Mark Tven

Mark Tven

Икромов Исмоилжон
Mark Tven // surat manbasi - wikiwand.com

Mark Tven (Mark Tven, taxallus, haqiqiy ismi Samuel Langhorne Clemens — Semyuel Lengxorn Klemens18351910) — buyuk amerikalik yozuvchi, satirachi, jurnalist va maʼruzachi. Samuel Clemens Amerikalik eng yaxshi va eng sevimli yozuvchilardan biri hisoblanadi.

Hayoti va ijod

Tvenn oʻspirinlik va yigitlik yillarida darbadarlikda kun kechirgan, turli kasblar bilan shugʻullanib, tirikchilik oʻtkazgan, keyinchalik gaz. tahririyatlarida ishlagan. Folklor syujeti asosida yozilgan „Kalaverasdan chiqqan mashhur sakrovchi qurbaqa“ asari (1865)da soddadil amerikaliklarning hazilmutoyibasi va hayoti tasvirlangan. 1867 yilda Yevropa va Falastin boʻylab sayohat qilgan. „Chet ellardagi soddadil kishilar“ (1869) yumoristik ocherklar, „Toblanganlar“ (1872) ocherklar kitoblariga kirgan asarlar ana shu sayohatlar taassurotlari asosida maydonga kelgan. „Zarhal asr“ (1873, Ch. Uorner bilan hamkorlikda) romani moliyaviysiyosiy korrupsiya haqida, „Yaltiroq asr“ (1874) satirik romanida esa jamiyat illatlari hajv etiladi. Yumoristik va satirik yoʻsinda yozilgan „Eski va yangi hikoyalar“ (1875), „Tennesidagi jurnalistika“ (1869), „Meni gubernatorlikka qanday saylashgani“ (1870), „Qishloq xoʻjaligi gazetasiga qanday muharrirlik qildim“ (1870) singari toʻplamlariga kirgan asarlarida Amerika xayotining turli qirralari tasvirlangan.

„Geklberri Finning boshidan kechirganlari“ (1884) romanida amerikacha xdyotning yetuk ijtimoiy tanqidi, muruvvat va iltifotning manfaatparastlik va shafqatsizlik bilan yonmayon mavjudligi koʻzga tashlansa, „Qirol Artur saroyidagi konnektikutlik yankilar“ (1889) qissasida ijtimoiy qaramaqarshilik dunyosi krralanadi. „Missisipidagi eski davrlar“ (1875), „Missisipidagi hayot“ (1883) kitoblari, „Shahzoda va gado“ (1882), „Ovsar Vilson“ (1894), „Tom Saouyer chet elda“ (1894), „Tom Soyer — josus“ (1897), „Sirli notanish odam“ (1916) kabi roman va qissalar muallifi.

Yozuvchining 1895 yil dagi jahon boʻylab sayohati „Ekvator boʻylab“ (1897) kitobida, shuningdek, pamfletlar turkumi, shu jumladan „Qorongʻida oʻtirgan odamga“ (1901), „Harbiy ibodat“ (1923 yilda nashr etilgan) asarlarida aks etgan.

Bolalarga atab yozilgan asarlari bolalar adabiyotining mumtoz namunalari sanaladi („Tom Soyerning boshidan kechirganlari“, 1876 va boshqalar). „Tom Soyerning boshidan kechirganlari“ asari (A. Pirnazarov tarjimasi) oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan. Shuningdek, „Geklberri Finning boshidan kechirganlari“, „Hikoya va pamfletlar“ (1959), „Shahzoda va gado“ (1962) va boshqa asarlari xam oʻzbek tiliga tarjima qilingan, maktab darsliklariga kiritilgan.

Bibliografiya (oʻzbekcha nomlari)

  • „Kalaveraslik mashhur sakrovchi qurbaqa“, hikoyalar toʻplami (1865)
  • „Sodda odamlar xorijda“ (1869)
  • „Chiniqqanlar“ (1871)
  • „Zarhallangan asr“ (1873), Ch. D. Uorner bilan hamkorlikda yozilgan roman
  • „Eski va yangi lavhalar“ (1875), hikoyalar toʻplami
  • „Missisipidagi avvalgi davrlar“ (1875)
  • „Tom Sawyerning sarguzashtlari“ (1876)
  • „Shaxzoda va gado“ (1881)
  • „Missisipidagi hayot“ (1883), hikoyalar toʻplami
  • „Huckleberry Finnning sarguzashtlari“ (1884)
  • „Asrovchi farishtaning xati“ (1887), 1946-yilda chop etilgan
  • „Qirol Arthur huzuridagi Konnektikutlik yankilar“ (1889)
  • „Ovsar Wilson“ (1894)
  • „Janna d’Ark“ (1896)
  • „Gedlibergni yoʻldan urgan odam“ (1900)
  • „Sirli notanish odam“, iblis haqida qissa1916-yilda chop etilgan

Bizni kuzatib boring: https://t.me/tarixiy_kitoblar_manbalar

Report Page