Menga virus bir jahon-u, menga karantin bir jahon!

Menga virus bir jahon-u, menga karantin bir jahon!

Mening kanalim
Shunchaki o'yildi


Men esa virusni yo'lda qoldirayotgan marketing sohasining ko'pchiligimizga ma'lum bo'lgan avlodi raqamli marketing usulini ozgina maqtovlar bilan erkalatib qo'ymoqchiman. Bunday olib qarasak qariya marketing (oddiy usuli) virussiz ham nafaqa sari sekinlik bilan qadam tashlayotgan edi. Pandemiya esa shunchaki unga "paddeshka" qilib yubordi, xolos!


"Osiyo-Tinch okeani korporativ aloqalar to'g'risida"gi hisoboti shuni ko'rsatdiki, 10 tadan 6 ta kompaniya brendini tanitish uchun raqamli marketingni tanlagan. Shuningdek, 10 ta davlatdagi 948 ta kampaniya bu ishga 60% kuchini qaratishini ma'lum qilgan!

Shunchaki qo'yildi

Onlayn marketing tizimi ayni trenddagi global to'siqni ko'zga ilmagan holda atak-chechak qilishdan chopqillashga o'tdi. Faqat Facebook shu kunlarda o'zbek marketologlari bilan hazillashish ishtiyoqi borligini yashirmayapti ( shu qatoda oddiy foydalanuvchilar ham).

Shunchaki qo'yildi!


Lekin virus ham, Facebook injiqliklari ham yaqin vaqtlarda barham topadi, ammo yangi soha hali anchagina ko'ylaklarni yirtsa kerak, nima deysiz? 


Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring!


Adminga bog'lanish bot orqali


Mening kanalim

Report Page