Tadbirkorlarning puli endi osmonga ketmaydi...

Tadbirkorlarning puli endi osmonga ketmaydi...

Азиз Илхамович

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar - kelajagimiz”  davlat dasturi to’g’risida”gi PF-5466-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida joriy yilning 29 mart kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Toshkent shahar Yoshlar markazi binosida “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” loyihasi doirasida “Qanday qilib marketing orqali savdo hajmini oshirishingiz mumkin?” mavzusida Bahtiyor To’htayev tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu master klassda marketing tushunchasi nimaligini, marketingda qanday yo'nalishlar borligini, ushbu yo'nalishlarning mohiyatini va tadbiq qilish usullari to’g’risida, marketing sohasidagi o'zgarishlar va yangi yo'nalishlar bilan yoshlar yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari savdolar tushib ketishini oldini olish, yangi mahsulotni bozorga qanday olib chiqishni, mahsulotinni necha pulga baholashni, yangi mijozlarni qayerdan topish, reklama va marketingning farqini, reklamaga sarflagan pullarni unumdorligini (samaradorligini) hisoblashni yosh tadbirkorlarimizga o’rgatdi. Master klassda olgan bilimlar marketingga teranroq qarashda, marketing yo'nalishi bo'yicha yangicha g'oyalarni kashf etishda va ularni tadbiq qilishda amaliy yordam beradi. 

Spiker haqida ma'lumot: Baxtiyor To'xtayev – Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetining "Biznes boshqaruvi" bakalavr yo'nalishining qaldirg'ochlaridan biri. Ispaniyada "Moliya va bank ishi" magistrligini, keyin esa Buyuk Britaniyada "Marketing kommunikatsiya" magistrligini imtiyozli yakunlagan.

Ish faoliyatini quyidagi tashkilotlarda olib borgan:

1. Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti.

2. "Bon!" qahvaxonalar tarmog'i.

3. "East Telecom" kompaniyasi.

4. "Clarion" kompaniyasi.

5. "Makro" supermarketlar tarmog'i.

6. Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish Institutida talabalarga 7 yil davomida Marketing va Turizm yo'nalishlarida ta'lim berib kelgan.

7. 2018-yilda Promarketing.uz maktabiga asos solib, biznes va marketing yo'nalishi bo'yicha yoshlarga va tadbirkorlarga bilim berib kelmoqda.

Bundan tashqari, konsultant (maslahatchi) sifatida O'zbekistondagi ko'plab tashkilotlarga marketing sohasida amaliy yordam berib kelmoqda.

Tadbirda 300ga yaqin yosh tadbirkorlar va tadbirkolik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir so’ngida biznes-treningga tashrif buyurgan barcha yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javob oldilar va spikerimiz bergan savollarga javob bera olgan faol, bilimdon va zukko yoshlarimiz mahsus sovg’alar bilan taqdirlandilar.


Report Page