Men

Men


Assalomu aleykum qadrli zamondosh. O’zimni tanishtirmoq hamda ba’zi masalalarni aytib o’tmoq maqsadi birla ushbuni sizga yozmoqdaman. Kamina qoniqish masalasida sal no’noqroqman, shu sababli ko’p pand yeganman. 26 yoshdaman. Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetining Xalqaro Munosabatlar fakultetida bakalavrni tamomlab Janubiy Koreyaning Seul Milliy Universiteti (Seoul National University)da Xalqaro Izlanishlar (International Studies) magistraturasini boshlagandim. Avvalo bakalavrdayoq keyinchalik magistraturada ham o’zimdan qoniqmadim. Keyinchalik Ajou Universitetining magistraturasini tamomladim. OTMdan oldin Buxoro viloyati Qorako’l litseyida taxsil olganman. 

Adabiyotga juda qattiq qiziqamanu, lekin jahon miqyosida tan olingan asarlarda ham birgina fikrni ifodalash uchun o’nlab yuzlab varaqni qoralab yozishlarini xushlamayman. Shuning uchun ham qisqagina hajmda o’z fikrlarimni bayon qilishga harakat qilaman. O’zimni umuman adabiyotga aloqador shaxs sifatida ham bilmayman. Shunchaki fikrlarimni ulashgim keladi.  

Ba’zilar mendan qiyinchiliklarimni maydalab yozishdan maqsad ne deya so’rashadi. Izoh: iltimos, yozganlarimni to’g’ridan-to’g’ri, so’zma-so’z o’z ma’nosida tushunmang. 

2020/06/20


Report Page