Matematika

Matematika

Jamshid Ismailov

16.04.2020

1) Botir, Nodir va Qodir birgalikda bog’dan 92 ta olma terib olishdi. Tushlikda Botir 5 ta, Nodir 2 ta, Qodir esa 4 ta olma yedi. Shundan so’ng har bir bolada baravar miqdorda olma qoldi. Har bir bola bog’dan nechtadan olma tergan?

Yechish:

1-usul. 1). 5+2+4=11(ta) 3 ta bolaning yegan olmalari soni

2). 92-11=81(ta) 3 ta bolada qolgan olmalar soni

3). 81:3=27(ta) har bir bolada qolgan olmalar soni

4). 27+5=32(ta) Botir tergan olmalar soni

5). 27+2=29(ta) Nodir tergan olmalar soni

6). 27+4=31(ta) Qodir tergan olmalar soni

2-usul. Agar har bir bolada bir xil miqdorda ya’ni x tadan olma qolgan bo’lsa, u

holda Botir x+5 ta, Nodir x+2 ta, Qodir x+4 ta olma tergan bo’ladi

x+5+x+2+x+4=92

x+x+x=92-5-2-4

3x=81

x=81:3

x=27 (har bir bolada qolgan olmalar soni)

27+5=32(ta) Botir tergan olmalar soni

27+2=29(ta) Nodir tergan olmalar soni

27+4=31(ta) Qodir tergan olmalar soni

Javob: Botir 32 ta, Nodir 29 ta, Qodir 31 ta olma tergan.

 

2) Bir shahardan bir vaqtda qarama-qarshi tomonga qarab ikki piyoda yo’lga

chiqdi. 2 soatdan keyin ular orasidagi masofa 16 km bo’ldi. Agar ikkinchi

piyodaning tezligi soatiga 5 km bo’lsa, birinchi piyodaning tezligini toping?

Yechish: 1-usul. 16:2=8 bu piyodalarning bir soatda bir biridan uzoqlashishi.

8-5=3 bu birinchi piyodaning tezligi.

Javob: 3 km/soat

2-usul: birinchi piyodaning tezligini x deb belgilasak ifodaning tenglamasini tuzamiz.

X*2+5*2=16

2*x+10=16

2*x=16-10

2*x=6

X=6:2

X=3

Javob: 3 km/soat

3)To’rtko’l shahridan bir vaqtda qarama-qarshi tomonga qarab ikki

mototsiklchi yo’lga chiqdi. 5 soatdan keyin ular orasidagi masofa 715 km

bo’ldi. Agar birinchi mototsiklchining tezligi soatiga 65 km bo’lsa, ikkinchi

mototsiklchining tezligini toping?

1-usul: 715:5=143

143-65=78 km/soat

2-usul. 65*5=325

715-325=390

390:5=78 km/soat

Javob: 78 km/soat

3-usul: 65*5+x*5=715

325+5x=715

5x=715-325

5x=390

X=78 km/soat


4) Maktab bog’iga 36 tup mevali daraxt bor. Daraxtlarning 2/9 qismi nok,

qolganlari olma. Maktab bog’idagi nok daraxtlari olma daraxtlariga qaraganda

necha tup kam?

Yechish 1-usul: 36:9*2=8 nok 8 ta, 36-8=28 olma 28 ta.

28-8=20 nok daraxti olma daraxtidan 20 ta kam ekan.

Javob: 20 ta

5) Kinoteatrning tomosha zalida 18 ta qator, har bir qatorda 22 tadan joy bor. Agar chiptaning narxi 2000 so’mdan bo’lib, 3 seansning hammasiga chiptalar sotilsa, kinoteatrga qancha pul tushadi?

Yechish: Jami o’rinlar sonini topamiz. 18*22=396 ta o’rin bor ekan.

Bir seansga sotiladigan chiptalar.

396*2000=792000

Endi buni 3 ga ko’paytiramiz 3 ta seansdan umumiy tushumni topamiz.

792000*3=2376000

Javob: 2376000 so’m

Report Page