Meningit...

Meningit...

@neuropatolog_uz

Meningit 


(yun. meninx — miya pardasi) — bosh miya va orqa miya pardalarining yalligʻlanishi bo‘lib, mikroorganizmlar qoʻzgʻatadi. 

Meningokokk


Tasnifi:


Mustaqil kasallik sifatida paydo boʻladigan birlamchi va asoratlar tufayli yoki infeksiya yuqishi, MNS, oʻrta quloq, burun yondosh boʻshliqlarining yalligʻlanishi, gripp, qizamiq, tepki, sil, zaxm oqibatida kelib chiqadigan ikkilamchi M. farqlanadi. 

Meningokokk


Meningit...

- qoʻzgʻatuvchilariga ko‘ra (virusli, bakterial, zamburugʻli: sil, zaxm M.i va boshqalar),

- kechishiga ko‘ra (oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali M.),

- orqa miya suyukligi (likvor) ning oʻzgarishiga qarab (yiringli va seroz M.) ajratiladi.

- Chivin va kanalar yuqtiradigan infeksion kasalliklar (ensefalit, meningoenefalit)da ham M. kuzatiladi. 


Epidemiologiyasi (yuqishi):


Infeksiya M. bilan ogʻrigan bemor yoki bakteriya tashib yuradigan "sogʻlom" kishilardan (ular bilan soʻzlashganda, oʻpishganda, bemor aksirganda, yoʻtalganda), aksari yuqori nafas yoʻllari yalligʻlangan bemorlardan yuqadi. Kattalarga nisbatan yosh bolalar koʻproq kasallanadi. Aksariyat kech kuz, qish va erta bahorda uchraydi. 

Meningeal belgilarni tekshirish


Klinik kechishi:


Kasallik toʻsatdan boshlanadi, harorat 38—40°C ga koʻtariladi, badan uvishadi, bemor tez-tez qayt qiladi (ovqat yesa-yemasa ham), bezovtalanadi. M.ning shakliga qarab klinik belgilari xilma-xil boʻladi, lekin ularning barchasiga xos ayrim alomatlar mavjud; qattiq bosh ogʻrigʻi, bosh va boʻyin muskullarining tortishishi natijasida bemorning boshi orqaga engashgan boʻlib, oldinga ega olmaydi, oyoqlari bukilib qoladi. Baʼzan bemor alahlaydi, talvasa tutishi ham mumkin, tashqi taʼsirotlar (kuchli yorugʻlik, qattiq tovush va h.k.)ga taʼsirchan boʻladi.


M. hamisha shiddat bilan boshlanmaydi. Ikkilamchi M. asta-sekin avj oladi; darmon quriydi, bosh ogʻriydi. Agar biror yuqumli kasallik qoʻshilsa, bemorning umumiy ahvoli ogʻirlashadi va yuqorida sanab oʻtilgan klinik belgilar rivojlanadi.


Nima qilish kerak?


M.ning hamma xilida bemorni darhol vrachga koʻrsatib, albatta, kasalxonaga yotqizish shart! Uyda davolash mumkin emas! Davo oʻz vaqtida boshlansa bemor batamom sogʻayib ketadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisini tashib yuruvchilar topilsa, jamoadan ajratiladi va davolanadi.


Profilaktikasi:


Oldini olish uchun quloq, tomoq va burun boʻshligʻining yalligʻlanish va yiringli kasalliklarini oʻz vaqtida davolash lozim.


https://t.me/joinchat/AAAAAFJcpAzCnDSCpGrCug

Report Page