Maqsadlarni belgilab

Maqsadlarni belgilab

Dilafruz Davrbekovna

Maqsadlarni belgilab

Maqsadlar yo'lida yoshlarni birlashtirishda davom etamiz. Joriy yilning 13 fevral kuni Respublika yosh olimlar kengashi tashabbusi bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Yosh olimlarning yangi nafasi” mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Davra suhbatida


Dastavval, Kengash rahbariyati bilan kichik doirada suhbati tashkil etildi. Unda Respublika yosh olimlar Kengashi direktori S.Babadjanov tashkilot faoliyati, kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Sodiqjon Babadjonov Respublika yosh olimlar kengashi direktori

Shu bilan birga, “Imperial Elite” ta’lim markazi rahbari Temur Muhammadiev ham ishtirok etdi va ta’lim markazining faoliyati, muvaffaqiyatlari, kelgusidagi rejalar haqida yoshlarga ma’lumotlar berdi.

Temur Muhammadiev


Tadbirda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori Atamuratov Murat Utepbergenovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Ne’matov Sherzod Qalandarovich hamda universitet Yoshlar ittifoqi yetakchisi Suyarov Shagʻzod Salim oʻgʻli ham ishtirok etib yoshlarni qiziqtirgan mavzularda qizgʻin suxbat olib bordilar.


Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollarini belgilash, oʻzaro qiziqish uygʻotadigan masalalarni kelishgan holda amalga oshirish, oʻzlarining vakolatlari doirasida, ikki tomonlama manfaatli munosabatlarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchrashuvning asosiy maqsadlari etib belgiladilar.


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti bilan istiqbolda hamkorlikda ishlashga kelishib olindi va ikki tomon oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bizning tashkilotga qo'shilgan faol talabalar chet tili kurslariga 50% chegirma bilan taniqli o'quv markazlarining tajribali ustozlaridan ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalar jamoasi bilan

Bizning jamoada siz ham bo'lishingiz mumkin.

Respublika yosh olimlar Kengashi

Axborot xizmati

Admin bilan bog'lanish

Telegram | Facebook


Report Page