Мalina

Мalina

https://t.me/PacientUz

Malinani kim ham sevmaydi? Ehtimol, bunday odamlar juda kamdir! U yozning shirin mevalaridan biri hisoblanadi. Malina nafaqat mazali, balki juda foydalidir.

U juda qimmatli meva hisoblanadi va ko'p miqdorda S vitamini, kaliy va magniy moddalarini o'z ichiga oladi. O'z sog'lig'iga befarq bo`lmagan va tabiiy dorilar bilan davolanishni afzal ko'radigan insonlar malinani e'tiborsiz qoldirmasliklari kerak, chunki u ajoyib shifo vositasidir.

Bu mevada fruktoza va glyukoza kabi foydali qand moddalari mavjud. Bu moddalar inson uchun juda muhim bo`lib, miya va yurak-qon tomir tizimini oziqlantirish uchun zarurdir.

 Malina inson organizmi uchun juda foydali. U issiqlik tushiruvchi xususiyatga ega salitsil kislotasiga boy. Vitamin A, B, C, PP, beta-sitosteri tufayli mevani oshqozon muammolarida iste’mol qilish tavsiya etiladi. Yangi terilgan malina mevalari ateroskleroz, gipertoniya, kolit, tsinga va kamqonlikni davolashda samarali hisoblanadi.

Lazzatli meva terini sog`lomlashtiradi, yoshartiradi, rangini saqlab turadi. Uni hatto parhez tutganlar ham yeyishi mumkin. Bu mevaning 100 grammida 41 kaloriya mavjud.

Malina foliy kislotasi tufayli, ayollarning homilador bo`lishiga va sog'lom farzandni dunyoga keltirishiga yordam beradi. Malina barglarida ichak va bachadon mushaklarini rag'batlantiruvchi moddalar mavjud. U ruhiy zo`riqishga qarshi vosita sifatida ishlatilishi mumkin, undan olingan ichimliklar uyquni yaxshilash, nevroz va depressiya uchun tavsiya etiladi.

Malina qon va limfa tomirlarini xolesterin toshmaridan tozalashi mumkin. Biroq, ayrim hollarda malina iste’mol qilish mumkin emas.

U ko`p miqdorda iste'mol qilinganida teri allergiyasiga olib kelishi mumkin. Gastrit, oshqozon yarasi va oshqozon-ichak trakti bilan bog'liq muammolarga duch kelgan kishilar uchun malina iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. U kasallik kuchayishiga sabab bo'lishi mumkin.

Shunungdek, buyrak faoliyatining buzilishida ushbu mevani iste’mol qilish mumkin emas. U siydik haydovchi ta'sirga egaligi sababli, buyraklar uchun qo'shimcha yuk hosil qiladi.

Malinani bronxial astma va burunda poliplar mavjudligida yeyish mumkin emas.

Malinaning qanday foydalari borligini endi bilib oldingiz.


Report Page