“Сomfort sofa” uchun yasalgan logotiplar tayyor bo'ldi

“Сomfort sofa” uchun yasalgan logotiplar tayyor bo'ldi

Соҳиба Муллаева
Oʻzbekistonda mebel savdosi bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar shu qadar koʻpki, undagi kuchli raqobatga uncha-muncha tadbirkor dosh bera olmaydi. Internet-marketing, maqsadli auditoriyani oʻrganish hamda targetingsiz ishlab chiqaruvchi ham, sotuvchi ham uzoqqa borishi qiyin. Eng yaxshi yoʻl — brendni tanitish, mijozlarning eʼtiboriga tushish va sifatli mahsulotlar bilan ular ishonchini qozonish. Bunda qilinadigan birinchi ish esa oʻziga xos logotip yaratishdir!

Dizaynerlarimiz “Сomfort sofa” logotiplarini yasash boʻyicha ishlarini yakunlashdi. Koʻraylikchi, kompaniyaning tashrif qogʻozini ular qanday tasavvur qilishgan ekan?


Komfort soʻzi qulaylik degan maʼnoni bildiradi. Masalan, siz biroz uxlab, dam olmoqchisiz. Bunda siz koʻnglingizdagidek yostiqsiz qulaylik his qila olmaysiz. Ushbu logoni yasashda ham oʻzbekona dunyoqarash va qadriyatlarga murojaat qilingan. Asosiy rang — oq rang esa pokizalik va sokinlik ramzi.


Dam olish deganda koʻpchilikning koʻz oldiga bir finjon qahvani ichib, divanga yonboshlagancha televizor koʻrish kelsa, ajab emas. Qolaversa, choyxoʻrlikni xush koʻruvchi xalqimiz uchun ishda bu kabi finjonlar choy yoki kofe ichish uchun juda qulay hisoblanadi. Ushbu logotipdagi buyum va unga tushirilgan divan rasmi bir qarashda insonga hordiq chiqarish va oʻzi uchun komfort sharoit yaratish maʼnolari berishi, tabiiy. Aynan shuning uchun ham logotip uchun ushbu element tanlangan.


Sumka — koʻchada, ishda yoki oʻqishda yurganda oʻzimiz uchun eng zarur narsalarni olib yuradigan buyum. Baʼzi ayollar hattoki usiz koʻchaga chiqishni xayoliga ham keltira olmaydilar. Divan va shu turdagi mahsulot savdosi bilan shugʻullanuvchi kompaniya uchun bu logotip ayni muddao. Chunki doʻkonga kirasiz, oʻzingizga kerakli boʻlgan mahsulotlarni tanlaysiz va sumkangizga solasiz!


Vizitka — biz haqimizda qisqa va loʻnda maʼlumot beruvchi qogʻoz. Bilasiz, uni barchaga ham tortiq qilavermaymiz. Bu qogʻozchani odamlarga bizni tanishi, biz bilan hamkorlik qilishida qulay boʻlishi uchun taqdim etamiz. Qulaylik va yuqori didni shior qilgan kompaniya uchun bundan ortiq logotip bormi?




Koʻrib turganingizdek, ushbu variantlarda koʻchalarda odamlarning koʻzi koʻp tushadigan joylar tanlangan va ularga kompaniya nomi hamda belgisi tushirilgan. Bundan “Comfort sofa” har doim trendda boʻlishi hamda xalqimizga xizmat qilishdan charchamasligini anglash mumkin.

Bir soʻz bilan aytganda, biror kompaniya uchun logotip yasash ham murakkab, ham juda qiziqarli jarayon. Bunda qiziqish, qunt, bilim va tajribadan tashqari kreativlik ham muhim oʻrin tutadi.

Siz ham doimo trendda yurishni hamda mijozlar koʻnglida butun umr qolishni istovchi tadbirkorlar sirasidan boʻlsangiz, “Abutech” kompaniyasiga murojaat qilavering. Bizda professionallikdan tortib kreativlikkacha — barchasi bor!


Administratorga yozish

Tel: +998996080011

Instagram | Facebook | Telegram


Report Page