Toshkentdagi “Malika”

Toshkentdagi “Malika”

🌐OLTIARIQ_TV

savdo majmuasidagi do‘konlar ishlamayapti.

OLTIARIQ_TV

O‘zbekistonda elektrotexnika jihozlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Toshkentdagi “Fleshka” texnomarkazi – xalq tili bilan aytganda “Malika” bozoridagi do‘konlar bugun, 14-noyabr kuni ishlamayapti.

Do‘konlar ishlamayotgani haqida Telegram’dagi @davletovuz kanali birinchilardan bo‘lib yozdi: “‘Malika’ savdo majmuasida hujjatsiz elektronika vositalarini olib qo‘yishayapti ekan. Majmua bugun yopiq emish”.

“Terabayt.uz” sayti texnomarkazdagi aksariyat do‘konlar faoliyatini to‘xtatib turganini tasdiqladi. Nashr u yerda Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari tekshiruv o‘tkazayotganini ma’lum qilib, bugun xaridlar uchun “Malika”ga bormaslikni tavsiya etdi.

Savdo majmuasi nima uchun ishlamayotgani haqida hozircha biror rasmiy xabar berilgani yo‘q.


Report Page