Madonna!

Madonna!


Qo’shiqchi, aktrisa, raqqosa, prodyuser, rejissyor, bolalar yozuvchisi, Ginnes rekordlari talqiniga ko’ra tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli ijodkor…. Bularning hammasi birgina nomda jam bo’lgan – MADONNA!


Italyan va fransuz qoni aralashgan Madonna Chikkone 1958 yilda AQSHda, Michiganda injener Silvio Chikkone oilasida dunyoga kelgan. Madonnaning onasi Madonna Luis 30 yoshida ko’krak saratonidan vafot etgan. Bunga sabab sifatida 6 farzandni dunyoga keltirish Madonnaning onasiga og’irlik qilgani keltirilgan.                     Oilasi o’rtahol bo’lgan.


Madonna yoshligidan balet va fortepianoga juda qiziqqan va bu o’zini bir necha bor ko’rsatgan. Har yakshanba cherkovga borishni kanda qilmaydigan otasi Silvioga esa bu doim ham yoqavermagan. Lekin bu narsa Madonnaning ijoddan to’xtatib qolmagan. Madonna o’z ustida ishlashni davom etadi. 70-yillarni oxirida Madonna Nyu Yorkka keladi. Shu yerda dastlab raqs gruppalarida keyinchalik esa  xonandalik sifatida o’zini sinab misli ko’rilmagan shuxratga erishadi. O’z davrining eng maftunkor ayollaridan biri bo’gan Madonna hozirga qadar o’z mashxurligini yo’qotmagan.



Marhamat Madonna xonimning muhabbat va ehtiroslarga yo’g’rilgan qo’shiqlaridan bahramand bo’ling!

Report Page