"MEN

"MEN

Nomalum

Mendan ko'p so'rashadi 

-kimsan sen o'zi? deb. Bugun shu savolga javob beray.

Men:

1)Ota-onamni bemehr farzandi!

2)Do'stlarimni achitib betiga xatolarini aytadigan bezbet o'rtog'i.

3) Yurt kelajagiga achinib, miyasida hech narsa bo'lmasa ham tanqid qiladigan fuqorosi.

4) TDTU da adashib o'qiyotgan talaba.

5) Bekorchilikda iplos fikrlarini o'z kanalida yozib borayotgan iplos bloger

6) Kelajakda pul topish uchun Sovuq o'lkaga bormaslik uchun harakat qilayotgan bo'lajak oila boshlig'i.

7) Yaqinlarining "siyosatga aralashma" degan nasixatlariga amal qilmayotgan axmoq qarindoshi.

8) "Iste'mol madaniyati" bo'lmagan Iste'molchi.

9) Darslarda birinchi o'rinda galstuk va forma talab qilinadigan jamiyat a'zosi

10) Trollarning "Yurtfurush" tuxmatidagi inson.

11) Soqoli majburan IIB tomonidan oldirilgan "jinoyatchi"

12) "американский болезн" kasalligiga chalingan "go'shtxo'r"

13) O'zga elda 3-6 $ming turgan moshinani o'z yurtimizda 7--25$ ming dollarga oluvchi "xaydovchi"

14) Kompyuterli loyihalash kabi fanlarda chizmalarni qo'lda chizib borishga majburlangan "talaba"

15) Ta'lim sifatini oshirish siyosati olib borilayotgan bir vaqtda TDTU domlasining "Bobur Amerikani birinchi kashf etgan" kabi ma'ruzalarini tinglovchi talaba

16) Bir-birini inkor qiluvchi qonunlarga asoslangan jamiyatning iplos a'zosi.

17) Xo'ja ko'rsinga qilinayotgan ishlarning jabrdiydasi

18) "snos"ga tushgani uchun bor-yo'g'idan ayrilgan va xaligacha tovon pulini ololmayotgan "becharashka"

19)Hokimlarning buyrug'iga binoan majburiy mehnat "Fidokori"

20) Faqat maqtashni biladigan maddoxlarcha yozilgan gazetalarga "ixtiyoriy obunachisi"

21) Farzandlariga Prezident ismini quyib moshina oladigan maddoxlar orasidagi iplos


Demak shulardan hulosa qiladigan bo'lsak men "HECH KIM" man. Bir tiyinga arzimaydigan keraksiz chiqindi


Report Page