuproqning bo‘shashi sababli yuz bergani ma’lum qilindi. Hodisa oqibatida 250 metr kub tuproq o‘pirilib tushgan.

Avvalroq hodisa yuz bergan joyda 2 kishining jasadi topilgani ma’lum bo‘lgan edi. UzReport hodisa yuz bergan joyda 20 nafar ishchi bo‘lgani haqida xabar berdi.

Report Page