Messi

Messi


Lionel Andrés Messi Cuccittini (talaffuzi: Lionel Andres Messi Kuchchittini; 1987-yilda 24-iyunda tugʻilgan) Paris Saint-Germain FC va Argentina milliy futbol jamoasida oʻynaydigan professional futbolchidir. Messi Pekinda oʻtkazilgan 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, 2005-yilning yoshlar orasida jahon chempioni (turnirning eng yaxshi oʻyinchisi va toʻpurari), 2021-yilgi Copa America turniri gʻolibi hisoblanadi. Messi yetti marta Oltin toʻp sovrinini qoʻlga kiritgan boʻlib, bu borada rekordchi hisoblanadi. Barselona tarkibida jami 35 ta sovrinni qoʻlga kiritgan. Barselona jamoasi bilan oʻn karra Ispaniya chempioni (2004/05, 2005/06, 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/2013, 2014/2015, 2015/2016, 2017/2018, 2018/2019) boʻlgan, yetti marta Ispaniya kubogi (2008/2009, 2011/2012, 2014/2015, 2015/2016, 2016/2017, 2017/2018, 2020/2021), yetti marta Ispaniya superkubogi (2006, 2009, 2010, 2011, 2013, 2016, 2018) va besh marta UEFA Chempionlar ligasi (2005/2006, 2008/2009, 2010/2011, 2014/2015) gʻolibi boʻlgan. Messi olti marta ( 2008/2009, 2009/2010, 2010/2011, 2011/2012, 2012/2013, 2014/2015) Ispaniya chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi boʻlgan. 12 marta Argentinaning eng yaxshi oʻyinchisi deb tan olingan. Messi Barselona klubi, La Liga, Argentina terma jamoasi va CONMEBOLning eng yaxshi toʻpurari hisoblanadi.

Report Page