Marketing

Marketing

Xudoyor
Marketing



Marketing - bu xaridorlarni izlash, saqlab qolish va ketganlarni qaytarish sanʼati. “...Marketingning eng aʼlo darajasi – uning yordamida isteʼmolchilar xarid qilishga tayyor holatga kelishlari“, deydi Peter Draker.


Marketing – bu kompaniyaning yuragi, kompaniya qaysi yoʻnalishda, qanday tezlikda va qaysi manzilga borishi kerakligini belgilaydi va bu uchun barcha chora tadbirlarni koʻrishi zarur. Shuning uchun marketing, kompaniyadagi koʻpgina xodimlarni oʻz ichiga oladi.


Marketingning maqsadi - mijozlarni aynan shu kompaniyaning mahsulotlarini sotib olishga ishontirish va isteʼmolchilarga xarid uchun barcha imkoniyat va qulayliklarni yaratib berish.


Marketing quyidagilarni oʻz ichiga oladi:


Bozorni tahlil qilish – narxlar, segmetnlarga ajratish, oʻzgarishlarni oʻrganish, qulay bozorni aniqlash;


Mahsulotni yaratish/aniqlash – har bir bozorning oʻz mahsuloti bor, masalan, oziq ovqat. Mahsulotni aniqlash shuki, million xil sut mahsulotlaridan aynan qaysi brendlarni olib-sotasiz, yoki aynan qaysi birini ishlab chiqarasiz, qaysi mahsulotni qay hajmda va hokazo;


Oʻz oʻrnini belgilash (positioning) – bugun ma'lumot oqimi cheksiz, mahsulotlar juda koʻp va ular odamlarning hayolini kuniga bir necha martadan, turli habarlar bilan band qiladi. Xilma-xil bilbordlar, roliklar, yangiliklar, rang-barang qadoqlar, adashtirib yuboradigan darajada ko'p nomlar… Shularning orasida sizni eslab qolishlari uchun oʻz oʻrningizni belgilab, faqat shu yoʻnalishda yurishingiz kerak. Bu haqida yana batafsil toʻxtalamiz. Chunki bugungi kunda marketingning eng asosiy va birlamchi vazifasi bu oʻz oʻrnini belgilashdir;


Reklama – odamlar yomon ko'radigan, lekin qanday qilib "laqqa" tushganini hech kim bilmaydigan vosita. Bu haqida yana koʻp gapiramiz;


Tadbirlar oʻtkazish – supermarketga kiraverishda bepul kolbasa tarqatilayotganini koʻrganmisiz? Yoki biron bir joy ochilishida ishtirok etganmisiz? Bular tadbir (event) deb ataladi;


Savdodan keyingi xizmat - bu aynan "serviz markazlar" emas, balki iste'molchini yol'giz tashlab qo'ymaslik uchun qo'llaniladigan choralar majmuasi.


Hozircha shu ;)

Manba:@marketingbolimi

Report Page