ME💜

ME💜

Kim_Yuna
3-qism

U Minaning qo'lidan kalitni oldi va belgilangan xona tomon odimladi. Yo'lda borarkan juda ham ko'p savollarga javob olishni istardi.

~Nega menga bunday e'tibor berishmoqda? Barchasiga bitta o'sha qiz sababchimi? U bilan yaxshi munosabat o'rnata olsam, yana nimalarga erishaman? Bu shafqatsiz hayotda tirik qolishim uchun undan foydalanishim kerakmi?

Xonani qulfini ochib kirarkan hayojon ila chuqur nafas olib chiqardi va xonaga kirdi. U o'zining bunchalar ajoyib xonasi borligidan xursand edi.

Teeyonaning xonasi

U juda xursand edi va ikkinchi xonaga kirdi. U yer garderob edi. Teeyona ularni ko'rib ko'zladi quvnar. Barcha kiyimlarni birma-bir kiyib ko'rgisi kelardi.

Kiyimlari

Bir soat vaqtni o'tkazib yubormaslik uchun tezlikda kiyinib boshladi.

~Ha aniq shunday qilaman. Nima qilib bo'lsa ham bu Kim lar xonadoning barcha boyliklarni qo'lga kiritaman. Sizlar butun tarix sarlavhalaridan o'chib ketasizlar. Taehyung meni yoqtirib qolishi uchun qo'limdan kelganini qilaman. Endi kuchsiz bo'lmayman. Sizlarni quritish uchun Jiwoodan foydalanaman. Butun boyligingizni quritib, oyog'im ostiga yiqilmaguningizcha to'xtamayman va keyin sizlarni yanchib tashlayman. Menga bergan azobli kunlaringizga pushaymon bo'lasizlar.


Suno bolalar uyiga yaqinlasharkan, Jungkook nega buncha shu qizga qiziqib qolganiga tushunmasdi. U mashinadaan tushib bolalar uyining direktori xonasi tomon yurdi. Eshikni taqqilatdi. Ichkaridan direktorning kimgadir asabiylashgan holda do'qpo'pisa qilishlari bemalol eshitilib turardi. Kiring degan so'zni eshitgach Suno ichkariga kirdi.

~Nima kerak sizga?

~Eshitishimcha, shu yerda mana bu rasmdagi qiz katta bo'lgan iltimos u haqida ma'lumotlarni bizga bera olasizmi?

~Hech qanday qizni tanimayman. Bu yerdan jo'na. O'zi bilasanmi ma'lumotlarni berish qat'iyan man etiladi.-Boshliq

~Sizga yetarlicha to'laymiz.

~Nima meni poraxo'r deb o'ylaysanmi? Jo'ma qo'riqchilarni chaqirmasimdan avval!

~Janob...

Sunoning gapi tugamasdan avval direktor qo'riqchilarga telefon tera boshladi. Buni ko'rgan Suno noiloj u yerni tark etdi.


Taehyung Yunani uyi tomon yo'l oldi. Unga barcha narsani aytib berishga qaror qilgandi. Shunchaki Yunadan kompaniyani sotib olmoqchi bo'ldi. Ammo Yunani uyiga borganda xizmatkorlaridan Yuna kompaniyaga ketganini eshitib hayron bo'ldi. U Elegant tomon ketdi. U yerga yetib borib ichkariga kirganida, barcha ish bilan mashg'ul edi. Taehyung bundan sarosimaga tushib boshladi. Chunki endi kompaniyani sotib ola olmasligi mumkin edi. Kresloda esa Yuna ishchilarni kuzatib o'tirardi.

Yuna

~Salom Yuna-Taehyung

~Salom Tae-Yuna

~Darrov barchasini o'zgartirib yuboribsan-Taehyung

~Ha ota-onamning mendan umidi katta edi. Buni kech tushundim-Yuna.

~Kompaniyani boshqara olasanmi?-Tae

~Ha-Yuna

~Yoshligingda hech qachon bunday ishlar bilan shug'ullanmaslihingni aytganding-Tae

~U payt kichkina edim.-Yuna

~Ha tushunaman.-Tae

Taehyung Yunaning qat'iyatli gapirishidan tushundiki, u kompaniyani osonlikcha berib qo'ymaydi. Endi u boshqa reja tuzishiga to'g'ri keladi.

~Nimadir kerakmi senga?-Yuna

~Ha Elegant kompaniyasi bilan mening Gold kompaniyam sharrnomalar olib borsa yaxshi bo'lardi.

~Kel buni boshqa bir kunga maxsus uchrashuv belgilab hal qilamiz. Hozir menimcha bunga sen ham men ham tayyor emasmiz.

~Yaxshi. Omad

~Ko'rishguncha-Yuna


~Nima bo'ldi topdingmi?-Jk

~Yetimxona boshlig'i qaysar ekan. Pul haqida gapirsam ham ma'lumotlarni aytmadi. Bu taqiqlanarmush.-Suno

~Demak, o'g'irlash kerak-Jk

~Nimaaa?-Suno

~Eshitganing. Bermadimi tortib olamiz.

~Bunga qarshi jinoiy javobgarlik bor.

~Bizni hech kim sezmaydi.


Bir soatdan so'ng Teeyona tayyor bo'lib chiqdi.

Teeyonaning kiyimi

~Juda ajoyibsiz xonim-Mina

~Raxmat ketamiz-Teeyona

Uning mashinasi

~Mana mashina. Orqaga mining men boshqaraman.-Mina

Teeyona orqa tomonga o'tirdi va ular jo'nab ketishdi. Jiwoo bilan bir cafeda uchrashishdi.

Kafe

~Salom mening ismim Kim Teeyona.

Teeyona shunday deb Jiwooga qo'lini tutdi. Jiwoo esa unga jirkangandek qarab turardi va unga javoban qo'lini ham tutmadi.

~Salom. Meni tanisang kerak. Kel ovqatlanamiz.

Han Jiwoo

~Menga qara aytishlaricha seni boqib olishgan ekan, bundan hech ham hafa bo'lma bu seni qo'linda emas shunday emasmi?-Jiwoo

~Ha shunday-Teeyona

~Shunchaki o'zing o'zgar. Meni ham boqib olishgan va men bu oilaning imkoniyatlaridan foydalandim va o'zgardim. Hali seni ham o'zgarishingga katta yordan beraman.

~Raxmat-Teeyona

~Birinchi navbatda so'ramoqchi bo'lgan narsam yigiting bormi?-Jiwoo

~Yo'q-Teeyona

~Mana shunisi yomon. Ortimizdan kuzatuvchilar borligi aniq. Lekin bu muammo emas. Hozir memi ortimdan ergash seni ajoyib joyga olib boraman-Jiwoo

Teeyona Jiwoo nima haqida gapiryotganini tushunmasdi. Lekin uni gaplariga rozi bo'la qoldi. Ular bir amallab qo'riqchilarni aldab kafedan chiqib olishdi va kiyim do'koni tomon yo'l olishdi.

~Qayerga ketyapmiz?-Teeyona

~Kiyim do'koniga ustingni alishtirasan.

~Yaxshi-Teeyona

Ular do'konga borishdi va Jiwoo unga kiyimlar tanlab berdi.

Jiwoo tanlagan kiyim

~Bu juda ochiq emasmi?-Teeyona

~Yo'q hozirda bundanda yomonlarini kiyadiganlar bor.-Jiwoo

~Ha mayli-Teeyona

~Endi qayyoqqa boramiz-Teeyona

~kech ham tushibdi kiyim tanlagunimizcha. Yur endi seni kafedan ancha qiziqarliroq joyga olib boraman.

~Yaxshi-Teeyona

Ular birgalikda tungi klubga borishdi. Teeyona mashinadan tushib tungi klub degan yozuvni o'qishi bilan hayron bo'ldi. Avval hech ham bunday joylarga kelmagandi.

~Lekin nega bu yerga keldik?-Teeyon

~Savol berishni yoqtirarkansan. Barchasini boshidan boshlamoqchimisan? Seni qiynaganlardan o'ch olmoqchimisan? Hayotingni o'zgartirmoqchimisan?

~Ha

~Unda shu yerdan boshlash kerak. Men ham shu yerdan boshlaganman. Yuraqol!

~Xo'p.

Ular klubga kirishdi. Jiwoo o'zini erkin tutardi. Ammo Teeyona bu yerga birinchi marta kelgani uchun xijolat chekardi. Barcha yigitlar kirgan ikki qizga suqlanib boqardi. Jiwoo bunga e'tibor ham bermasdi. Teeyona esa bundan xijolat cheka boshlagandi. Ular odamlar orasidan o'tib lyuks joyga borishdi. Jiwoo mast qiluvchi vinolarni buyurtirayorgan bir paytda Teeyona atrofni ko'zdan kechirardi.

~Xo'sh senga yoqdimi?-Jiwoo

~Biroz xijolat chekyapman-Teeyona

~Xijolat chekma. Uni yo'qotishning bir yo'li bor.

~Qanday?-Teeyona

Jiwoo afitsant olib kelgan ichimliklarga imo qildi.

~Bular bizga yordam beradi. Qani oldik.-Jiwoo

Ular birgalikda qadah ko'tarishdi. Bir necha daqiqadan so'ng yana va yana. Ichaverishdi, ichaverishdi. Jiwoo unchalik ham mast emas edi. Ammo bunday narsalarni ilk bor sinab ko'rayotgan Teeyona allaqachon nima qilyotganini bilmaslik darajasida mast edi. Ular bir-biriga dardlarini to'kib sochardilar.

~Yur biroz raqs tushamiz.-Jiwoo

~Raqsmi? Mayli nima ham derdim-Teeyona.

Ikkisi birgalikda turishdi va raqsga tusha boshlashdi. Qo'shiq ritmi qanday bo'lsa ular ham shunday ritmda raqs tushar bu bo'lsa allaqachon hammani e'tiborini torta boshlagandi. Biroz o'tkach ular yana qayta joylariga o'tirishdi.

~Bilasanmi? Men yigitimni va uning do'stini chaqirib qo'ydim.-Jiwoo

~Yigiting ham bormidi?-Teeyona

~Ha ismi nima edi-ya? Ha Felix... Uning ismi Felix.

~Chiroyli ism ekan-Teeyona

~Do'stini ismi Hyunjin edi shekilli. U chiroyli bola. Senga yoqadi.

~Raxmat kattttakon.-Teeyona

Felix va Hyunjin

Bu paytda Felix Jiwoodan kelgan xabarni o'qib allaqachon Hyunjin bilan tungi klubga yetib qolay degandi.

~Shu qiz klubga borishni kanda qilmas ekan-da. Tarbiyalab qo'ysang bo'lmaydimi? -Hyunjin

~Seni ishing bo'lmasin-dedi rolda asabiylarcha o'tirgan Felix.

~Voybo'o' Jiwoo desam meni o'ldirishga ham tayyorsana?

~Shunchaki asabiylashyapman. Aytgancha o'ziga yangi dugona topibdi. Balki u bilan..-a???-Felix

Felix shunday deb kulib yubordi. Hyunjin bo'lsa unga g'alati qarab qo'ydi.

~Nega bunday qaraysan? Jiwoo kim bilan dugona bo'lsa o'sha qizlar bilan gaplashib chiqqansanku.

~Bu shunchaki omadsizlik-Hyunjin.

~Bu dunyoda sendan omadsiz kishi yo'q.-Shunday deb Felix yana kulib yubordi.

~Mana yetib keldik-Hyunjin

Ular klubga kirisharkan, ochiq kiyingan qizlaru, mast bo'lib o'zini ham tanimaysigan yigitlar oldidan o'tardi. Lyuks joylardan birida Jiwooni tanigan Felix u tomonga yugurib ketdi.

~Bu bolani qobilyatiga tasanno aytish kerak. Jiwooni hattoki Yer sharining narigi tomonidan ham ko'ra oladi.-Hyunjin

U shunday deb Felixni ortidan yurarkan, Jiwooni oldida o'tirgan qizga qaradi. Hayolot olamini faqat shu qiz egallab oldi. Klubda bo'layotgan baland ovozlar ham unga eshitilmasdi. Yo'lidan chiqqan yigitlar va qizlarni ham ko'rmasdi.

Hyunjin(men Felixni ortidan yurarkanman, Jiwooning dugonasini ko'rib qoldim. U juda ham ajoyib edi va go'yo meni sehrlagandek. Avval hech qachon bunaqa tuyg'uni his etmaganman. Uning g'uncha kabi lablari, ohudek ko'zlari bor edi. Men faqat yurak urishim tovushini eahitardim xolos.)

Oldiga kelib o'tirgan bola sabab qo'rqib ketgan Jiwoo u tomon qayrildi va uni Felixlihini ko'rib yengil nafas oldi.

~Yana shu yerda yuribsanmi?-Felix

~Keldingmi? Do'sting qani?-Jiwoo

~U ham ortimdan kelayotgandi-dedi Felix Hyunjinning yo'qligidan hayratga tushib olomon ichiga qararkan. Odamlar orasidan tik qotib qolgan do'stini ko'rgan Felix kelishini ko'rsatib imo qilardi. Hyunjin shuncha paytdan beri e'tibor bermagan Felix va Jiwooga endi qaragandi va ular tomonga bordi.

~Ooo salom Hyunjin-Jiwoo

~Salom

~Kel o'tir do'stimning yoniga-Jiwoo mast va uyqisirayotgan Teeyonaning yonidan joy ko'rsatdi. Hyunjin borib Teeyonaning yoniga o'tirdi. Teeyona esa uyqusirab Hyunjinning yelkasiga boshini qo'yib oldi. Bu vaziyatda Hyunjinning yuragi juda tez urardi. Felix esa unga hayronlik bilan qarardi.

~Ketamizmi-Jiwoo

~Ota-onang qattiqqo'l. Ular buning uchun seni jazolashini yaxshi bilasanku.-Felix

~Bilaman lekin nima qilibdi.-Jiwoo

~Bugun uyga bormaysan. Menikiga yur. O'sha yerda tunab qolasan.-Felix

~Yaxshi-Jiwoo

Felix Jiwooni ko'tarib oldi va Hyunjinga qaradi. U hali ham o'sha yerda qimillamay turardi.

~Bugun senga nima bo'ldi. Yuraqol Hyunjin. Iltimos sendan u qizni ham olib chiqishga yordamlashib yubor-Felix

~Yaxshi-Hyunjin.







Report Page